Isbot qilishdan maqsad nima?


Sud majlisining tayyorlov qismida prokurorning ishtirokini tushuntib bering


Download 0.92 Mb.
bet29/57
Sana25.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1654805
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57
Bog'liq
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ

Sud majlisining tayyorlov qismida prokurorning ishtirokini tushuntib bering

Sud muhokamasining tayyorlov qismida prokuror ishtirokini samarali ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir: sud majlisini o‘tkazish joyi va vaqti haqida prokurorni xabardor qilish, sud muhokamasiga tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur bo‘ladigan jinoyat ishi materiallari, shu jumladan ayblov xulosasini prokurorga taqdim qilish, prokurorni jinoyat ishi va sud majlisiga chaqirilgan shaxslar ro‘yxati bilan tanishtirishdan iborat bo‘lgan, sud majlisining tayyorlov qismida prokuror ishtirokini ta’minlash yuzasidan tashkiliy-huquqiy choralarni ko‘rish; Prokurorda: 1) sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblov haqiqatdan ham sodir etilganligiga va u aniq jinoyat tarkibi alomatlariga egaligiga; 2) sudlanuvchiga qo‘yilgan ayb jinoyat ishi materiallarida mavjud bo‘lgan tegishli dalillar bilan isbotlanganligiga; 3) sudlanuvchining barcha jinoiy harakatlari aniqlanganiga, unga e’lon qilinganiga va ular ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasida aks ettirilganiga; 4) jinoyat ishi bo‘yicha jinoyat sodir etishda ishtirok etgan shaxslarning barchasi javobgarlikka tortilganligiga; 5) jinoyat ishini harakatdan tugatish uchun hech qanday sabab va asoslar mavjud emasligiga; 6) sudlanuvchilarning harakatlari JKning maxsus qismiga muvofiq to‘g‘ri tasniflanganligiga; 7) sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi to‘g‘ri tanlanganiga; 8) fuqaroviy da’voni ta’minlash uchun barcha choralar ko‘rilganligiga; 9) jinoyat sodir etilishiga imkon bergan barcha sabab va sharoitlar aniqlanganiga va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rilganiga; 10) ish bo‘yicha surishtiruv yoki dastlabki tergov har tomonlama, to‘liq va xolis o‘tkazilganiga; 11) ayblov xulosasi JPKning 379-380, 38112 -moddalariga muvofiq tuzilganiga qat’iy ishonchning mavjudligi; 101 12) prokurorning sudda davlat ayblovini quvvatlash funksiyasi maqsadlariga erishishga bo‘lgan ruhiy ishonchi. Bu maqsad-aybdor shaxsga nisbatan qonuniy, asoslantirilgan va adolatli ayblov hukmi chiqarish, sudga aybsiz shaxs tortilgan taqdirda esa qonuniy, asoslantirilgan va adolatli oqlov hukmi chiqarilishiga erishishda o‘z ifodasini topadi; 13) prokurorning sud muhokamasining tayyorlov qismida bevosita ishtiroki. Bunda prokuror ayblovni quvvatlovchi taraf sifatida, sud muhokamasini muvaffaqiyatli o‘tkazishda sudga har tomonlama yordam ko‘rsatish maqsadida JPKda belgilangan protsessual huquq va burchlarini amalga oshiradi.

  1. Sud tergovida prokuror ishtirokining o'ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering.

Dalillarni tekshirish tartibini rejalashtirish ko‘p jihatdan aniq jinoyat ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan shaxslar soniga va ularga e’lon qilingan jinoiy epizodlar miqdoriga ham bog‘liq. Adabiyotda ko‘p epizodli ishlar bo‘yicha dalillarni tekshirish tartibini belgilashning quyidagi variantlari taklif etiladi: 1) har bir epizod bo‘yicha dalillarning butun majmuasi tekshiriladi; 2) sudlanuvchi va guvohlar har bir epizod bo‘yicha alohida so‘roq qilinadi, qolgan dalillar esa epizodlarga bo‘linmasdan tekshiriladi; 3) alohida epizodlar bo‘yicha faqat sudlanuvchilar so‘roq qilinadi, boshqa dalillar esa epizodlarga ajratilmasdan tekshiriladi, lekin har bir sudlanuvchiga nisbatan konkretlashtiriladi
Davlat ayblovchisi ishora qiluvchi savollar, ya’ni kutilayotgan javobga bevosita yoki bilvosita yo‘naltirish mazmunidagi savollar berishga yo‘l qo‘yilmasligini yodda tutmog‘i lozim. Har qanday holatda savollar shunday tuzilishi kerakki, so‘roq qilinuvchi undan hech qanday axborot ololmasdan faqat o‘z xotirasiga murojaat qilishga majbur bo‘lsin. Ba’zan ayrim himoyachilar to‘satdan paydo bo‘lgan fikrlarini o‘z himoyasi ostida bo‘lgan shaxs bilan o‘rtoqlashish vositasi sifatida foydalanib, ishora qiluvchi, chalg‘ituvchi savollar berishadi. Ayrim paytda esa sud protsessi jarayonida kutilmaganda yangi himoya versiyasi ham paydo bo‘lib qoladi. Savodxon raislik qiluvchi bunday savollarni olib tashlaydi, lekin bu ish raislik qiluvchi tomonidan qilinmagan bo‘lsa, davlat ayblovchisi sud majlisi bayonnomasiga kiritish bilan savolni olib tashlashni taklif qilishi shart.
Davlat ayblovchisi so‘roq qilishning muhim shakllaridan biri bo‘lmish shaxmat usulida so‘roq qilishni ham puxta o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Uning mohiyati shundan iboratki, so‘roq qiluvchi bitta shaxsni so‘roq qilayotganda yo‘l-yo‘lakay boshqa shaxslarga ham savollar beradi. Uning maqsadi o‘zga shaxs ko‘rsatmalarini tasdiqlash yoki inkor etishdan iborat. Shaxmat usulida so‘roq qilishning kesishma usulda so‘roq qilishdan farqi shundaki, shaxmat usulida bir kishi, kesishma usulida ko‘proq kishi so‘roq qiladi. Shaxmat usulida so‘roq qilishda bitta va aynan o‘sha holat bitta so‘roq qiluvchi tomonidan bitta shaxsni so‘roq qilish bilan aniqlanadi.
Shaxmat usulida so‘roq qilishni o‘tkazish zaruriyati ko‘proq himoyachida emas, balki davlat ayblovchisida paydo bo‘ladi. Chunki himoyachi mavjud qarama-qarshliklarni bartaraf etishdan manfaatdor emas, aksincha, u bu qarama-qarshiliklardan ayblov versiyasini qoralash uchun foydalanadi. Shu boisdan aynan prokuror oldida so‘roq qilishni ushbu shaklda o‘tkazish yo‘li bilan ishdagi mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etish vazifasi turadi. Davlat ayblovchisi qo‘shimcha va qayta so‘roq qilishni o‘tkazishi mumkin. U qo‘shimcha so‘roqda o‘zi asosiy so‘roqda qo‘ldan chiqargan holatlarni aniqlaydi. Qayta so‘roq esa so‘roq qilingan shaxs ilgari bergan ko‘rsatmalarni to‘ldirish va o‘zgartirish istagini bildirganda, boshqa dalillarni tekshirishda olingan ko‘rsatmalarning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda, ish uchun muhim yangi savollar tug‘ilganda, shuningdek ishning sudda ko‘rilishi keyinga qoldirilganda va so‘roq qilinuvchilar yana sudga chaqirilganda, ishga kirishgan zahiradagi xalq maslahatchisi shaxsni yangidan so‘roq qilishni talab qilsa o‘tkaziladi.


  1. Download 0.92 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling