Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollari. Reja Kirish


Download 184.85 Kb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi184.85 Kb.
#1567457
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
akmal isoha

3.Iqtisodiyotning sanoat sektoriga yo’naltirilgan kredit qo’yilmalari

(mlrd.so’m)31


Ushbu ma'lumotlardan ko’rinib turibdiki, tijorat banklar tomonidan iqtisodiyotning sanoat sektori korxonalarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan investitsion kreditlar miqdori 2011-yilda 2020-yilga nisbatan 34,3 foizga o’sgan.
Ishlab chiqarish vositalari ko’rinishidagi kapitalning tarmoqdan-tarmoqqa o’tish imkoniyatlari juda cheklangan. Lekin iqtisodiyotda har doim iqtisodiy resurslarni, eng avvalo kapitalni tarmoqlar o’rtasida qayta taqsimlash zaruriyati mavjud bo’ladi. Bu vazifani eng oqilona tarzda kredit mehanizmi va uning tarkibiy qismi bo’lgan bank krediti bajaradi.
Bank krediti vositasida moliyaviy resurslar pul kapitali sifatida jamlanadi hamda tarmoqlar va sanoat korxonalar o’rtasida bozor me’zonlari asosida taqsimlanadi. Kreditni belgilangan muddat davomida qaytarish va kreditdan foydalanganlik uchun muayyan haq to’lash zarurligi kreditga olingan mablag’lardan yuqori samara bera oladigan faoliyat sohalarida foydalanishga majbur etadi. Kredit sanoat korxonalari faoliyati samaradorligi darajasini oshirishga hizmat qiladi.
Bank kreditining muhim vazifalaridan biri - bu ishlab turgan korxonalar aylanma mablag’lari aylanishining uzluksizligini ta`minlashdan iborat. Bu asosan qisqa muddatli kreditlash vositasida amalga oshiriladi. Qisqa muddatli kredit sanoat korxonasi ishlab chiqarish zahiralarini to’ldirishga, tovar-moddiy boyliklarini sotib olishga, ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish jarayonida vujudga kelgan mablag’larning vaqtincha yetishmovchiligini to’ldirishga va boshqa shu kabi maqsadlarga yo’naltiriladi.
Bank kreditlari sanoat korxonalarining faoliyati samaradorligini oshirishga hizmat qilishi tufayli xalq xo’jaligida foydaning kapitallashuvi jaroyonlarini tezlashtiradi. Bu bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish bosqichida, mamlakatda qo’shimcha ish joylarini yaratish nihoyatda zarur bo’lgan davrda juda muhim ahamiyatga ega. 3-ilovada “Mikrokreditbank” OATB tomonidan sanoat sohasini moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar to’g’risida ma’lumot berilgan.
Sanoat korxonalariga investitsiyalarni jalb etishga hududiy jihatdan yondashuv Respublikaning har bir hududining rivojlanishini ta'minlashga imkon beradi. Shuni ta'kidlash lozimki, mamlakatimiz hududlarining barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash respublikamizda yuritilayotgan iqtisodiy siyosatning muhim yo’nalishlaridan biri bo’lmoqda. Hududlarning ijtimoiyi-iqtisodiy jihatdan rivojlanishi, turmush sharoitlarining yahshilanishi ham bevosita ularning iqtisodiyotini rivojlanishi bilan bog’liq. Mamlakat iqtisodiyoti hududlardan tarkib topgan bir butun tizimni tashkil etgani sababli, uning har bir mintaqasidagi rivojlanishni ta'minlash mamlakatimizning uzluksiz taraqqiyotiga zamin yaratadi. Shunday ekan, hududlarda yangi sanoat korxonalari barpo etish, mavjudlari faoliyatini kengaytirish, ularga keng miqyosida investitsiyalarni, ayniqsa xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda mamlakat va uning mintaqalarida yaratilgan investitsion jozibadorlik va nisbiy afzalliklar muhim o’rin tutadi. Aynan ushbu omillarga investorlar tomonidan alohida e'tibor beriladi.
Hududlarda sanoat korxonalarini kamligiga asosiy sabablaridan biri bu elektr ta’minotini pastligidir. Bu muammolarni yechish uchun kerakli choratadbirlarni amalga oshirish zarur.
Sanoat tarmog’ida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi ham yildanyilga oshib bormoqda. Bunga sabab, korxonalarning texnik bazasi yangilanayotganini, ishlab chiqarish quvvatlarini oshayotganini ko’rsatish mumkin .
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, mamlaktimizning barcha mintaqalarida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish yil-yilga o’sib bormoqda. 2020-yil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha eng katta o’sish Namangan viloyatida kuzatilgan. Namangan viloyatida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 2020yilda 2019-yilga nisbatan 40,5 %ga o’sgan. Qashqadaryo viloyatida esa eng past o’sish kuzatilgan. Bu hududda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 2020-yilda 2019-yilga nisbatan 3,4 % o’sish kuzatilgan.
Investitsiyalar samaradorligini aniqlash ularni safarbar etishning istiqbollarini bashoratlashda muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, iqtisodiyot bo’yicha investitsiyalar taqsimotining to’g’ri yo’nalishlarini aniqlab olishga imkon beradi.

Download 184.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling