Қисқача методик кўрсатмалар


Statistiik jadval va grafiklar bo’yicha qisqacha tushunchalar


Download 103.7 Kb.
bet3/8
Sana17.10.2023
Hajmi103.7 Kb.
#1707071
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-мавзу

Statistiik jadval va grafiklar bo’yicha qisqacha tushunchalar
Statistik jadvallar deb, o’rganilayotgan ijtimoiy hodisalarni rasional usulidan keng foydalanib keltirilishi va ularni umumlashtirilgan raqamlar yordamida, ma’lum tartibda joylashtirilishi tushuniladi.
Jadval qator (yotiq chiziq) va ustun (tikka chiziq)lardan tashkil topgan bo’lib, har bir statistik jadvalning egasi va kesimi bo’ladi. Jadvalda gap nima nima ustida borayotgan bo’lsa, o’sha jadvalning egasi deyiladi. Egani tavsiflovchi ko’rsatkichlar esa jadvalning kesimi deyiladi. Jadvalning egasi odatda jadvalning yotiq qatorlarida, kesim esa tikka ustunlarida joylashtiriladi. Jadvalning umumiy maketi quyidagi ko’rinishga ega (1-chizmaga qarang):

1-chizma. Jadvalning umumiy maketi.
Agarda, jadvalning maketi to’g’ri va ixcham tuzilgan bo’lsa, u holda statistik ma’lumotlarni o’qish va ularni axborot sifatida qabul qilish osonroq kechadi, shuningdek, ushbu jadvalda keltirilgan ko’rsatkichlarning bir-biriga bog’liqligi guruhlash usuli orqali qayd etiladi va umumlashtiriladi (1-jadvalga qarang):
2-jadval
O’zbekiston Respublikasining 1997 va 2003 yillardagi aholisining umumiy soni va uning tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar



Yillar

Jami aholi (mln. kishi hisobida)

Salmog’i (% da)

Shaxarda

Qishoqda

Jami

Shahar aholisi

Qishloq aholisi

1997

8956,0

14488,0

23444,0

38,2

61,8

2003

10010,0

15140,0

25150,0

39,8

60,2

Ushbu jadval tasviri shuni ko’rsatib turibdiki, hamma ko’rsatkichlar jadvalning yuqori qismida va yillar bo’yicha esa chap qismida keltirilgan. Bu esa o’z navbatida har safar bir ko’rsatkichlarni bir necha bor takrorlanishiga chek qo’yadi. Jadvalning ichki qismida esa raqamlar qatorlar va ustunlarda joylashtirilgan bo’lib, ularni bir ko’rishda ham o’qish, ham taqqoslash, ham tahlil qilish imkonini beradi.



Download 103.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling