Isbot qilishdan maqsad nima?


Download 0.92 Mb.
bet33/57
Sana25.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1654805
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57
Bog'liq
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ

1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi tezkor-qidiruv faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik
Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
3-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati tushunchasi
Tezkor-qidiruv faoliyati ushbu Qonun bilan maxsus vakolat berilgan davlat organlarining tezkor bo‘linmalari (bundan buyon matnda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar deb yuritiladi) tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazish orqali amalga oshiriladigan faoliyat turidir.
4-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy vazifalari
Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki himoya qilinishini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash;
jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarni tayyorlash va sodir etishga daxldor shaxslarni aniqlash hamda topish;
surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazodan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni, bedarak yo‘qolgan shaxslar va qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarni qidirishni amalga oshirish, shuningdek tanib olinmagan murdalarning shaxsini aniqlash;
shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligiga tahdid solayotgan shaxslar, hodisalar, harakatlar (harakatsizlik) haqida axborot to‘plash.
5-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy prinsiplari
Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, konspiratsiyadan, oshkora va nooshkora usullar uyg‘unligidan iborat.
6-modda. Qonuniylik prinsipi
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hamda ularning xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga aniq rioya qilishi va ularni bajarishi shart.
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda qonunchilikka aniq rioya qilishdan hamda ularni ijro etishdan chekinish qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling