Isbot qilishdan maqsad nima?


-modda. Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi prinsipi


Download 0.92 Mb.
bet34/57
Sana25.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1654805
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57
Bog'liq
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ

7-modda. Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi prinsipi
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hamda ularning xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etishi shart.
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hamda ularning xodimlari tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda, mazkur organlar hamda ularning rahbarlari ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni tiklash, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hamda aybdorlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini ko‘rishi shart.
Tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish natijasida olingan, jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etish bilan bog‘liq bo‘lmagan axborotdan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklash uchun foydalanilishi mumkin emas.
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Insonning shaxsiy hayoti holatlariga oid ma’lumotlarning oshkor etilishiga olib keladigan, uning hayotini, sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
8-modda. Konspiratsiya prinsipi
Tezkor-qidiruv faoliyati konspiratsiya prinsipiga rioya etilgan holda, ya’ni tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazishning, tezkor-qidiruv xususiyatiga ega axborotni olish, rasmiylashtirish, saqlash va undan foydalanishning, shuningdek tezkor-xizmat xususiyatiga ega hujjatlar bilan ishlash qoidalarining alohida tartibi belgilangan holda amalga oshiriladi.
9-modda. Oshkora va nooshkora usullar uyg‘unligi prinsipi
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar oshkora va nooshkora usullardan foydalanadi, bunday usullarning alohida xususiyati ushbu faoliyatning shart-sharoitlari bilan belgilanadi.

  1. Sud qarorlariga protest keltirish, protestlarni o’zgartirish, to’ldirish va chaqirib olish.

Prokuratura togrisidagi qonun

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling