Isbot qilishdan maqsad nima?
Исбот қилиш предмети тушунчасининг тавсифи?
Download 0.92 Mb.
|
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Суриштирувчи
- Исбот
- Далилларнинг архаик концепцияси.
- Далилларнинг мантиқий модели
Исбот қилиш предмети тушунчасининг тавсифи?
Har bir jinoyat ishi boʻyicha isbotlashning muayyan predmye¬tini aniqlash jinoiy javobgarlikni qoʻllashning muhim kafolati hisoblanadi. Oʻrganilayotgan hodisaning aloqasi va xususiyatini ifodalovchi holatlar tizimi isbotlash predmetini tashkil etadi. Bu holatlar esa protsessual isbotlash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Maʼlumki, har bir jinoyat ishi oʻziga xos boʻladi. Shu bilan birga turlicha hodisalar oʻrtasida umumiy boʻlgan holatlarni ajra¬tib olish mumkin. Aynan shu umumiy holatlar tushunchasini isbot qilish predmye¬ti aniqlab beradi. Isbot qilish predmeti bu har bir jinoyat ishi boʻyicha isbot qilinishi lozim boʻlgan faktlar va holatlar majmua¬sidir. M.S.Strogovich dalillar yordamida ishni toʻgʻri hal qilish uchun aniqlanishi lozim boʻlgan faktlar, jinoyat ishi holatlari is¬bot qilish predmetini tashkil qiladi, degan fikrni bildirgan. Isbot qilish predmetini toʻgʻri aniqlash gʻoyat muhim hisoblana¬di. Isbot qilish predmetini haddan tashqari kengaytirish, isbot¬lovchi shaxslarning ishning pirovard natijasiga taʼsir qilmaydi¬gan holatlarni aniqlashga sarflanadi. Oʻzini oqlamagan darajada isbot qilish predmetini toraytirish tergovning va sud muhokamasi¬ning toʻliq olib borilmasligiga va bir tomonlama olib borilishiga olib keladi. Oqibatda ishga ahamiyatli holatlar aniqlanmasdan qoladi. Bu esa obʼektiv haqiqatga erishish vazifasini bajarishga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Ayrim toyifadagi, misol uchun voyaga etmaganlarga nisbatan, tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllashdagi jinoyat ishla¬rida isbot qilish predmeti, ushbu qilmishlar subʼektlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda alohidalikka ega boʻladi. Ushbu holatlar jinoyat ishini yuritish jarayonida isbotlanishi lozim. Ushbu holatlarni birlashtiruvchi narsa shuki, ular ish boʻyicha huquqiy ahamiyatga egadir, yaʼni yoki jinoyatni kvalifikatsiya qilish¬ga taʼsir koʻrsatadi, yoxud fuqaroviy davoni hal qilishda ahamiyatga ega boʻladi, yoxud jazoni tayinlashda hisobga olinishi mumkin. Shu sababli ushbu holatlarning aniqlanmay qolishi tergovning toʻla boʻlmaganligi va biryoqlama oʻtkazilganligini bildiradi hamda hukmning bekor boʻlishi yoki oʻzgartirilishiga yoxud jinoyat ishining qoʻshimcha tergovga qaytarilishiga olib keladi. Суриштирувчи ва терговчининг исботлашда ҳуқуқий мақоми Sud, prokuror, tergovchi va surishtiruvchi ish holatlarini har tomonlama, toʻla va obʼektiv tekshirish uchun qonunda koʻzda tutilgan barcha choralarni koʻrishi, ayblanayotgan shaxsning aybini fosh qiluv¬chi hamda uni oqlovchi, shuningdek uning aybini ogʻirlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni aniqlashga majburdirlar. Bu oʻrinda ular ayblanuvchi zimmasiga isbot qilish vazifasini yuklashga haqli emaslar. Isbot qilish majburiyati yuklatilgan ushbu davlat organlari zimmasiga jinoyat sodir etilganmi, agar sodir etilgan boʻlsa qanday jinoyat va kim tomonidan sodir etilganligini aniqlash vazifasi yuklatilgan. Bu faoliyat oʻz ichiga toʻplangan dalillarga asosan shaxs¬ning aybli yoki aybsizligi yakuniy hujjatlarda qayd etishnigina oʻz ichiga olmasdan, balki dastlabki tergovda va sudda dalillarni toʻp¬lash, tekshirish va ularga baho berishni ham oʻz ichiga oladi. Shuning¬dek, bu faoliyat faqat shaxsning aybdorligi va aybsizligi masalasi¬dan tashqari isbot qilish predmeti elementlarini aniqlashga xiz¬mat qiladigan faktlarni aniqlashga ham qaratiladi. Bundan tash¬qari bu faolyat ayblanuvchining va ishdagi boshqa ishtirokchilar, yaʼni jabrlanuvchi, fuqoraviy daʼvogar, fuqaroviy javobgarlarning manfatlarini himoya qiladi. Bir soʻz bilan aytganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud isbot qilish majburiyati qonun tomonidan ishlarning har to¬monlama, toʻla va obʼektiv tekshirish toʻgʻrisidagi ushbu organlar zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarga toʻgʻri keladi. Исбот қилиш субъектларига қўйилган ахлоқий талабалар? Ҳар бир исбот қилиш субъекти Конституция ва қонунларга, одоб-ахлоқ қоидаларига риоя қилиши, ўз фаолиятини адолат ва холислик принципларига асосланиб амалга ошириши лозим. Исбот қилиш субъектларининг одоб-ахлоқ кодекси қоидаларига сўзсиз риоя қилиши, ўз хизмат вазифаларини ҳалол ва виждонан бажариши, шаъни, қадр-қиммати ва ишчанлик обрўсини ҳамда умуман нуфузини сақлашда муҳим аҳамиятга эга. Одоб-ахлоқ кодеклари ҳар бир исбот қилиш субъекти учун одил судловни амалга ошириш билан боғлиқ касбий фаолиятидава хизматдан ташқари вақтда мажбурий бўлган, юксак одоб-ахлоқ талабларига, Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари қоидаларига, одил судлов ва одоб-ахлоқ соҳасидаги халқаро стандартларга асосланган хулқ-атвор қоидаларини 40 белгилайди. Исбот қилиш субъектига мурожаат қилган шахсларнинг ҳуқуқлари, эркинликлари ва бурчларига доир масалалар юзасидан узил-кесил қарор қабул қилишга доир ваколат муайян шахсга берилганлигининг ўзи одоб-ахлоқ кодексларга риоя этиш зарурлигини тақозо этади. Исбот қилиш субъектлари Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатларида белгиланган чекловларни инобатга олган ҳолда, Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, қонунлари, халқаро ҳуқуқнинг умумэътироф этилган принциплари ва нормаларида белгиланган барча ҳуқуқларга эга. Одоб-ахлоқ кодекси билан тартибга солинмаган масалалар юзага келган тақдирда, исбот қилиш субъектлари жамиятда таркиб топган одоб-ахлоқ қоидаларига, шунингдек одоб-ахлоқни тартибга солувчи халқаро ҳуқуқнинг умумэътироф этилган принципларига амал қилади, ҳар қандай вазиятда ҳаққоний ва беғаразбўлиши шарт Далилларнинг архаик концепцияси. Далилларнинг архаик концепцияси. Мазкур концепция тарафдорлари А.Я.Вышинскийва Л.Е.Владимировлар бўлиб, 1958 йилдаги Жиноят-судлов ишларини юритиш Асослари қабул қилингунга қадар ундан кенг фойдаланилган. Концепцияга кўра, суд далилларига – бу одатий фактлар, ҳаѐтдаги ҳодисалар, нарсалар, одамлар, одамларнинг ҳаракатлари, деб қаралган. Далилларнинг мантиқий модели Далилларнинг мантиқий модели. Бу концепция тарафдорлари С.А.Голунский, Ц.М.Каз, М.А.Чельцов ва Р.С.Белкинлар бўлиб, жиноят ишлари бўйича далиллар деб реал воқеликда мавжуд бўлган маълумотларга айтилади. Ушбу концепция 1958 йилда Жиноят-судлов ишларини юритиш Асослари қабул қилингандан кейинкенг тарқалган. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling