Isbot qilishdan maqsad nima?


Dalillarni toʻplash bosqichi qanday elementlardan tashkil topgan?


Download 0.92 Mb.
bet18/57
Sana25.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1654805
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   57
Bog'liq
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ

Dalillarni toʻplash bosqichi qanday elementlardan tashkil topgan?

Далилларни тўплаш жуда мураккаб жараѐн бўлиб, у қуйидаги босқичлардан ташкил топган: 1. Далилларни қидириш (тинтув, кўздан кечириш вақтида). Далилларни тўплашнинг бу элементи мажбурий ҳисобланмайди. Бу элемент умуман бўлмаслиги (далилларни тақдим этишда) ѐки нопроцессуал воситалар билан амалга оширилиши мумкин (ҳодиса шоҳидларини тезкор-қидирув йўли билан ѐки оммавий ахборот воситалари ѐрдамида аҳолига мурожаат қилиш йўли билан); 2. Далилларни олиш, нарса ва ҳужжатларни, тақдим этилган далилларни олиш, кўрсатув олиш ва шу каби ҳаракатлар воситасида амалга оширилади. Далилларни қидиришдан фарқли ўлароқ уларни олиш фақат процессуал йўл билангина амалга оширилиши мумкин. 3. Далилни процессуал расмийлаштириш (мустаҳкамлаш) далилларни тўплашнинг мажбурий элементидир. Тергов ҳаракатлари баѐнномалари тузиш, уларга иловалар тайѐрлаш каби йўллар билан амалга оширилади. Далилни мустаҳкамлаш ЎзР ЖПКсида кўрсатилган талаблар асосида бажарилмаса далил номақбул деб топилади. Далилларнинг тўплашнинг қонуний йўллари: тергов ва суд ҳаракатлари, ҳимоячининг далилларни тақдим этиши ҳамда тезкор-қидирув фаолиятидир. Далилларни тўплашда турли илмий-техник воситалардан фойдаланиш мумкин. Бироқ бу ерда айрим истисно ҳолат мавжуд бўлиб: 1) далилларни тўплашнинг биринчи босқичи далилларни қидириш вақтидагина ҳар қандай илмий-техник воситалардан фойдаланиш мумкин; 2) далилларни 84 олиш босқичида қонунда кўрсатилган техник воситалар (овоз ѐзиш воситалари, кинокамера, видеомагнитафон, фотоаппарат, ахборот ташувчи мосламалар) дан фойдаланиш мумкин.

  1. Kimlarni oʻz roziligi bilan ham guvoh tariqasida soʻroq qilish mumkin emas?

115-modda. Guvoh va jabrlanuvchi tariqasida so‘roq qilinishi mumkin bo‘lmagan shaxslar
Guvoh va jabrlanuvchi tariqasida:
1) hukm va ajrim chiqarish jarayonida kelib chiqqan masalalarni maslahatxonada muhokama qilishga oid holatlar to‘g‘risida — sudyani va xalq maslahatchisini;
2) jinoyat ishi yuzasidan o‘z vazifalarini bajarishlari natijasida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan holatlar to‘g‘risida — himoyachini, shuningdek jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakilini;
3) ruhiy holati buzilganligi yoki jismoniy nuqsoni sababli ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatni to‘g‘ri idrok etish va bu haqda ko‘rsatuv bera olish layoqatiga ega bo‘lmagan shaxsni so‘roq qilish mumkin emas.

  1. Isbot qilinishi lozim boʻlmagan holatlar


  1. Ashyoviy dalillar

Ashyoviy dalillar deganda moddiy dunyodagi ashyolardan olinuv¬chi dalillar tushuniladi.
Shaxsiy dalillarda aks etgan axborot dastlab inson ongida aks etgan va qayta ishlangan boʻladi. Shu sababli bunday dalillarda subʼektiv elementlar mavjud boʻladi.
Odamlar bir axborotni turlicha qabul qiladilar va turlicha yet-kazadilar.
Ashyoviy dalillardagi axborot obʼektiv xususiyatga ega boʻladi.
Shaxsiy dalillarda aks etgan axborot biror-bir shartli belgi¬larda yoki kodlarda, misol uchun, bayonnomalarda, sxyemalarda, fono¬grammalarda ifodalanadi.
Ashyoviy dalilda esa axborot tabiiy holda ifodalanadi va u koʻrgazmali holda qabul qilinadi.
Ashyoviy dalilning mavjudligi – bu haqiqatdan real faktdir. Biroq bu faktning oʻzi daliliy ahamiyatga ega boʻlmay, balki unda mavjud boʻlgan axborot hamda narsa turgan sharoit daliliy ahamiyat¬ga egadir. Narsa oʻzi topilgan joy va shart-sharoitlarni aks ettirma¬sa, alohida belgilarga ega boʻlmasa, hyech qanday daliliy ahamiyatga ega boʻlmaydi. Bu holda ham voqyelikning real fakti emas, balki bu faktning ish hujjatlarida aks ettirilishi dalil hisoblanadi. OʻzR JPKning 205-moddasida “Ashyoviy va yozma dalil sifatida foydala¬niladigan narsalar, hujjatlar va boshqa yozuvlar hodisa sodir boʻl¬gan joyni yoki boshqa joylarni, binolarni koʻzdan kechirish, tanib olish uchun koʻrsatish, guvohlantirish, murdani eksgumatsiya qilish, ekspert tekshiruvchi uchun naʼmunalar olish, koʻrsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish, olib qoʻyish, tintuv yoki eksperiment oʻtka¬zish jarayonida olinishi mumkin yoxud ular ushbu Kodeksning 198-202-moddalarida nazarda tutilgan tartibda surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilinishi mumkin”, degan qoida orqali dalillarni olish usullari koʻrsatib oʻtilgan. Bu usullardan boshqa usullarda olingan gʻayriqonuniy hamda qonun nazarda tutmagan harakat nati¬jasi hisoblanadigan narsalar ashyoviy dalil maqomini olishi mum¬kin emas.

  1. Dalillar ayblov predmetiga koʻra

Dalillar ayblov predmetiga nisbatan ayblovchi va oqlovchi da¬lillarga boʻlinadi.
Ayblanuvchining aybini tasdiqlovchi, uning javobgarligini ogʻirlashtiruvchi dalillarga ayblovchi dalillar deb aytiladi. Bunday dalillarga ayblovga asos boʻlgan dalillar, shuningdek, ayblanuvchi¬ning javobgarligini ogʻirlashtiruvchi holatlar toʻgʻrisidagi maʼlu¬motlar kiradi.
Ayblovni inkor qiluvchi, ayblanuvchining aybsizligini tas¬diqlovchi, ayblanuvchining javobgarligini yengillashtiruvchi holat¬lar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, ayblanuvchiga qoʻyilgan ayblovni shubha ostiga oluvchi dalillarga oqlovchi dalillar deb aytiladi.
Dalillarni ayblovchi va oqlovchi dalillarga boʻlish shartli xususiyatga ega, chunki bir dalil ish yuritish davomida oʻz xusu¬siyatini oʻzgartirishi ham mumkin.
Jinoyat-protsessual qonun har bir jinoyat ishi boʻyicha aybla¬nuvchini ayblovchi dalillarnigina emas, uni oqlovchi dalillarni ham, shuningdek uning javobgarligini yengillashtiruvchi va ogʻir¬lashtiruvchi holatlarni ham aniqlashni shart qilib qoʻygan (OʻzR JPK 22-m.). Amaliyotda ayblanuvchini fosh qiladigan dalillarni toʻplashga ahamiyat berilsada, uni oqlovchi dalillarni toʻplashga yetarli ahamiyat berilmaydi. Bu esa qonuniylikni buzishga, ishni bir yoqlama hal qilishga olib keladi.
Ishda mavjud boʻlgan oqlovchi dalillarni har bir jinoyat ishi boʻyicha tekshirilgan va rad etilgan taqdirdagina ayblovning isbot¬langanligi haqida bir xulosaga kelish mumkin boʻladi.
Sud tomonidan sudlanuvchining aybsiz deb topilishi va oqlov hukmi chiqarilishi uchun esa ish boʻyicha toʻplangan ayblovchi, yaʼni fosh qiluvchi dalillar tekshirilgan va ular rad etilgan yoki yetarli deb topilmagan boʻlishi kerak.

  1. Dalillar olinish manbasiga koʻra

Olinish manbasiga qarab dalillar dastlabki va hosila dalil¬larga boʻlinadi.
Aniqlanishi lozim boʻlgan holat toʻgʻrisidagi maʼlumot birin¬chi manbadan olingan dalillar dastlabki dalillar deb ataladi.
Isbotlanishi lozim boʻlgan fakt toʻgʻrisidagi maʼlumot birin¬chi manbadan emas, balki boshqa manbadan olingan dalillar hosila dalillar hisoblanadi.
Dastlabki va hosila dalillarning farqi ular manbasining shakllanish jarayoniga bogʻliq.
Hosila dalillarning shakllanish jarayonida oraliq zveno mav¬jud boʻladi. Masalan, jinoyat shohidi boʻlgan guvohning axborotini qabul qilish bosqichi bilan bu axborotning tergovchi tomonidan olinishi oʻrtasida yana bir manba-eshitgan guvoh kirishi mumkin. Axborot bir manbadan ikkinchisiga oʻtganda oʻzgarishlarga uchrashi tabiiy hol albatta. Demak, oraliq manbalar qanchalik koʻp boʻlsa, oʻzgarish, buzilish ehtimoli shuncha koʻpayadi.
Isbot qilishda hosila dalillar muhim rolni oʻynashi mumkin. Ularning ahamiyati quyidagilardan iborat boʻladi:
birinchidan, hosila dalillardan dastlabki dalillarni topish uchun foydalanilishi mumkin;
ikkinchidan, hosila dalillardan dastlabki dalillarni tekshi¬rishda foydalaniladi;
uchinchidan, hosila dalillardan dastlabki dalil yoʻqolganida foydalaniladi.

  1. Dalilni baholash uchun oʻtkaziladigan tergov harakati




  1. Jinoyat ishi qoʻzgʻatilguniga qadar oʻtkazilmaydigan tergov harakatlarini sanab bering




  1. Dalillarni toʻplashga qaratilgan tergov harakatlari



  1. Prokuratura organlari tomonidan jinoyatlarni tergov qilishning o'ziga xos xususiyatlarini yoriting.


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling