Isbot qilishdan maqsad nima?
Download 0.92 Mb.
|
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahkumlarni ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlashning qonuniyligi ustidan nazorat.
Isbot qilish elementlari
Исбот қилиш элементлари далилларни тўплаш, текшириш ва баҳолашдан иборатдир Далилларни тўплаш жуда мураккаб жараѐн бўлиб, у қуйидаги босқичлардан ташкил топган: 1. Далилларни қидириш (тинтув, кўздан кечириш вақтида). Далилларни тўплашнинг бу элементи мажбурий ҳисобланмайди. Бу элемент умуман бўлмаслиги (далилларни тақдим этишда) ѐки нопроцессуал воситалар билан амалга оширилиши мумкин (ҳодиса шоҳидларини тезкор-қидирув йўли билан ѐки оммавий ахборот воситалари ѐрдамида аҳолига мурожаат қилиш йўли билан); 2. Далилларни олиш, нарса ва ҳужжатларни, тақдим этилган далилларни олиш, кўрсатув олиш ва шу каби ҳаракатлар воситасида амалга оширилади. Далилларни қидиришдан фарқли ўлароқ уларни олиш фақат процессуал йўл билангина амалга оширилиши мумкин. 3. Далилни процессуал расмийлаштириш (мустаҳкамлаш) далилларни тўплашнинг мажбурий элементидир. Тергов ҳаракатлари баѐнномалари тузиш, уларга иловалар тайѐрлаш каби йўллар билан амалга оширилади. Далилни мустаҳкамлаш ЎзР ЖПКсида кўрсатилган талаблар асосида бажарилмаса далил номақбул деб топилади. Далилларнинг тўплашнинг қонуний йўллари: тергов ва суд ҳаракатлари, ҳимоячининг далилларни тақдим этиши ҳамда тезкор-қидирув фаолиятидир. Далилларни тўплашда турли илмий-техник воситалардан фойдаланиш мумкин. Бироқ бу ерда айрим истисно ҳолат мавжуд бўлиб: 1) далилларни тўплашнинг биринчи босқичи далилларни қидириш вақтидагина ҳар қандай илмий-техник воситалардан фойдаланиш мумкин; 2) далилларни 84 олиш босқичида қонунда кўрсатилган техник воситалар (овоз ѐзиш воситалари, кинокамера, видеомагнитафон, фотоаппарат, ахборот ташувчи мосламалар) дан фойдаланиш мумкин. Иш бўйича тўпланган барча далиллар синчковлик билан, тўла, ҳар томонлама ва холисона текширилиши лозим (ЎзР ЖПК 94-м.). Барча ҳолларда далилларнинг ишончлилиги текширилиши лозим. Баъзан далилларнинг мақбуллиги ҳам текширилиши мумкин (мас. холисларни сўроқ қилиш, тергов ҳаракати ўтказиш чоғида процессуал бузилишлар бўлган бўлмаганлигини аниқлаш учун), ѐки алоқадорлиги текширилиши мумкин (хонадондаги ўғирликда топилган бармоқ излари уй эгалари томонидан қолдирилган ѐки йўқлиги текширилади). Дaлиллaргa бaҳo бeриш исбoт қилишнинг мурaккaб бoсқичи ҳисoблaнaди. Тeрoв жaрaѐнидa вa суд муҳoкaмaсидa дaлиллaрни тўплaшдa дaлиллaр тeкширилaди вa бир вaқтнинг ўзидa улaргa бaҳo бeрилaди. Дaлиллaргa бaҳo бeриш процессуал қaрoрлaр чиқaрилишигa oлиб кeлaди. Дaлиллaргa бaҳo бeриш шубҳaсиз жинoят иши тақдирини белгилашга, яъни жиноят ишини қўзғатиш ѐки қўзғатишни рад этиш, тeргoвни тамoмлaш, жинoят ишини тугaтиш ѐки ҳукм чиқaриш, юқори суд инстанциясида ишни кўриб чиқиш ва тегишли процессуал қaрoрни қабул қилишга хизмат қилади. Mahkumlarni ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlashning qonuniyligi ustidan nazorat. 0 ‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi idoralari tizimidagi ixtisoslashgan prokurorlar, ya’ni jinoiy jazolarni ijro etish joylarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi maxsus prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi. Ular hududiy viloyat prokurorlariga bo‘ysunadilar. Masalan, Toshkent viloyatida joylashgan jinoiy jazolarni ijro etish joylaridagi qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni Zangiota tumanida joylashgan ixtisoslashgan jinoiy jazolarni ijro etish muassasalarida qonunlarga rioya etilishi uchun nazoratni amalga oshiruvchi maxsus prokuror amalga oshiradi. Uning vakolatiga Toshkent viloyatida joylashgan barcha jinoiy jazolarni ijro etish muassasalarining qonunga asosan faoliyat ko‘rsatishi, u yerda saqlanayotgan shaxslarning huquq va erkinliklariga qay darajada rioya qilinayotganUgi va aniqlangan qonun buzilish holatlariga zudlik bilan prokuror ta’siri choralari qo‘llash vakolati kiradi. Ular o‘z vakolat doirasidagi muassasalarga xizmat guvohnomalarini ko‘rsatib, kunning xohlagan vaqtida, xohlagan mahkumning yashash kameralari va intizomiy jazoga tortish xonalari, ularning ishlash joylariga kirib borishlari va qonunlarga rioya etilishini nazorat qilishlari mumkin. 206 Jinoiy jazolarni ijro etishda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat sohasida: • tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida qonuniylik ahvoli, jazolarni ijro etish qonuniyligi masalalari yuzasidan qabul qilingan qarorlarning asosliligi prokurorlar tomonidan doimiy ravishda o ‘rganilib, tahlil qilib borilsin, aniqlangan qonun buzilishlarning oldini olish va bartaraf etish borasida o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rilishi zarurligi; • tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida mahbus va mahkumlarni saqlab turishning qonuniyligi va belgilangan muddatlarga rioya etilishi, ularga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazolarning qonuniyligi, voyaga yetmaganlar va ayollarning jazo o‘tash tartibi va sharoitlarini belgilovchi qonun talablarining bajarilishi ahvoli oyida kamida bir marta tekshirib borilishi shartligi; • asossiz ravishda qamoqda saqlanayotgan shaxslar zudlik bilan ozod etilsin. Aniqlangan qonunbuzarlik holatlariga barham berib, aybdor mansabdor shaxslarning tegishli javobgarligi hal qilinishi lozimligi; • viloyat prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar hamda ularning o‘rinbosarlari bunday tekshirishlarda shaxsan qatnashishlari lozimligi qayd etilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi IlVning jazoni ijro etish Bosh boshqarmasiga qarashli tergov hibsxonasi va jazoni ijro etish muassasalaridagi qonuniylik va jinoyatchilik ahvolidan kelib chiqqan holda tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda reja asosida yalpi tekshirishlar o‘tkazilishi lozim. Ushbu tekshirishlarda mahbus hamda mahkumlarning huquqlari erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar ijrosini o‘rganish bilan birgalikda, ularni ish bilan ta’minlash, davlat mulkining saqlanishi, shuningdek, jinoiy-ijroiya tizimini moliyaviy ta’minlash masalalari va budjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi ahvoliga alohida e’tibor qaratilishi kerak. Boshqarma va joylardagi prokurorlar IIV, uning tizimlari tomonidan tergov hibsxonalari hamda jazoni ijro etish muassasalarida mahkum va mahbuslarni saqlash masalalari yuzasidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarining qonuniyligi ustidan doimiy nazorat o‘matishlari lozim. Aniqlangan qonunga xilof buyruq, farmoyish va qarorlarni bekor qilish yuzasidan o‘z vaqtida protest kiritilishi ta’minlanishi zarur. 0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida mahbus va mahkumlarni saqlanishining qonuniyligi 207 ustidan nazorat Qurolli Kuchlar, Milliy xavfsizlik va bojxona organlarida qonunlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga vakolatli prokurorlar zimmasiga yuklatilgan. Respublika Harbiy prokurori va joylardagi harbiy prokurorlar mahbus va mahkumlarni qo‘riqlovchi, ularni manzilga kuzatib borish vazifalarini bajaruvchi ichki ishlar qo‘shinlari qismlarida qonunchilikka rioya qilinishini doimiy tekshirsinlar, intizomiy batalyonlar va gauptvaxtalarda harbiy xizmatchilarning saqlanishi qonuniyligi ustidan nazorat o‘rnatishlari kerak. Jazoni ijro etish muassasalarida har oyda bir marta mahkumlarni shaxsiy masalalar bo‘yicha qabul qilish yo'lga qo‘yilsin, mahbus va mahkumlarning ariza va shikoyatlari ko‘rib chiqilishining qonuniyligi ustidan doimiy nazorat o‘rnatishlari lozim. Prokurorlar o‘z vakolatlari doirasida har qanday ko‘rinishdagi qonun buzilishlarni aniqlash va darhol bartaraf etish, mahbus va mahkumlarni tahqirlovchi va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarni oldini olishga qaratilgan choralarni fc>‘rishlari kerak. Hibsxonalar va muassasalar hududida sodir etilgan jinoyatlar, qasddan odam o'ldirish, ommaviy tartibsizliklar, bo‘ysunmaslik, qurolli hujum, qamoq yoki qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qochishlar, og‘ir oqibatlarga olib keluvchi, muassasada o‘matilgan tartibni izdan chiqaruvchi holatlar yuzasidan Bosh prokuraturaga maxsus xabarnomalar yuborilishi zarur. Bu toifadagi jinoyat ishlari tergovi ustidan nazorat Bosh prokuraturaning Sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlami saqlashda qonunlar ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda joylardagi prokurorlarga yuklatilgan. Bunday jinoiy ishlarini sudlarda ko‘rilishida prokurorlarning ishtiroki ta’minlanib, natijalari haqida Bosh prokuraturaga batafsil axborotlar taqdim etib borishlari talab etiladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling