Isbot qilishdan maqsad nima?


-modda. Dalillarni tekshirish


Download 0.92 Mb.
bet15/57
Sana25.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1654805
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57
Bog'liq
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ

94-modda. Dalillarni tekshirish
Ish bo‘yicha qabul qilinadigan qaror sinchkovlik bilan, to‘la, har tomonlama va xolisona tekshirilgan dalillargagina asoslangan bo‘lishi lozim. Tekshiruv qo‘shimcha dalillarni to‘plashdan iborat bo‘lib, ular tekshirilayotgan dalillarni tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin.
Aylantirib yozish kk.

  1. Dalillar ayblov predmetiga koʻra nechi turlarga bo‘linadi

Dalillar ayblov predmetiga nisbatan ayblovchi va oqlovchi da¬lillarga boʻlinadi.
Ayblanuvchining aybini tasdiqlovchi, uning javobgarligini ogʻirlashtiruvchi dalillarga ayblovchi dalillar deb aytiladi. Bunday dalillarga ayblovga asos boʻlgan dalillar, shuningdek, ayblanuvchi¬ning javobgarligini ogʻirlashtiruvchi holatlar toʻgʻrisidagi maʼlu¬motlar kiradi.
Ayblovni inkor qiluvchi, ayblanuvchining aybsizligini tas¬diqlovchi, ayblanuvchining javobgarligini yengillashtiruvchi holat¬lar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, ayblanuvchiga qoʻyilgan ayblovni shubha ostiga oluvchi dalillarga oqlovchi dalillar deb aytiladi.
Dalillarni ayblovchi va oqlovchi dalillarga boʻlish shartli xususiyatga ega, chunki bir dalil ish yuritish davomida oʻz xusu¬siyatini oʻzgartirishi ham mumkin.
Jinoyat-protsessual qonun har bir jinoyat ishi boʻyicha aybla¬nuvchini ayblovchi dalillarnigina emas, uni oqlovchi dalillarni ham, shuningdek uning javobgarligini yengillashtiruvchi va ogʻir¬lashtiruvchi holatlarni ham aniqlashni shart qilib qoʻygan (OʻzR JPK 22-m.). Amaliyotda ayblanuvchini fosh qiladigan dalillarni toʻplashga ahamiyat berilsada, uni oqlovchi dalillarni toʻplashga yetarli ahamiyat berilmaydi. Bu esa qonuniylikni buzishga, ishni bir yoqlama hal qilishga olib keladi.
Ishda mavjud boʻlgan oqlovchi dalillarni har bir jinoyat ishi boʻyicha tekshirilgan va rad etilgan taqdirdagina ayblovning isbot¬langanligi haqida bir xulosaga kelish mumkin boʻladi.
Sud tomonidan sudlanuvchining aybsiz deb topilishi va oqlov hukmi chiqarilishi uchun esa ish boʻyicha toʻplangan ayblovchi, yaʼni fosh qiluvchi dalillar tekshirilgan va ular rad etilgan yoki yetarli deb topilmagan boʻlishi kerak.

  1. Kimlarni faqatgina oʻz roziligi bilan guvoh tariqasida soʻroq qilish mumkin

116-modda. Guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida faqat o‘z roziligi bilan so‘roq qilinishi mumkin bo‘lgan shaxslar
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga taalluqli holatlar haqida guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida faqat o‘zlarining roziliklari bilan so‘roq qilinishlari mumkin.

  1. Dalil toʻplash uchun oʻtkaziladigan tergov harakatini aniqlang.

Тергов ҳаракатлари баѐнномалари тузиш, уларга иловалар тайѐрлаш каби йўллар билан амалга оширилади. Далилни мустаҳкамлаш ЎзР ЖПКсида кўрсатилган талаблар асосида бажарилмаса далил номақбул деб топилади.

  1. Jinoyat ishi qoʻzgʻatilguniga qadar oʻtkaziladigan tergov harakatlarini sanab bering


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling