Isbot qilishdan maqsad nima?
Download 0.92 Mb.
|
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Дастлабки ва ҳосила далилларнинг фарқи
- Sudlarda prokuror vakolatini ta’minlash (fuqarolik prosessi)
30-modda. Nazorat predmeti
Quyidagilar nazorat predmeti hisoblanadi: ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etuvchi muassasalarda shaxslar saqlanishining qonuniyligi; ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish tartibi va sharoitlari haqidagi qonunchilikka rioya etilishi; ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning, shuningdek jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralari qo‘llanilgan shaxslarning qonunda belgilangan huquq va majburiyatlariga rioya etilishi; jinoyat-ijroiya qonunchiligini qo‘llayotgan organ va muassasalar, mansabdor shaxslar faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi. 32-modda. Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini ta’minlashda prokurorning majburiyatlari Prokuror ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ozodlikdan mahrum etilgan hamda jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralariga tortilgan shaxslarning jazoni ijro etuvchi organ yoki muassasa ma’muriyatiga, boshqa davlat organlariga, jamoat birlashmalariga, mansabdor shaxslarga shikoyat hamda arizalar bilan murojaat qilish huquqlari to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Prokuror o‘ziga tushgan shikoyat yoki arizani belgilangan muddatda ko‘rib chiqishi, zarur chora-tadbirlar ko‘rishi hamda o‘z qarori to‘g‘risida arizachiga ma’lum qilishi shart. Дастлабки ва ҳосила далилларнинг фарқи Дастлабки далиллар Ҳосила далиллар. Ushbu 3ta savol javobi bir xil. Олиниш манбасига қараб далиллар дастлабки ва ҳосила далилларгабўлинади. Дастлабки далиллар бу – аниқланиши лозим бўлган ҳолат тўғрисидаги маълумот биринчи манбадан олинган далиллардир. Ҳосила далиллар эса исботланиши лозим бўлган факт тўғрисидаги маълумот биринчи манбадан эмас, балки бошқа манбадан олинган далиллардир. Дастлабки ва ҳосила далилларнинг фарқи улар манбасининг шаклланиш жараѐнига боғлиқ. Ҳосила далилларнинг шаклланиш жараѐнида оралиқ манба мавжуд бўлади. Масалан: жиноят шоҳиди бўлган гувоҳнинг ахборотини қабул қилиш босқичи билан бу ахборотнинг терговчи томонидан олиниши ўртасида яна бир манба – эшитган гувоҳ кириши мумкин. Ахборот бир манбадан иккинчисига ўтганда ўзгаришларга учраши табиий. Оралиқ манбалар қанчалик кўп бўлса, ўзгариш, бузилиш эҳтимоли кўпаяди. Ҳосила далиллар исбот қилишда муҳим саналади. Уларнинг аҳамияти қуйидагилардан иборат: 1) Ҳосила далиллардан дастлабки далилларни топиш учун фойдаланиш мумкин. 2) Дастлабки далилларни текширишда фойдаланилади. 3) Дастлабки далил йўқолганида Sudlarda prokuror vakolatini ta’minlash (fuqarolik prosessi) Prokuror yoki uning o‘rinbosari davlat boshqaruv organlari yoki mansabdor shaxslari tomonidan, qonunda ko‘rsatilgan vakolati doirasida bo'lsa, ular tomonidan qabul qilingan aktni g'ayrihuquqiy deb topish to‘g‘risida umumiy yurisdiksiyadagi sudga yoki xo‘jalik sudiga murojaat etish vakolatiga ega. Sud prokuraturaning dastlabki tergovda jinoyatni ochishdagi qo‘llagan protsessual choralarini qonuniyligini nazorat qilsa, prokuratura esa sud qarorlarining qonuniyligini ularga nisbatan yuqori turuvchi sudga protest keltirish yo‘li bilan nazorat qiladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan prokuraturaning o‘zaro munosabati «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasida ko‘rsatilgan. Bunga ko‘ra, 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi, uning ko‘rib chiqishi uchun masalalar kiritishi va ko‘rilayotgan masala yuzasidan fikr bildirishi mumkin. Umumiy yurisdiksiyali va xo‘jalik sudlarida prokurorning roli bir tomondan u sud muhokamasining subyekti bo‘lib ko‘rinsa, boshqa bir tomondan sud qarorlariga nisbatan bir qancha nazorat funksiy alar ini amalga oshiruvchi bo‘lib namoyon bo‘ladi. Jinoyat ishlarining sud muhokamasida prokurorning roli muhimroq. U o‘ziga berilgan protsessual huquq, davlat ayblovini qo‘llab-quvatlashni amalga oshiradi. Fuqarolik ishlarida FPKning 46-moddasi va «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunning 26-moddasiga ko‘ra, prokuror boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega. Da’voni prokuror taqdim etadi va sudda quwatlaydi. FPKga muvofiq fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb 333 topish yoki fuqaroni o'lgan deb e’lon qilish, fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi ishlarda prokurorning qatnashishi shart. Sud tomonidan g‘ayriqonuniy va asossiz qarorlar chiqarilganda prokuratura organlari fuqarolarning buzilgan huquqini tiklashda muhim rol o‘ynashi mumkin. 0 ‘zbekiston qonunchiligi prokuraturaga sudlarda ishlarni ko‘- rishda katta vakolatlar bergan. Prokuror o‘z vakolatlari doirasida noqonuniy va asossiz qarori (hukm, ajrim, hal qiluv qarori) ustidan yuqori turuvchi sudga apellatsiya yoki protest tartibida keltirishi mumkin. Bundan tashqari, prokuror o‘z vakolatlari doirasida sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qarori qonuniy kuchga kirgan har qanday ishni suddan talab qilib olish huquqiga ega. Agar bu aktlaming g‘ayriqonuniy va asossizligini prokuror aniqlasa, nazorat tartibida protest keltiradi yoki protest keltirish vakolati doirasidan chetga chiqib ketadigan hollarda u protest keltirish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan yuqori turuvchi prokurdrga murojaat etadi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling