Ish joylarini tashkil etish, ixtisoslashtirish va rejalashtirish


Ish joylarining ixtisoslashtirilishi


Download 41.92 Kb.
bet3/7
Sana13.05.2023
Hajmi41.92 Kb.
#1456959
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-МАВЗУ

3.3. Ish joylarining ixtisoslashtirilishi

Ish joylarini oqilona tashkil etish ularni dastlab ixtisoslashtirishni taqoza etadi. Ish joyining ixtisoslashtirilishi deganimizda, unga bir xil mehnat funksiyalari, ishlar yoki qismlarni birkitib qo‘yish tushuniladi.


Tajribadan ko‘rinishicha, ish joylarini ixtisoslashtirish darajasi, avvalo ishlab chiqarish turiga bog‘liq. Ish joylarining ixtisoslashganlik darajasini 2- jadvaldagi ma’lumotlar orqali aniqlash mumkin.
2- jadval

Ish joylarining ixtisoslashganlik darajasi





Ish joylariga birkitilgan qismlar (detallar) nomlarining miqdori

Ishlab chiqarish turlariga (tiplarga) kiradigan ish joylari

1

Ommaviy

2 tadan 10 tagacha

Yirik seriyali

10 tadan 20 tagacha

Seriyali

20 tadan ortiq

Mayda seriyali

Birkitilmagan

YAkka

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ommaviy ishlab chiqarishda ish joyini ixtisoslashtirishning eng yuqori darajasiga erishiladi. Ommaviy ishlab chiqarish korxonalarida chegaralangan xildagi buyumlar ko‘plab ishlab chiqariladi.
Ommaviy turdagi ishlab chiqarishning yoki xizmat ko‘rsatishning eng muhim xususiyatlari:
a) juda cheklangan xildagi buyumlarni ko‘p miqdorda doim ishlab chiqarishdan;
b) ish joylarining butun ko‘pchiligida maxsus asbob-uskunalar ishlatilishidan;
v) odatda, har bir ish joyini unga doimiy birkitilgan bir operatsiyani bajarishga ixtisolashtirish va ishlab chiqarish uchastkalarining qat’iy ravishda texnologik jarayon sodir bo‘lishiga moslab ish joylari zanjiri kabi tuzilishidan iborat.
Seriyali buyumlar ishlab chiqaradigan korxonalarda sexlar, uchastkalar predmeti bo‘yicha, ya’ni ma’lum xil va turkum qismlar tayyorlashga ixtisoslashtiriladi. Masalan, stanoksozlik zavodining mexanika sexida val uchastkasi, korpus qismlari uchastkasi, tishli g‘ildirak (shesternya) uchastkasi va h.k.lar tashkil qilinadi. Bunday uchastkalarda ish joylari predmetlar bo‘yicha guruhlashtiriladi.
Seriyali turdagi ishlab chiqarishning eng muhim xususiyatlari:
a) tuzilishi jihatidan bir xil bo‘lgan xiyla keng xildagi mahsulotning ozmi-ko‘pmi katta seriyalarda ishlab chiqarilishi vaqti-vaqti bilan takrorlanib turishidan;
b) universal mashinalar bilan birgalikda maxsus asbob-uskunalar qo‘llanishidan;
v) ish joylarini ularning har biriga turkum-turkum qilib tayyorlanadigan qismlarni (detallarni) ishlatishdagi bir qancha jarayonni doimiy ravishda birkitib qo‘yish yo‘li bilan predmetli ixtisoslashtirishdan iborat.
YAkka turdagi ishlab chiqarishda ish joylarini ixtisoslashtirish uchun sharoit uncha qulay bo‘lmaydi, negaki ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko‘rsatiladigan xizmat turlarining tez-tez o‘zgarib turishi bajariladigan ish xarakterining doimiy o‘zgarib turishiga olib keladi. Lekin shunga qaramay, ilg‘or korxonalarning tajribasiga ko‘ra, oldindan muntazam suratda zarur tayyorgarlik ishlari o‘tkazib turilganida, yakka turdagi mahsulot ishlab chiqarish sharoitida ham ish joylarini ixtisoslashtirishning ancha yuqori darajasiga erishish mumkin. Bundagi tayyorgarlik ishlari birinchidan,har xil ishlar (operatsiyalar)ni biron umumiy alomatlari bo‘yicha guruhlashdan; ikkinchidan, bu guruhlarning har birini tegishli ish joyiga biriktirib quyishdan iborat bo‘ladi. Bunda har bir guruhdagi malaka darajasi va bajariladigan ishlar hajmi, ularni bajarish muddatlari, ishlab chiqarish normalarining erishilgan darajasi, ish joylaridagi mavjud uskunalar hamda ishchilarning malakaviy tayyorgarliklari hisobga olinadi.
Mazkur vaziyatlardan tashqari ish joylarini ixtisoslashtirishning boshqa muhim shartlari ham bor. CHunonchi, buyumlar va tarkibiy qismlarning standartlashtirilishi va unifikatsiyasi, ko‘p xil buyumlarni ishlab chiqarishdan bir xil (yoki cheklangan doiradagi) buyumlarni ishlab chiqarishga o‘tish ixtisoslashtirishning texnik negizini tashkil etadi. Bu tadbirlar, nihoyat, ishlab chiqariladigan qismlar va ishlanadigan buyumlar ro‘yxati (nomenklaturasi)ning xiyla qisqartirilishiga olib keladi, ommaviy turdagi va barqaror seriyali turdagi ishlab chiqarishni rivojlantirishga yordam beradi, bu esa ish joylarini ixtisoslashtirishni osonlashtiradi. Bir necha sanoat korxonasining ma’lum mahsulot ishlab chiqarish uchun kooperativlashishi ham ish joylarini ixtisoslashtirishga ko‘p jihatdan yordam beradi. Bu korxonalarning har qaysisi but mahsulotning bittagina tarkibiy qismini (uzel, qism va h.k.larni) ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi.
Ish joylarining barqaror ixtisoslashtirilishi yuqori unumli, ixtisoslashtirilgan asbob-uskunalarni va qurollarni ishlab chiqarishning samarador uzluksiz uslubini joriy qilish, ishchilarning ish kuchi va h.k.lardan yaxshiroq foydalanishi uchun eng qulay sharoit yaratadi. Bu tadbirlar mehnat samaradorligini oshirishga, tayyorlangan mahsulotning yoki ko‘rsatilgan xizmatning sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.



Download 41.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling