Isbot qilishdan maqsad nima?


суд босқичида исбот қилиш


Download 0.92 Mb.
bet24/57
Sana25.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1654805
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57
Bog'liq
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ

суд босқичида исбот қилиш

Sud muhokamasidagi dalillarni bevosita tekshirish sharti sud muhokamasi bosqichida markaziy oʻrinni egallaydi. Bevositalikning mazmuni shundan iboratki, sudya oʻz oldida turgan jinoiy ish boʻyi¬cha inson taqdirini tergov organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga qarab emas, balki sud muhokamasi davomida bevosita maʼlumotlarni, koʻrsatuvlarni eshitish, dalillarni koʻrish, bilish, tekshirish va tahlil qilish asosida hal qiladi. Bunda maʼlumotni bevosita oʻsha shaxsning oʻzidan eshitish, dalillar manbaini asl ho¬latidan bilib olish, tegishli hujjatlar bilan shaxsan oʻzi tanishish holatlari zarur boʻladi. “Dastlabki tergov taqdim etgan yozma hujjatlar esa sud muhokamasi uchun dastlabki, yordamchi va koʻmakchi xarakterga ega xolos“.
OʻzR JPK ning 26-moddasida shunday deyilgan: “Jinoyat ishini yuritishni amalga oshirishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud dalillarni bevosita tekshirishlari; gumon qilinuvchi, aybla¬nuvchi va sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarni soʻroq qilishlari, ekspert xulosalarini eshitishlari, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechi¬rishlari, bayonnoma va boshqa hujjatlarni oʻqib eshittirishlari shart”. Sud muhokamasining bevositaligida qonunga koʻra sudyaning ichki ishonchi, huquqiy ongi va qonunga muvofiq jinoyat ishi huj¬jatlarini bevosita oʻrganishi, dalillarni tekshirish, protsess ish¬tirokchilarini soʻroq qilish, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirishi va xulosa qilishi talab etiladi. Sudyaga shaxsan oʻzi sudlanuvchi, jabr¬lanuvchi va guvohlarni soʻroq qilish, ekspert xulosasini eshitish, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish, bayonnoma va boshqa xujjat¬larni eʼlon qilib, oʻqib eshittirish majburiyatini yuklaydi. Bunda sudya imkon qadar birinchi manbalardan foydalanadi, yaʼni koʻzi bi¬lan koʻrgan guvohni soʻroq qiladi, hujjatlarning asl nusxalari boʻyicha ularning mazmuni bilan tanishadi. Sud faqat sud majlisida tekshirilgan va oʻz tasdigʻini topgan dalillarga asoslanib hukm chiqaradi.

  1. Sudlarda ishlarning ko’rib chiqishda prokuror vakolatlarini belgilovchi umumiy qoidalar.

Birinchi instansiya sudlarida jinoyat ishlarini ko‘rilishida prokuror ishtirokining asosiy maqsadi — ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash, sodir etilgan jinoyat uchun jazoni muqarrarligini ta’minlash, aybsiz shaxslarni javobgarlikdan ozod qilish va adolat o‘matishdir. Buning uchun, o‘z navbatida, «Huquq-tartibot organlarining o‘zlari qonunlarga so‘zsiz rioya qilishlari lozim»1. Birinchi instansiya sudlarida jinoyat ishlarini ko‘rilishida ishtirok etayotgan prokurorning butun faoliyati qonun va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan boTishi kerak
0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksida nazarda tutilgan quyidagi ishlar sudlarda ko‘rilishida prokuror ishtiroki majburiydir: • tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash; • yarashuv to‘g‘risidagi ishlar; • hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalarning muhokamasida; • sud prokurorning ishtirokini zarur deb topgan hollarda; • apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarida ko‘rilayotgan ishlar. Shuningdek: • og‘ir va o‘ta og'ir turdagi jinoyatlar; • voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar; • amnistiya aktini qo‘llash bilan bog‘liq jinoyat ishlari sudda ko‘rilishida prokuror ishtiroki qat’iy ta’minlanishi shart; • og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha ishlar prokurorga ayblov xulosasi bilan kelgan vaqtdan boshlab, davlat ayblovchisini tayinlash choralari ko‘rilishi kerak; • davlat ayblovchisi sifatida tajribali, jinoyat va jinoyat protsessual qonunchilik sohasida yetarli bilimga ega, notiqlik mahoratini egallagan xodimlar tayinlanadi. 0 ‘ta og‘ir turdagi jinoyat ishlarining sudda ko‘rilishida prokuratura ish o‘rganuvchilarning davlat ayblovini quwatlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sudlarda jinoyat ishlarining ko‘rilishida davlat ayblovi subyektlari doirasi Bosh prokurorning buyrug‘i bilan belgilab berilgan. Aniq bir jinoyat ishi bo‘yicha davlat ayblovchisi sifatida ma’lum bir prokuromi ishtirok etishiga yo‘I qo‘yish mumkinligi va imkoniyati bunga faktik va yuridik zamin yaratilgan bo‘lsagina amalga oshirilishi mumkin. Faktik zamin — awalambor, prokurorning tergov va sud muhokamasidagi shart-sharoitlarni, shunga tegisfii qonunchilik talablarini, amaliyotni hamda shu boradagi o‘ziga xos xususiyatlami yaxshi bilishi va o‘zlashtirganligi, yuqori kasbiy malakani egallaganligida ifodalanadi. Faqat shundagina prokuror muhokama qilinayotgan ish materiallarini chuqur o‘rganishi va sudga haqiqatni aniqlashida ko‘maklashishi mumkin.

  1. Sudlarda jinoyat ishlarini ko’rib chiqishda prokurorning ishtiroki.

IV BO‘LIM. SUDLARDA IShLARNI KO‘RIShDA PROKURORNING VAKOLATLARI

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling