Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollari. Reja Kirish


-jadval O’zbekistonda asosiy kapitalni moliyalashtirish uchun yo’naltirilgan investitsiyalarning tarmoqlar bo’yicha taqsimlanishi (% hisobida)4


Download 184.85 Kb.
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi184.85 Kb.
#1567457
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
akmal isoha

3-jadval O’zbekistonda asosiy kapitalni moliyalashtirish uchun yo’naltirilgan investitsiyalarning tarmoqlar bo’yicha taqsimlanishi (% hisobida)4


2015

2016

2017

2018

2019

2020

Jami

100

100

100

100

100

100

Shu jumladan:







Sanoat

32,6

34,3

37,7

34,5

28,4

30,4

Qishloq va o'rmon xo'jaligi

4,4

4,1

3,4

2,7

3,1

3,5

Qurilish

0,9

1,2

2,4

1,9

2,8

1,4

Transport

16,6

15,7

15,6

18,4

27,7

23

Aloqa

7,5

6,2

6,0

6,7

3,7

6,7

Savdo, umum ovqatlanish, moddiy-texnika ta’minoti va sotish

1,6

2,0

2,3

2,8

2,6

4,8

Boshqalar

15,2

16

14,8

18,3

16,3

17,8

Noishlab chiqarish

21,2

20,5

17,8

14,7

15,4

12,4

Ammo miqdor jihatdan sanoat korxonalariga jalb etilayotgan investitsiyalar yildan-yilga oshib bormoqda (1-rasm).

1- rasm. Sanoat korxonalariga kiritilgan investitsiyalar hajmi (mlrd.so'm)5 Rasmdan ko’rinib turibdiki, 2016-yil sanoat korxonalariga 1032,6 mlrd.
so’m investitsiya kiritilgan bo’lsa, 2020-yilga kelib bu ko’rsatkich salkam 5,5 barobar oshib 5890 mlrd. so’mga yetdi.
Bunday natijaga erishishda yoqilg’i-energetika va mashinasozlik korxonalarini ulushi beqiyosdir.
O’zbekiston Respublikasida sanoat ishlab chiqarish korxonalaridagi investitsiya jarayonini muhim o’ziga xos masalasi og’irlik markazini budjet hisobidan moliyalashtirishdan, iqtisodiyot sub`ektlariniig o’z mablag’lari, maxsus fondlar, bank-kredit institutlari va mintaqalar resurslari hisobiga moliyalashtirishga ko’chirishdan iboratdir. Bunda, bizning fikrimizga ko’ra, investitsiyalarni moliyalashtirishning turli manbalar tuzilmasini optimallashtirish yo’li bilan ta`minlash, davlat sektorida tarmoqlararo proporsiyalarni nazorat qilish g’oyat muhim masaladir.
Sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda kredit resurslari hissasini ko’paytirish, bizning nazarimizda, moliyalashtirish natijalari uchun mas`uliyatni oshirishga yordam beradi, chunki ularning roli oshishi bilan bank va kredit tavakkalchiliklari darajasi ham o’sadi.
O’zbekiston Respublkasining 2019-2022-yillarga mo’ljallangan davlat investitsiyalar dasturida investitsiyalarning umumiy hajmi 4,3 trln. so’m qilib belgilangan. Ulardan 30 foizini sanoat sektorini, 25 foizini ta`lim sohasini rivojlantirishga, 23 foizga yaqinini uy-joy qurilishi va ijtimoiy sohaga, qolgan 23 foizini - transport, energetika, agrosanoat majmui va boshqa sektorlarni rivojlantirishga yo’naltirish mo’ljallangan. Raqamlardan ko’rinadiki, investitsiyalar dasturida sanoat sektoriga ajratiladigan hissaning ko’payganligini ijobiy omil sifatida baholash mumkin.
Sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirish tizimida yuz berayotgan o’zgarishlar turli xalqaro investitsiyalar ishtirokining kengayishi va moliyalashtirish tizimiga mamlakat rezidentlari va norezidentlarining qo’shilishi munosabati bilan turli tavakkalchiliklar, jumladan siyosiy, valyuta va boshqalar doirasini kengaytirmoqda. Sanoat korxonalarini investitsion
faoliyatini moliyalashtirishda xalqaro lizingning rivojlanishi, chet el investitsiyalari hamda kredit liniyalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirish tizimida chet el investitsiyalari va qarzlariga xos qo’shimcha tavakkalchiliklarni ko’paytiradi.
Yurtimizga chet el investitsiyalarini kirib kelishi, ayniqsa iqtisodiyotni yetakchi tarmoqlariga jalb etilishi yildan-yilga oshib bormoqda (3-jadval).
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalari investitsion faoliyatini moliyalashtirishda korxonalarga mablag’ qo’yuvchilar - banklar, boshqa yirik investitsiya institutlari va resurslarni qarzga beruvchilarning manfaatlarini korxona manfaatlari bilan o’zaro mos kelishini ta`minlashi lozim. Shuni ta`kidlash lozimki, sanoat korxonalariga investitsiyalarni budjet usulida moliyalashtirishda mablag’larni qaytarish majburiyati bo’lmaydi, bu esa qarz oluvchilarning o’z faoliyatini yanada samaraliroq amalga oshirishda manfaatdor qilmaydi. Ikkinchi tomondan, budjetdan moliyalashtirish qarz oluvchilarga faoliyat erkinligi va ijodiy tashabbus ko’rsatishni ta`minlamaydi, boqimandalik kayfiyatini uyg’otadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanaot korxonalari faoliyatini bank krediti ya`ni qarzga beriladigan pul hisobiga ham moliyalashtirish mumkin. Kreditlash - aholi va korxonalar hamda banklarning bo’sh turgan pul mablag’larini banklarda to’planishi hamda muayyan haq evaziga vaqtincha foydalanish uchun sanoat korxonalariga berilishidir .



Download 184.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling