Is-lm modeli Reja: is lm modelining moxiyati va ad-as modeli bilan bog’liqligi. Modelning asosiy tenglamalari. Is egri chizig’i va uning tenglamasi. Lm egri chizig’i va uning tenglamasi


-chizma.Investitsiya funktsiyasi 26-chizma. IS-egri chizigi


Download 64.94 Kb.
bet3/6
Sana25.02.2023
Hajmi64.94 Kb.
#1231632
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
is lm modeli

25-chizma.Investitsiya funktsiyasi 26-chizma. IS-egri chizigi

Foiz stavkasining R1 dan R2ga kadar ko`tarilishi investitsiyalar mikdorini I1 dan I2 ga kadar kamayishiga olib keladi. Bu xakikiy xarajatlar egri chizigini E1 dan E2 ga kadar pastga tomon ΔE = ΔI ga teng mikdorda surilishiga olib keladi. Okibatda daromadlar mikdori Y1 dan Y2 kadar


ΔY =ΔE x m mikdorga pasayadi, bu erda (m = 1/(1-b(1-T)+m’)) .
Demak tovarlar va xizmatlar bozorida daromadlar darajasi va foiz stavkasi dinamikasi o`rtasida teskari bogliklik mavjud.
R o`zgarmagan xolda IS egri chizigining o`ngga yoki chapga siljishi kuyidagi omillar ta`sirida ro`y beradi:
- iste`mol xarajatlari darajasi;
- davlat xaridi darajasi;
- sof soliklar (soliklar - subsidiyalar - transfertlar);
- investitsiyalar xajmining (R ning mavjud stavkasida) o`zgarishi.
IS tenglamasini iste`mol, investitsiya va sof eksport funktsiyalari tenglamalarini asosiy makroiktisodiy ayniyatga ko`yib, uni R va Y ga nisbatan echib topiladi.
R ga nisbatan topilgan IS tenglamasi:


a+ e + g 1-b (1-t) + m` 1 b
R = ---------------- - ----------------------- Y + ------------ G - --------- Ta ,
d+n d +n d +n d+n

bu erda T = Ta + t Y


Y ga nisbatan topilgan IS tenglamasi:
a + e + g 1 b d+n
Y = ----------------- - ------------- G - ----------------Ta - ----------------- R ,
1-b (1-t) + m` 1-b (1-t) + m` 1-b (1-t)+ m` 1-b (1-t) + m`

bu erda T = Ta + t Y


(1-b (1-t) + m`)/ (d+n) IS egri chizigining Y o`kiga nisbatan ogish burchagini ko`rsatadi va fiskal xamda pul kredit siyosati samaradorligining nisbiy parametrlaridan biri xisoblanadi


4. LM - egri chizigi va uning tenglamasi.

LM egri chizigi o`zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari bozorida vujudga keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasi o`rtasidagi o`zaro bogliklikni aks ettiradi.


LM egri chizigining xar bir nuktasida pulga talab Md pul taklifi Ms ga teng bo`ladi (liquidity Preferense = Money Supply). Pul bozorida bunday muvozanatga daromad Y ning oshishi bilan foiz stavkasi R ko`tarilsagina erishiladi.
Ma`lumki, pulga talab mikdoriga foiz stavkasidan tashkari daromadlar darajasi xam ta`sir ko`rsatadi. Daromadlar yukori bo`lsa, xarajatlar xam ko`p bo`ladi. Bu esa, o`z navbatida iste`mol va boshka xarajatlar uchun pulga talabni oshishiga olib keladi. SHunday kilib, daromadlar darajasining yukorirok bo`lishi pul talabini oshiradi. Boshkacha aytganimizda, daromad va pulga talab dinamikasi o`rtasida to`gri bogliklik mavjud.
Pulga talab funktsiyasini kuyidagicha yozamiz:

Download 64.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling