Isbot qilishdan maqsad nima?


-modda. Sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning ishtiroki


Download 0.92 Mb.
bet25/57
Sana25.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1654805
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57
Bog'liq
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ

33-modda. Sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning ishtiroki
Fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo‘li bilan samarali himoya qilinishini ta’minlash maqsadida barcha instansiya sudlarida ishlar ko‘rilayotganda prokuror qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi.
Prokuror sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilayotganda davlat ayblovini quvvatlaydi.
Prokuror sudda dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, qonunning qo‘llanishi xususida o‘z fikrini bildiradi.
Ishlar sudlarda ko‘rilayotganda ishtirok etayotgan prokurorning vakolatlari protsessual qonunlar bilan belgilanadi.
Prokuror sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalanib, sudyalarning mustaqilligi hamda protsessual qonunchilik normalariga qat’iy rioya etish prinsipiga amal qilishi shart.

  1. Sudlarda jinoyat ishlarini ko’rishda prokuror vakolatlari.

Jinoyat protsessual qonunchiligi va «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonun talablaridan kelib chiqib, sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rilishida prokurorlar quyidagi vakolatlarga ega: • sud muhokamasiga tayyorgarlik qismida jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini ko‘rib chiqadi; • sudda jinoyat ishining ko'rilishida qatnashar ekan, davlat ayblovchisi sifatida ishtirok etadi; 282 • sud muhokamasi mobaynida paydo bo'ladigan masalalar yuzasidan o‘z xulosasini beradi; • davlat va jamiyat manfaatlarini muhofaza qilish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini qonuniy himoya qilish talab qilingan hollarda da’vo arizalari bilan sudga murojaat qiladi va ularni sudda quwatlaydi; • g‘ayriqonuniy va asossiz sud hukmlari, ajrimlari va qarorlariga nisbatan protest kiritadi; • protestlar va shikoyatlar asosida apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiya sudlarida jinoyat ishlarini ko‘rilishida xulosalar beradi; • sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlarini o‘z vaqtida va qonuniy ravishda ijro etilishini tekshiradi; • sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlarini o‘z vaqtida va qonuniy ravishda ijro etilishini nazorat qiladi. Zarur hollarda sud hukmlari, ajrimlari va qarorlarini qonun bilan belgilangan tartibda nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqilishi uchun hamda yangi ochilgan holatlarda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlarini tiklash uchun kerakli choralarni ko‘radi'. Jinoyat ishlarining barcha instansiyalarda sudlar tomonidan ko'rilishi mobaynida yo‘1 qo‘yilgan xatolarni prokurorlar tomonidan turli uslublar bilan aniqlanishi mumkin: • prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan jinoyat ishlari bo‘yicha chiqarilgan hukmlarni qonuniyligi va asoslanganligini qonun bilan belgilangan 10 kunlik apellatsiya muddatida ко‘rib, tekshirib chiqish; • prokurorlar tomonidan apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiya sudlarida jinoyat ishlarini ko‘rilishida ishtirok etish; • hukmlarning ijroga qaratilishi qonuniyligini va ijroga qaratish muddatiga qanday amal qilinayotganligini tekshirish hamda hukmlarni ijro etishda ishtirok etishning umumiy tartib va qoidalari bo‘yicha qonun talablarining bajarilayotganligini tekshirish; • jinoyat ishlari yuzasidan yoxud alohida bir toifa jinoyat ishlari yuzasidan ma’lum bir vaqt oralig‘i bo‘yicha sud amaliyotini umumlashtirish.

  1. Ishlarni sudga oshirish bosqichida prokuror vakolatlari.

0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 372-moddasida dastlabki tergovni tamomlash turlari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, dastlabki tergov jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror chiqarish, ayblov xulosasi tuzish yoki ishni tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun sudga yuborish to‘g‘risida qaror chiqarish bilan tamomlanadi. Jinoyat ishini tegishli sudga yuborish prokuror va uning o‘rinbosari tomonidan ayblov xulosasini tasdiqlagandan so‘ng amalga oshiriladi. Ishni tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun qaror bilan ham yuborilganida, bu qaror prokuror va uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanishi lozim. Jinoyat ishi bilan birga, shu sudga sud majlisida tekshirish va hal etish uchun barcha iltimoslar va shikoyatlar yuboriladi. Prokuror va uning o‘rinbosari ishning sudga yuborilganligi haqida ayblanuvchiga va himoyachiga, shuningdek, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga darhol xabar qiladi va, agar iltimoslari bo‘lsa, ularni sudga yuborishga yoki sud majlisida bayon qilishga haqli ekanligi to‘g‘risida ma’lum qiladi. Ayni vaqtda prokuror yoki uning o‘rinbosari ayblanuvchi va himoyachiga ayblov xulosasi hamda unga qilingan ilovalaming tasdiqlangan nusxalarini yuboradi, sud majlisiga chaqirilishi lozim bo'lgan shaxslar ro‘yxati bundan mustasno, basharti, ayblov xulosasiga yoki ilovaga o'zgartirishlar kiritilgan bo‘lsa, ularni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorning nusxasi ham yuboriladi (JPKning 388-moddasi). Agarda jinoyat ishi bo'yicha dastlabki tergov mobaynida amnistiya to‘g‘risidagi Farmon yoki Qarorni qo‘llash yo‘li bilan jinoyat ishini tugatish zarurati vujudga kelsa, prokuror jinoyat ishi bo‘yicha ayblilik masalasini hal etmasdan turib ham, sudga amnistiya aktini qo‘llash haqida qaror bilan ishni ko‘rib chiqish uchun yuborishi mumkin.


  1. Download 0.92 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling