Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollari. Reja Kirish
-jadval. O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyali korxonalarning tarmoq tarkibi (jamiga nisbatan % hisobida)
Download 184.85 Kb.
|
akmal isoha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoat 56,6 53,8 48,8
5-jadval. O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyali korxonalarning tarmoq tarkibi (jamiga nisbatan % hisobida)
So’nggi 10 yil mobaynida mashinasozlik sohasining ishlab chiqarish hajmi xorijiy investitsiyali korxonalarning umumiy mahsulotida 31% dan 39% ga ko’tarildi. Buning boisi shundan iboratki, respublikamizda avtomobilsozlik va unga aloqador tarmoqlar jadal sur`atlarda rivojlanib bormoqda. Asakadagi avtomobil zavodi tomonidan ishlab chiqarilayotgan yengil mashinalar soni yildan-yilga o’sib bormoqda. 2017-yil oktyabrda O’zbekiston hukumati va AQSHning yirik kompaniyasi “General Motors” o’rtasida bitim imzolanib, unga ko’ra “GM O’zbekiston” korxonasi tashkil etildi. Ushbu qo’shma korxonaning tashkil etilishi respublikamizda ishlab chiqariladigan avtomobillarning yangi turlarini joriy etish, sifatini ta`minlash va ularni eksport qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirib, ushbu zavod bilan uzviy hamkorlikda faoliyat yuritayotgan boshqa butlovchi qismlar yetkazib beruvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni ham “General Motors”ning global masshtabdagi marketing tizimiga bog’lash imkonini yaratadi. Sanoat tarmog’idagi xorijiy investitsiyali korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Buning amaliy ifodasini xorijiy investitsiyali korxonalar ishlab chiqarish hajmining yildan-yilga jadal su’ratlarda o’sib borayotganini kuzatish mumkin. Qo’shma korxonalarni mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2004-yil 1958,4 millard so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2020-yil bu ko’rsatkich 7 barobarga oshib 14198,3 milliard so’mga yetgan. 2020-yilgi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini 2019-yilga nisbatan solishtirganimizda bu ko’rsatkich 19 % ga o’sgani bilan ta’kidlash mumkin Xulosa Xulosa qilib shuni aytish joizkiy Xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatiga xos bo’lgan yana bir jihat shundan iboratki, ular faol ravishda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanib kelishmoqda. Ushbu korxonalarning tashqi savdo aylanmasi 2015-yilda 2416,0 mln. dollarni tashkil etgan bo’lsa, 2020-yilda ushbu ko’rsatkich hajmi 5529,1 mln. dollargacha yoki qariyb 2 martaga ortdi. Xorijiy investitsiyali korxonalar tarkibida hizmat ko’rsatish, savdo va ichki bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning ko’pligi tufayli, ushbu korxonalarning tashqi savdo qoldig’ida muntazam salbiy natija kuzatilmoqda. Jumladan, 2020-yilda ushbu korxonalarning eksport-import operatsiyalari balansining salbiy qoldig’i 1921,1mln. dollarni tashkil etdi. Bu holat, aksariyat xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatining ko’proq qismi ichki bozorga yo’naltirilganligi bilan izohlanadi . Yana shunga ham e’tibor berish kerakki, eksport hajmi 2020-yil 2004-yilga nisbatan 2 marta oshgan. Buning sabablaridan biri eksport qilayotgan korxonalarga soliq imtiyozlarini ko’pligidir. 1 2 3 4 5 6 Download 184.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling