Isbot qilishdan maqsad nima?


-modda. Ishlarni suddan talab qilib olish va chaqirib olish


Download 0.92 Mb.
bet28/57
Sana25.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1654805
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57
Bog'liq
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ

34-modda. Ishlarni suddan talab qilib olish va chaqirib olish
Sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qarori qonuniy kuchga kirgan har qanday ishni prokuror o‘z vakolatlari doirasida suddan talab qilib olish huquqiga egadir. Prokuror yoki uning topshirig‘iga binoan prokuratura organlarining boshqa xodimlari sudlarda bunday ishlarning har qanday toifasini o‘rganib chiqish huquqiga ega.
Ayblov xulosasini, ayblov dalolatnomasini, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlagan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror jinoyat ishi sudda ko‘rish uchun tayinlanguniga qadar ishni suddan chaqirib olish huquqiga ega.

  1. Jinoyat ishini sudda ko'rishda prokuror ishtirokining o'ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.

  2. Jinoyat ishini sudda ko'rish uchun tayinlashda prokuror ishtirokini tushuntiring 2ta savol javobi bir xil.

Jinoyat ishini sudda ko‘rishga tayinlash jinoyat protsessining mustaqil bosqichi bo‘lib, unda jinoyat ishini keyingi taqdiri hal qilinishi mumkin. Sud faoliyatining aynan shu bosqichidan prokurorning tortishuvni chuqurlashtirishga qaratilgan ayblov funksiyasi boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunida bu funksiya aniq o‘z ifodasini topgan. Jumladan, Qonunning 33-moddasida “Prokuror sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilayotganda davlat ayblovini quvvatlaydi. Prokuror sudda dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, qonunning qo‘llanishi xususida o‘z fikrini bildiradi”, 35-moddasida “Prokuror protsessual qonunda belgilangan tartibda o‘z vakolatlari doirasida sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga protest keltirishga haqli”, deb bayon qilingan. Jinoyat ishini sudda ko‘rishga tayinlash bosqichida ayblov funksiyasi to‘la namoyon bo‘lmaydi, negaki protsessning ushbu bosqichida sudya ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning aybdorligi to‘g‘risidagi masalani emas, balki jinoyat ishini sud muhokamasiga tayinlash masalasini hal qiladi. Faqat sud muhokamasini muvaffaqiyatli o‘tkazishga xalal beruvchi asoslargina 98 (jinoyat ishini to‘xtatish yoxud tugatish uchun asoslar va boshqalar) tekshiriladi. Jinoyat ishini sudda ko‘rishga tayinlash bosqichida prokuror ishtiroki bir muncha cheklangan. Xususan, amalda ishni tugatish yoki jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan keyingina prokuror jinoyat protsessining ushbu bosqichida ishtirok eta oladi. O‘zbekiston Respublikasi JPKning 402-moddasida protsess ishtirokchilarini jinoyat ishi materiallari bilan tanishtirish tartibi bayon qilingan. Ammo mazkur holatda protsess ishtirokchilarining ishdagi barcha materiallar bilan tanishib chiqishlari va o‘zlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘chirib olishlari mumkinligi bayon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi JPKning 404-moddasida sudning ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat berish va protest bildirish tartibi berilgan bo‘lib, unga ko‘ra sudning ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan ayblanuvchi, jabrlanuvchi xususiy shikoyat berishi va prokuror xususiy protest keltirishi mumkin. Davlat ayblovchisining sud majlisiga tayyorgarlik ko‘rishi bir-biriga o‘zaro bog‘langan quyidagi tarkibiy qismdan iborat bo‘lishi mumkin1 : 1) ish materiallarini o‘rganishning muayyan taktik usullarini qo‘llash; 2) ishlarning aniq toifasiga aloqador bo‘lgan maxsus adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar va sud amaliyotini o‘rganish; 3) jinoyat ishi materiallarini umumlashtirish va tahlil qilish; 4) sud majlisi davomida paydo bo‘ladigan turli vaziyatlarni bashorat (prognoz) qilish hamda ularni hal qilishda foydalaniladigan taktik usullar yig‘indisi; 5) ayblov versiyasini tuzish; 6) davlat ayblovini quvvatlash borasidagi o‘z faoliyatini kompleks holda rejalashtirish. Mazkur qoidalarni puxta bilish va ulardan foydalanish davlat ayblovini quvvatlovchi prokurorga sud protsessiga qisqa muddatlarda sifatli tayyorgarlik ko‘rishga imkon yaratadi.
Birinchi navbatda ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini o‘rganib chiqish lozim bo‘ladi. Bu esa aniq bir jinoyat ishi bo‘yicha isbotlash predmeti va chegaralariga aniqlik kiritish imkonini beradi hamda tergovchi bu yo‘nalishda nima ishlar qilgani va qilolmagani, tergovchi tomonidan maromiga yetkazilmagan ishni sud majlisida to‘ldirish mumkinligi va bunga prokuror qay tarzda yordam bera olishi haqida, tasavvur hosil qiladi. Hozirgi kunda davlat ayblovchisi sifatida qatnashayotgan prokuror, uning o‘rinbosari yoki prokuror yordamchisi jinoyat ishi materiallari bilan quyidagicha tanishmoqdalar, ya’ni: 1) Surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha tuzilgan ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlatishga ularning ustidan nazoratni olib borayotgan prokurorga olib kelgan vaqtda jinoyat ishi bilan birga ikkita nazorat ishini ham olib keladi; 2) Nazoratni amalga oshirayotgan prokuror jinoyat ishini va nazorat ishlarini tasdiqlab, mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuboradi. Ushbu holatda bitta nazorat ishi surishtiruvchi yoki tergovchida qoladi, ikkinchi nazorat ishi hududiy tegishliligiga ko‘ra prokuraturaga yuboriladi. Jinoyat ishi bo‘yicha tuzilgan nazorat ishida, qoida tariqasida, quyidagilar mavjud bo‘ladi: – jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror; – jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qaror; – jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qaror; – ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror; – ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi va h.k. Ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi bilan bir qatorda himoya tomoni iltimosnomasini o‘z ichiga olgan protsessual hujjatlarni o‘rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ular yordamida ayblanuvchining pozitsiyasini aniqlash va himoya tomoni e’tiroz bildirish ehtimoli bo‘lgan dalillar doirasini belgilab olish mumkin. Bu dalillarni ushbu mavjud holatlarni inobatga olgan holda o‘rganish kerak bo‘ladi


  1. Download 0.92 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling