Isbot qilishdan maqsad nima?
-modda. Prokuratura organlari tomonidan jinoyatlarni tergov qilish
Download 0.92 Mb.
|
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prokurorning jinoyatlarni tergov qilishdagi vakolatlarini bayon qiling
- Prokuratura organlarining tergoviga tegishli jinoyat ishlarini tasniflang.
- Dalillarni toʻplash bosqichi qanday elementlardan tashkil topgan
- Ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish bo’yicha prokurorning vakolatlari.
29-modda. Prokuratura organlari tomonidan jinoyatlarni tergov qilish
Prokuratura organlari jinoyat-protsessual qonunga binoan o‘z vakolatlariga berilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan tergov o‘tkazadilar. Prokuror jinoyat-protsessual qonunga muvofiq har qanday jinoyatni tergov qilishni o‘z ish yurituviga olishga yoki o‘ziga bo‘ysunuvchi prokurorga topshirishga, shuningdek birgalikda tergov o‘tkazish uchun prokuratura tergovchilari, ichki ishlar organlari hamda boshqa organlarning tergovchilari va tezkor xodimlaridan iborat tergov guruhini tuzishga haqlidir. Prokurorning jinoyatlarni tergov qilishdagi vakolatlarini bayon qiling Ayblov xulosasi bilan taqdim qilingan jinoyat ishini o'rganishda prokuror qaysi holatlarni o'rganishi lozim? JPKning 384-moddasiga ko‘ra prokuror yoki uning o‘rinbosari tergovchidan ayblov xulosasi bilan kelgan jinoyat ishini o‘rganib quyidagilarni tekshirib ko‘radi: 1) ayblanuvchi zimmasiga qo‘yilayotgan qilmish sodir etilgan yoki etilmaganligini va bu qilmishda jinoyat tarkibi bor-yo‘qligini; 2) qo‘yilgan ayb ishdagi mavjud dalillar bilan asoslantirilganasoslantirilmaganligini; 3) ayblanuvchining isbotlangan barcha jinoiy qilmishlari ayblov mazmuniga kiritilgan-kiritilmaganligini; 4) jinoyati fosh qilingan barcha shaxslar ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan-qilinmaganligini; 5) ayblovni yoki ishni tugatishga sabab bo‘ladigan holatlar boryo‘qligini; 6) ayblanuvchining qilmishlariga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tavsif berilganligini; 7) ehtiyot chorasi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tanlanganligini; 8) fuqaro da’vosini ta’minlash choralari ko‘rilgan-ko‘rilmaganligini; 9) jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shartsharoitlar aniqlangan-aniqlanmaganini hamda ularga barham berish choralari ko‘rilgan-ko‘rilmaganini; 10) tergov sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona o‘tkazilgan-o‘tkazilmaganligini barcha vajlar tekshirilganligini va himoyaning iltimosnomalari ko‘rib chiqilganligini; 11) ayblov xulosasi ushbu JPK 379 va 380-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuzilgan-tuzilmaganligini; 12) surishtiruvchi va tergovchi JPK boshqa talablariga rioya qilganqilmaganligini tekshirishi shart1 Prokuratura organlarining tergoviga tegishli jinoyat ishlarini tasniflang. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 345-moddasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 97 — 1031, 108, 116, 141 — 149, 175, 180 — 1811-moddalarida, 184-moddasi uchinchi qismida, 186-moddasi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 1921 — 19211, 205 — 212, 215, 218 — 221, 230, 231-moddalarida, 232-moddasi ikkinchi qismida, 233 — 236, 2411 — 242, 265-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek qonunda ko‘rsatilgan ayrim toifadagi mansabdor shaxslarning jinoyatlariga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovchilari tomonidan olib boriladi. Jinoyat kodeksining 279–302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov harbiy prokuratura tergovchilari tomonidan olib boriladi. Dalillarni toʻplash bosqichi qanday elementlardan tashkil topgan? Далилларни тўплаш жуда мураккаб жараѐн бўлиб, у қуйидаги босқичлардан ташкил топган: 1. Далилларни қидириш (тинтув, кўздан кечириш вақтида). Далилларни тўплашнинг бу элементи мажбурий ҳисобланмайди. Бу элемент умуман бўлмаслиги (далилларни тақдим этишда) ѐки нопроцессуал воситалар билан амалга оширилиши мумкин (ҳодиса шоҳидларини тезкор-қидирув йўли билан ѐки оммавий ахборот воситалари ѐрдамида аҳолига мурожаат қилиш йўли билан); 2. Далилларни олиш, нарса ва ҳужжатларни, тақдим этилган далилларни олиш, кўрсатув олиш ва шу каби ҳаракатлар воситасида амалга оширилади. Далилларни қидиришдан фарқли ўлароқ уларни олиш фақат процессуал йўл билангина амалга оширилиши мумкин. 3. Далилни процессуал расмийлаштириш (мустаҳкамлаш) далилларни тўплашнинг мажбурий элементидир. Тергов ҳаракатлари баѐнномалари тузиш, уларга иловалар тайѐрлаш каби йўллар билан амалга оширилади. Далилни мустаҳкамлаш ЎзР ЖПКсида кўрсатилган талаблар асосида бажарилмаса далил номақбул деб топилади. Далилларнинг тўплашнинг қонуний йўллари: тергов ва суд ҳаракатлари, ҳимоячининг далилларни тақдим этиши ҳамда тезкор-қидирув фаолиятидир. Далилларни тўплашда турли илмий-техник воситалардан фойдаланиш мумкин. Бироқ бу ерда айрим истисно ҳолат мавжуд бўлиб: 1) далилларни тўплашнинг биринчи босқичи далилларни қидириш вақтидагина ҳар қандай илмий-техник воситалардан фойдаланиш мумкин; 2) далилларни 84 олиш босқичида қонунда кўрсатилган техник воситалар (овоз ѐзиш воситалари, кинокамера, видеомагнитафон, фотоаппарат, ахборот ташувчи мосламалар) дан фойдаланиш мумкин. Ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish bo’yicha prokurorning vakolatlari. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling