Қисқача методик кўрсатмалар


Statistik grafiklarning asosiy turlari


Download 103.7 Kb.
bet5/8
Sana17.10.2023
Hajmi103.7 Kb.
#1707071
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-мавзу

Statistik grafiklarning asosiy turlari
1. Chiziqli diagrammalar - bu keng tarqalgan turi bo’lib, ular yordamida dinamika qatorlarining ko’rsatkichlari, hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlar, taqsimot qator ko’rsatkichlari va shu kabilar tasvirlanadi. Ular koordinat maydoni yoki raqamli setka asosida tuziladi.
2. Ustun (yoki lenta) shaklli diagramma– bu statistik ma’lumotlarni ko’rimli qilib tasvirlashning eng oddiy usulidir. Ulardan hodisalarning vaqt ichida va hududlararo o’zgarishini hamda to’plamning tuzilmasini ifodalashda juda keng foydaniladi. Ustunli diagrammalar to’g’ri to’rtburchakli ko’rinishida bo’lib ularning baland-pastligi tasvirga tushirilayotgan hodisaning miqdori, hajmi va qabul qilingan miqyosga bog’liq.
3. Balans shaklli diagrammabu tenglik yoki tengsizliklarni tasvirlash maqsadida ayrim hollarda diagrammalar balans ko’rinishida ifodalanishi mumkin. Masalan, u yoki bu mahsulotni import va eksport qilish, aholining daromad va xarajati, ularning yoshi va jinsi bo’yicha piramida shaklida tasvirlanishi balans ko’rinishidagi diagrammalarga misol bo’la oladi.
4. Ustunli va sektor shaklli diagrammalar – bular hodisalarning tuzilmasini tasvirlash uchun keng foydaniladi.
5. Reja, me’yor va shartnomalarning bajarilish darajasini tavsiflovchi shaklli diagrammalar – bular grafik yordamida rejalar va korxonalararo shartnomalarning hamda ishchilar tomonidan kundalik me’yorning bajarish darajalari ham muttasil kuzatib boriladi. Bunday grafiklar maxsus setkalanganjadvallar ko’rinishida bo’lib, ularning yon tomonida kuzatilayotgan obyektlar (ishchilar, uchastkalar, brigadalar, sexlar, zavodlar, davlat va shirkat xo’jaliklari va hokazo), yuqori qismida esa davr (kunlar, o’n kunliklar, oylar va hokazo) va foizlar joylashtiriladi..
6. Tasvir shaklli diagrammalar- bular grafiklarning jizobaligini kuchaytirish uchun diagrammalar o’rganilayotgan hodisalarning tasvir (surat)larini chizish yo’li bilan ifodalaydi. O’lchov birligi qilib shartli ravishda tasvirlanayotgan hodisa surati (figurasi) olinadi.
7. Xaritogramma shaklli diagrammalar - bu geografik xarita bo’lib, o’rganilayotgan hodisaning hududlar, mintaqalar bo’yicha tarqalishi (taqsimlanishi) yoki zichligini oydinlashtirib ifodalovchi statistik xaritadir. Xaritogramma tus (rang)li, nuqtali va shtrixli turlarga bo’linadi.
8. Xaritodiagramma shaklli grafik – bu grafik o’rganilayotgan hodisaning ayrim hududlarda tarqalishi, ya’ni uning tumanlar, viloyatlar bo’yicha taqsimlanishini ifodalaydi. (2-chizmaga qarang).


2-chizma. Respublika bo’yicha shaxar va qishloq aholisi salmog’ini tavsiflovchi xarita-diagramma

Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash va guruhlash" bobi bo‘yicha



Download 103.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling