Irsiy kasalliklar
Download 43.86 Kb.
|
irsiy kasalliklar
Ayol jinsiy hujayrasi (tuxum hujarasi) dagi 23-nchi xromasoma iks-iks (XX), erkak jinsiy hujayrasi (spermatozoid) dagi 23-nchi xromasoma, iks-igrik (XY) bo`ladi.Erkak jinsiy hujayrasining iks (X) xromasomasi ayol jinsiy hujayrasining iks (X) xromasomasi bilan qo`shilsa homila qiz bo`ladi.Erkak jinsiy hujayrasidagi igrik (Y) xromasoma ayol jinsiy hujayrasining iks (X) xromasomasi bilan qo`shilsa homila o`g`il bo`ladi.Ta`kidlash lozimki, ayol jinsiy hujayrasi yadrosining xromasomasi faqat XX (iks-iks) bo`ladi. Shunday qilib, bunyod bo`lgan homilaning qiz yoki o`g`il bo`lishi, asosan erkak jinsiy hujayrasi yadrosidagi 23-nchi iks-igrik (XY) xromasomaga bog`liq. Ammo, bu jarayon erkak va ayolning xohishi (ixtiyori) ga bog`liq emas.Ayol jinsiy hujayrasi (tuxum hujarasi) dagi 23-nchi xromasoma iks-iks (XX), erkak jinsiy hujayrasi (spermatozoid) dagi 23-nchi xromasoma, iks-igrik (XY) bo`ladi.Erkak jinsiy hujayrasining iks (X) xromasomasi ayol jinsiy hujayrasining iks (X) xromasomasi bilan qo`shilsa homila qiz bo`ladi.Erkak jinsiy hujayrasidagi igrik (Y) xromasoma ayol jinsiy hujayrasining iks (X) xromasomasi bilan qo`shilsa homila o`g`il bo`ladi.Ta`kidlash lozimki, ayol jinsiy hujayrasi yadrosining xromasomasi faqat XX (iks-iks) bo`ladi. Shunday qilib, bunyod bo`lgan homilaning qiz yoki o`g`il bo`lishi, asosan erkak jinsiy hujayrasi yadrosidagi 23-nchi iks-igrik (XY) xromasomaga bog`liq. Ammo, bu jarayon erkak va ayolning xohishi (ixtiyori) ga bog`liq emas.Ayol va erkak jinsiy hujayralarining har ikkalasi ayol bachadon nayida bir-biri bilan qo`shilishi (urug`lanishi) natijasida yangi hujayra (homila) paydo bo`ladi. Bu yangi hujayra (homila) da 46 ta xromasoma bo`lib, ularning har qaysisida ko`plab genlar bo`ladi. Mazkur xromasomalar va genlar ota-ona va ulardan oldingi avlodlar organizmining irsiy (nasl) xususiyatlarini homilaga o`tkazadilar.Agar mazkur homilaning otasi yoki onasini (ular yaqin qarindosh bo`lsa ikkalasini) oldingi avlodining xromasoma va genlari mutatsiyaga uchragan bo`lsa (yoki irsiy kasalligi bo`lsa), mazkur kasallik bilan kasallangan (mutatsiyaga uchragan) xromasoma va genlar homilaga o`tishi va unda irsiy (nasl) kasallikni paydo qilishi mumkin. Er va xotinning birovini avlodida irsiy (nasl) kasallik bo`lgan bo`lsa, uning jinsiy hujayrasidagi mutatsiyaga uchragan xromasoma va genlar homilaga o`tadi. Bordiyu er-xotin bir-biriga yaqin qarindosh bo`lsa, ularning ota-onalari, bobo-momolari bir-biriga yaqin bo`lgani uchun avloddagi irsiy kasallik er va xotinning ikkalasida ham bo`lishi tufayli, bularning har ikkalasining jinsiy hujayrasi yadrosidagi mutatsiyaga uchragan xromasoma va genlar homilaga o`tadi. Natijada homila otasi va onasining avlodida bo`lgan irsiy (nasl) kasallik bilan xastalanadi. Demak, homilaning otasi va onasi tanasidagi mutatsiyaga uchragan, lekin kasallikni yuzaga keltirmagan. Xromasoma va genlar homilada irsiy (nasl) kasallikni vujudga keltirishi mumkin.
Download 43.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling