Қисқача методик кўрсатмалар


Statistik jadvallarning turlari


Download 103.7 Kb.
bet4/8
Sana17.10.2023
Hajmi103.7 Kb.
#1707071
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-мавзу

Statistik jadvallarning turlari
Ega tavsifiga qarab, statistik jadvallarning asosiy turlarini ko’rib chiqamiz:
1. Oddiy jadvallar. Bunda jadval egasi faqat hodisalar, yillar (oylar), obyektlar ro’yxatidan tashkil topgan jadvallar tushuniladi. Bu yerda ega hyech qanday ishlov berilmasdan, to’g’ridan-to’g’ri boshlang’ich kuzatish materillaridan olinadi (2-jadvalga qarang):

Dunyo sharining maydoni



Ko’rsatkichlar

Maydoni mln km2

Butun dunyo

135,8

Yevropa

10,5

Osiyo

44,4

Afrika

30,3

Amerika

42,1

Avstraliya va Okeaniya

8,5



2. Guruhiy jadvallar. Bunda jadval egasi biron bir belgisi bo’yicha guruhlarga ajratilgan jadvallar tushuniladi. (3-jadvalga qarang):
Tuman xo’jaliklari bo’yicha tamaki hosildorligi bilan 1-ga sarflangan o’g’it miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni tahlil etish uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlar



Xo’jaliklar ning hosildorligi bo’yicha guruhlangan guruhi, s/ga

Xo’ja-liklar
soni

Ekin may-doni, ga

Yalpi hosil, s

Jami sarflan gan o’g’it miqdori,s



hosil dorlik, s/ga

1 ga sarf langan o’g’it miq-dori, s/ga

1

2

3

4

5

6 (4:3)

7 (5:3)

I 18,5 – 21,5

6

4735

93906

10620

19,8

2,24

II 21,6 – 24,5

9

7136

164427

16279

23,1

2,28

III 24,6 – 27,5

5

4155

105817

9991

25,5

2,40

Jami va o’rtachasi

20


16026


364150


36890


22,7


2,30




3. Kombinasion jadvallar. Bunda muhim belgisi bo’yicha guruhlangan jadval egasi yana guruhchalarga ajratilsa yoki jadval kesimi guruhlangan ko’rinishida bo’lishi tushuniladi (4-jadvalga qarang):
Ishlab chiqarilgan sutning tannarxi chorva mollarning konsentrasiya darajasi va sigirlarning mexanizasiyalashtirish yo’li bilan sut sog’ib olinishining bog’liqligini tahlil etish uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlar



Sigirlarning guruhi, boshda

Sigirlarni mexanizasiyalashtirish yo’li bilan sog’ib olingan sutning guruhchalari

xo’jaliklar soni

1 s sutning tannarxi, sumda

1200

A) mexanizasiyalash tirish yo’li bilan
B) qo’lda

4
1

15000,0
17400,0

o’rtachasi

5

16100,0

1200 dan yuqori

A) mexanizasiyalash tirish yo’li bilan
B) qo’lda

8
2

15100,0
15900,0

o’rtachasi

10

15300,0



Statistik jadvallarni tuzishning asosiy qoidalari
Statistik jadvalni tuzishning birinchi bosqichi bo’lib, uning maketi bo’lib hisoblanadi. Ushbu maket qator va ustunlardan tashkil topgan bo’lib, bu hali ko’rsatkichlar bilan to’ldirilmagan bo’ladi.
Agarda, bu ko’rsatkichlar ko’p miqdorda keltirilgan bo’lsa, u holda qator va ustunlar raqamlanishi yoki harflar bilan belgilanishi kerak. (5-jadvalga qarang):
Shartli etalon traktorlar sonini hisoblash tartibi



Traktor lar markasi

Fizik miqdorlarda, (dona)



Etalon traktorlarga aylantirish koeffi-siyenti

Shartli etalon traktor-


larda

A

1

2

3 (1x2)

K – 700

2

2,10

4,20

DT – 54

12

0,86

10,32

DT – 75

18

1,00

18,00

MTZ – 50

22

0,55

12,10

DT – 20

4

0,27

1,08

Jami

58

X

45,70

Jadvaldan to’g’ri foydalanish uchun, birinchi navbatda jadvalning nomi bilan tanishib olish kerak, undan keyin esa qator va stunlarning nomi, ma’lumotlarning qaysi belgiga taaluqligi, qaysi vaqt yoki davrga keltirilganligi, uning o’lchov birligi va shu kabi ko’p holatlarga e’tibor berish kerak. bo’ladi.
Shundan keyingina statistik jadvallarning yakunlarini tahlil etish orqali umumiy tasaruflar olinadiki, bular asosida qisqacha xulosa va takliflar beriladi.


Statistik grafiklar haqida tushuncha va ularning turlari.
Jadvallardan tashqari, statistik ma’lumotlarni ko’rgazmali va kompakt (bir tartib) holda keltirish uchun grafiklardan keng foydaniladi. Bu grafiklar ko’p hollarda har xil shartli belgi-simvol (nuqtali, chiziqli, figurali va hokazo)lar bo’lgan tasvir holida keltiriladi. Statistik grafiklar- jadvallardan farqliroq, u yoki bu ijtimoiy hodisalarning holati va rivojlanish qonuniyatini umumlashtirilgan bir-biri bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlar orqali namoyon bo’ladi. Shu bilan birga statistik grafiklarni ishlab chiqarish jarayoni, ishchilarning ishga chiqish va shu kabi grafiklardan farq qilmoq kerak-ki, bular hamma vaqt statistik jadvallardek, o’rganilayotgan ijtimoiy hodisalarni statistik ko’rsatkichlar orqali tasvirlaydi.
Demak, statistik ma’lumotlar va ularning nisbatli bo’lgan ko’rgazmali tasvirlarini geometrik shakl va chiziqlar (diagrammalar), geografik xaritalar (xaritogramma va xaritodiagrammalar) yordamida ifodalash statistik grafiklar deb ataladi.
Grafikmaydon – bu geometrik shaklning joylashadigan joyi tushuniladi. Bu maydonni aniqlayotganda grafikning kata-kichikligiga, undagi tomonlar nisbatiga ham albatta e’tibor berish kerak. Ko’pincha maydon tomonlarini aniqlayotganda 1,00 : 1,33 dan 1,00 : 1,50 gacha nisbatlarda grafiklar tuzish uchun asos qilib olinadi. Umuman bu nisbatlar har bir holatda tadqiqotchining mustaqil yondoshishi asosida ham aniqlanishi mumkin. Lekin grafikning yotiq (gorizontal) va tikka (vertikal) chiziqlarini o’ta uzaytirish ham uning ayonlashtirish qobiliyatini yo’qotib qo’yadi.

Download 103.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling