Ish joylarini tashkil etish, ixtisoslashtirish va rejalashtirish


Download 41.92 Kb.
bet4/7
Sana13.05.2023
Hajmi41.92 Kb.
#1456959
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-МАВЗУ

3.4. Ish joylarini rejalashtirish
Ixtisoslashtirilgan, ilmiy asosda rejalashtirilgan ish joylarining ahamiyati juda katta. Agar ish joylari bir-biridan uzoqda, tartibsiz joylashgan bo‘lsa yoki amalga oshirilayotgan texnologik jarayonning bajarilish bosqichlari bo‘yicha joylashgan bo‘lmasa, unda xodimlarning ish joylarida harakat qilishlari va yurishlari bilan bog‘liq bo‘lgan vaqt sarflari oshadi, mehnat predmetlari va tayyor mahsulotlarni boshqa ish joylariga o‘tkazish bilan bog‘lig‘ bo‘lgan vaqt miqdori ko‘payib, provard natijada ishlab chiqarishning sermehnatliligi oshadi, mehnat unumdorligi pasayadi. Ish joyini ichki rejalashtirish tartiblari buzilganda ham shunga o‘xshash natijalar vujudga keladi. Xodimning jihozni boshqarish organlaridan, mehnat predmetlaridan, asbob-uskunalardan uzoqlashishi ortiqcha harakatlarni keltirib chiqaradi, ish kuni davomida ko‘p noqulayliklar tug‘diradi, operativ vaqt miqdorini qisqartiradi, uning charchog‘ini oshiradi, toliqishini tezlashtiradi.
Ish joylarini rejalashtirish deganimizda, ma’lum ish joyini ishchi o‘z vazifalarini bajarayotganda foydalanadigan mehnat qurollari va predmetlarini ishlab chiqarish maydonining normativlari, ishlab chiqarish turi va xarakteri, ishlash uchun qulay bo‘lishi, antropometrik tomonlar, ergonomik talablar hisobga olinib va texnika xavfsizligi ta’min etilib joylashtirish tushuniladi.
Ish joyini rejalashtirish – uchastka, bo‘lim (sex)ni rejalashtirishning tarkibiy elementidir. SHuning uchun ham ish joyini loyihalash va tahlil qilish uchastka, bo‘lim (sex)ning rejalashtirish talabalarini e’tiborga olgan holda olib boriladi.
Ish joylarini rejalashtirish uch xil - umumiy rejalashtirish, xususiy rejalashtirish va ichki rejalashtirishdan iborat.
Ish joylarini umumiy rejalashtirishda asosan quyidagilar talab etiladi:

  • uchastka (sex)ning ishlab chiqarish maydonidan tejab - tergab foydalanish;

  • uchastka (sex) maydonida yuklar to‘ppa-to‘g‘ri yo‘l bilan bemalol tashilishini yo‘lga qo‘yish;

  • umumiy xavfsizlikni ta’minlash hamda ish joyini ishlab chiqarish sharoiti zararli bo‘lgan boshqa ish joylaridan ajratish;

  • yuk tashiladigan va xodimlar yuradigan yo‘llar imkoni boricha qisqa bo‘lishi;

  • ish joylarini texnologik jarayonning paydar-payligiga muvofiq tarzda joylashtirish, transportning o‘tish, qaytish yo‘llari texnologik oqimiga mosligini ta’minlash;

  • ish joyi maydonining belgilanib qo‘yilgan normaga muvofiqligini (ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish binosining hajmi har bir xodimga kamida 15 kub metr, ish joyining devor bilan cheklangan maydoni kamida 4,5 kv.metr bo‘ladi;

  • mo‘‘tadil sharoitda ham, avariya vaqtida ham samarali xizmat ko‘rsatishni, ishlash sharoitining mo‘‘tadilligini ta’minlash.

Ish joylarini umumiy rejalashtirishda texnologik jarayon sxemasi, ish joylaridagi uskunalar va jihozlar tarkibi hamda hajmi, ish joylarining soni, ish joylariga xizmat ko‘rsatish tartibi, mehnat predmetlarining hajmi va soni, xavfsizlik va sanitariya-gigiena normalari, ish joylarining xususiy rejalashtirilishi va transport vositalari yuradigan yo‘llarning kengligi va h.k.lar asos qilib olinadi.
Ish joylarini xususiy rejalashtirishga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:

  • ishlash yoki xizmat ko‘rsatish uchun qulay sharoit, mehnat xavfsizligi va sanitariya normalarini ta’minlashdan;

  • ijrochining yuqori mehnat unumdorligini, shu ishlab chiqarish maydonida zarur texnologik va tashkiliy qurol-asboblar, xom ashyo, materiallar yoki yarimfabrikatlar bilan uzluksiz mehnat jarayonini tashkil etish uchun etarli darajada ta’minlashdan;

  • ish maydonida ish joyi elementlarini joylashtirishda iqtisodiy va ruhiy-fiziologik talablarning hammasini hisobga olishdan;

  • ijrochining ish maydoni doirasidagi yurish yo‘lining eng qisqa bo‘lishini ta’minlashdan;

  • texnologiya vositalari va tashkiliy qurol-asboblar hamda tez-tez ishga solinib turadigan mehnat vositalari qo‘l etadigan erda joylashtirilishidan;

  • boshqarish va nazorat predmetlari, shuningdek, uskunalarni darhol tuxtatadigan predmetlar kurinadigan va optimal zona doirasida joylashtirilishidan;

  • ishni yoki xizmatni bajarish jarayonida ilg‘or mehnat usul va uslublari qo‘llanishi uchun zarur sharoitlar vaqtida va etarli darajada yaratilishi va h.k.lardan (bunda gap asosan mehnatni tashkil etish yunalshlari, kompleksi va aloqalari to‘g‘risida boradi).

Korxona davlat yoki nodavlat ishlab chiqarish yohud xizmat ko‘rsatish shaklidaligidan qat’i nazar, unda xodimlarning ish joyini xususiy rejalashtirishda ish qilinadigan yuzalar balandligi normalari (yonida o‘tirib ish qilinadigan stolning balandligi past buyli kishi uchun 700 mm.dir. Erkaklar uchun past bo‘y 1520-1630 mm, o‘rta buy 1631-1690 mm, baland buy 1691-1900 mm hisobida) belgilanadi hamda kishining erkin tabiiy vaziyatni ta’min etadigan bo‘shliq (makon) normasi hisobga olinadi. Tabiiyki, bunda ishlab turgan paytdagi holat asosiy o‘rin tutadi. Xodimlarning ish joylarini o‘rganganda, tashkil etganda va loyihalashtirganda 3-jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
3-jadval



Ishlab chiqarish jihozi, jihoz va xodimning holati

Xodimning bo‘yini hisobga olgandagi yuzalar balandligi (mm)




Past

o‘rtacha

baland

Xodim o‘tirib ishlaganida ishchi stol

700

725

750

Maxsus aniq ishlarni o‘tirib ishlaganda mo‘ljallangan stol

900

950

1000

O‘tirib ishlaganda jihozning ustki qismi

800

825

850

Tikka turib ishlaganda jihozning ustki qismi

1000

1050

1100

O‘tirib yoki tikka turib ishlaganda ishlash joyining ustki qismi

950

1000

1050

Ish joyini rejalashtirishda texnologik va tashkiliy qurol-asboblarni qo‘l uzatib olish va keyin qaytarib qo‘yish oson bo‘ladigan tarzda joylashtirish ham jiddiy ahamiyat kasb etadi.
Ish joyining eng muhim elementlari, boshqarish va uskunalar ishini nazorat qilib turish vositalari ko‘zga aniq ko‘rinib turadigan qilib (xodimning ham gorizontal va vertikal kenglikdagi ko‘rish doirasida) joylashtiriladi. SHuning uchun ham ish joyini rejalashtirishda ko‘rish omili, albatta, nazarga olinadi (har bir kasb uchun ijrochining xizmat zonasidagi ko‘rish burchagi 300dir).

Download 41.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling