Ish joylarini tashkil etish, ixtisoslashtirish va rejalashtirish


Ish joyining ichki rejalashtirishda quyidagi talablar hisobga olinishi lozim


Download 41.92 Kb.
bet5/7
Sana13.05.2023
Hajmi41.92 Kb.
#1456959
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-МАВЗУ

Ish joyining ichki rejalashtirishda quyidagi talablar hisobga olinishi lozim:

  • texnologik va tashkiliy qurol-asbob va jihoz elementlaridan har birining muhim va doimiy bir joyi bo‘ladi;

  • chap qo‘l bilan olinadigan asbob-uskunalar chap tomonda, o‘ng qo‘l bilan olinadiganlari o‘ng tomonda joylashtiriladi;

  • ketma-ket ishlatiladigan predmetlar tartib bilan qator tizib qo‘yiladi, ishlatib bo‘lingach, qaytib joyiga qo‘yilganida, yonidagi ikkinchisi olinib, ishlatiladi;

  • xonadagi chirog‘larning nuri mehnat predmetini yoki uning ishlanadigan qismini yoritib turishi shart;

  • ish yoki xizmat ko‘rsatish mahalida o‘tiradigan joy, qo‘l va oyoq tirgaklari xodimning buyiga qarab ko‘tariladi yoki pasaytiriladi;

  • ichki rejalantirish doim takomillashtirib boriladigan ilg‘or mehnat usullari va uslublarini qo‘llanish uchun sharoit tug‘dirmog‘i lozim.

Har bir ish joyi eng kam, ammo etarli maydoncha, o‘rnatilgan jihozlar va apparatlar hamda mehnat predmetlarining gabaritlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarish imoratning ma’lum qismini egallagan bo‘lishi kerak. Masalan, mavjud me’yoriy hujjatlarda bitta ishlovchi xodim uchun ajratilgan ish joyining maydoni 4,5 m2ga, imoratining balandligi esa, 3,2 m2ga teng bo‘lishi ko‘rsatilgan. SHuni ta’kidlash kerakki, bu ko‘rsatgichlarning ko‘payishi yoki ozayishi o‘rnatilgan jihozlarning hajmlariga bog‘liq. Masalan, mayda jihozlar o‘rnatilgan mashinasozlik korxonalari va ularning sexlari uchun bir xodimga ajratilgan ish joyining miqdori 10 m2 gacha, o‘rta hajmdagi jihozlar uchun bu ko‘rsatgich 20 m2 gacha oshadi, yirik jihozlar uchun - 40 m2, maxsus yirik jihozlar uchun esa, hatto 50 va 100 m2 gachani tashkil etadi.
Ish joyining rejalatirilishi ish qiluvchi gavdasining qulay va to‘g‘ri vaziyatini ta’min etishi lozim. SHuning uchun ham ishchining xizmat ko‘rsatish joyidagi holati xodimlar mehnatini tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi. Ishchi holati deganda, xodimning mehnat usullarini, harakatlarini va boshqa kichik-kichik elementlarni bajarish jarayonida o‘z gavdasini qanday holatda tutishi tushuniladi. O‘z navbatida, inson energiyasining sarflanish holati uning tanlagan ishchi holatiga sezilarli darajada bog‘liq. Fiziologik tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, xodimning «oyoqda tikka turib» ishlagan vaziyatdagi energiya sarfi miqdori «o‘tirib» ishlagandagiga nisbatan bir yarim marta ortiqdir, noqulay, egilgan ishchi holatda «oyoqda tikka turib» ishlaganda esa bu ko‘rsatgich yana bir necha marta ko‘payadi. SHuning uchun mehnat fiziologlari har xil turdagi ish yoki xizmatni bajarish uchun ishchi holat (poza)larini tanlashda quyidagilarni tavsiya etadilar:

  • jismoniy nagruzkasi 5 kg. gacha bo‘lganda «o‘tirib» ishchi holati (pozasi)da ishlash maqsadga muvofiqdir;

  • jismoniy nagruzkasi 5 kg. dan yuqori va 10 kg. gacha bo‘lganda o‘zgaruvchan «o‘tirib-oyoqda tikka turib» faoliyat ko‘rsatish ishchi holati (pozasi)da ishlagan ma’qul;

  • jismoniy nagruzka 10 kg. va undan ortiq bo‘lganda «oyoqda tikka turib» ishlash ishchi holati (pozasi)da ishlagan yaxshi.

Ko‘p yillik fiziologik ilmiy kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, xodim muskullarining tarangligi o‘tirib ishlagandagiga nisbatan tikka turib ishlaganda 15-10 foiz, tikka turib, egilgan holda ish bajarganida esa ikki marta ortar ekan.



Download 41.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling