Ish joylarini tashkil etish, ixtisoslashtirish va rejalashtirish


Ish joylarini uskunalash va jihozlash


Download 41.92 Kb.
bet6/7
Sana13.05.2023
Hajmi41.92 Kb.
#1456959
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-МАВЗУ

3.5. Ish joylarini uskunalash va jihozlash


Xalqimiz aytganidek, uskunasi soz kishining, mashaqqati oz ishining. SHunday ekan, ishlab chiqarish jarayonining samaradorligi ish joyini uskunalash va jihozlanish darajasiga ham bog‘liq. Ish joyini jihozlash deganda, ish joyini asosiy va yordamchi texnologik uskunalar, texnologik va tashkiliy qurol - asbob va jihozlar bilan to‘la, belgilangan ishlab chiqarish topshiriqlarini o‘z vaqtida, samarali va sifatli qilib bajarish uchun etarli miqdorda ta’minlash tushuniladi.
Mehnatni engillashtirish va uning samaradorligini oshirish uchun ish joylarini uskunalash va jihozlash:

  • ishlab chiqarish operatsiyalarini texnologik jarayon va mehnatni tashkil etish kartalariga muvofiq jihozlashning barcha zarur elementlari bilan ta’min etishga;

  • jihozlash elementlarining texnologik operatsiyalar xarakteriga funksional jihatdan mos kelishiga;

  • barcha jihozlash elementlaridan foydalanish tavsiflarining sifatli va ishonchli bo‘lishiga;

  • ish uskunalarini oson va tez ishlatishga;

  • mehnatning samarali uslublari va usullarini ta’minlashga;

  • ish usullarini mumkin qadar jihozlardan, mashinalardan to‘xtatmay foydalangan holda amalga oshirishga;

  • mehnat jarayonlarining sog‘lom va xavfsizlik sharoitini ta’minlashga;

  • ijrochini jismoniy jihatdan og‘ir keladigan mehnat operatsiyalaridan imkoniyati boricha xalos qilishiga;

  • mehnat jarayonining uzluksizligini ta’minlash kabilarga rioya qilinishiga qaratilgan bo‘lishi lozim.

Ish joylarini jihozlash bo‘yicha olib boriladigan tashkiliy ishlarda mazkur talablarga rioya qilinishi ishning yoki xizmatning sifati, ijrochining mehnat samardorligi yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.
Ish joylarini uskunlash va jihozlashning mohiyatini aniqlab olish uchun, avallo, quyidagi umumiy tushunchalarni bilish kerak:
1.Tashkiliy jihozlar. Bunda ish joyida bajariladigan mehnat operatsiyalarining uzluksiz davom etishini, samaradorligini, sifatli va qulayligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tashkiliy jihozlar tushuniladi.
2.Texnologik asbob-jihozlar. Bunda ish joyidagi shunday zarur texnologik operatsiyalarni samarali va sifatli qilib bajarish ana shu vositalar yordamida ta’minlanadi.
Asosiy uskunalarga jihozlar, agregatlar, mashinalar (muhim ish joyidagi), masofadan turib boshqarish pultlari, avtomatik liniyalar va h.k. lar kiradi. Uskunalar asosan ishlab chiqarish topshiriqlarini eng samarali bajarishni ta’minlash nuqtai nazaridan tanlanadi. Bundan tashqari, uskunalar sanitariya va gigiena, xavfsizlik texnikasi va erganomika talablariga ham javob berishi lozim.
YOrdamchi uskunalarga transportyorlar, aravachalar, yuk ko‘taradigan har xil moslamalar va ish joyi doirasida ko‘chirib yurishni osonlashtirishga mo‘ljallangan boshqa asboblar kiradi.
YOrdamchi uskunalar ish qulayligini, mehnatning tejab-tergab sarflanishini ta’minlashi, ishchi ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarishda ortiqcha zo‘r berishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Tashkiliy asbob va jihozlarga har xil moslamalar, instrumentlar, yordamchi instrumentlar, yordamchi materiallar va hujjatlar saqlanadigan jihozlar, ishlab chiqarish mebeli, signal va aloqa vositalari, ihota va saqlanish qurilmalari, ishlab chiqarish inter’eri kiradi. Tashkiliy asbob-jihozlar, ishlab chiqarish maydonlaridan oqilona foydalanilgan holda, o‘z funksional vazifalariga muvofiq bo‘lishi, shu bilan birga tuzilishi va gabariti (ko‘lami) bilan ergonomik talablarga javob berishi, kishining antropometrik xususiyatlarini hisobga olishi kerak.
Texnologik asbob-jihozlarga moslamalar va instrumentlar (qirqish, tekshirish, o‘lchash asboblari va yordamchi qurollar) kiradi. Moslamalar tuzilishi jihatidan ishlash uchun qulay bo‘lishi, jismoniy kuchning tejalanishini, mehnat predmetlarini o‘rnatish, chiqarish, birkitish va bo‘shatish oson bo‘lishini, shovqin va vibratsiya bo‘lmasligini ta’minlashi lozim.
Ko‘p dastgohchi xodimlarning ish joylari yordamchi ishchilarni chaqirib olishga imkon beradigan signalizatsiya vositalari bilan jihozlanishi kerak. Signalizatsiya qurilmasi xizmat ko‘rsatadigan ish joylarining soniga qarab yakka (individual) yoki guruhli bo‘lishi mumkin. Ko‘p dastgohli ish sharoitida individual signalizatsiya bo‘lgani yaxshi.
Signalizatsiya-signal berish usuliga qarab ovozli, vizual va vizual-ovozli bo‘ladi. Masalan, to‘qimachilik ishxonalarida shovqin ko‘p bo‘lganligi sababli, odatda, bayroqchalar, rangli doiralar va signal chiroqlari yordamida vizual signalizatsiya ishlatiladi.
Mashinalarda uni boshqarayotgan xodimga texnologik jarayon qanday o‘tayotgani haqida signal berib turadigan moslamalar borligi, ayniqsa, ko‘p jihozli ishda mashinalarga xizmat ko‘rsatishni ancha osonlashtiradi. Hozirgi titib-yumshatish agregatlaridagi qorishtirib ta’minlagichlar, masalan, ishchiga paxta yuborish yoki to‘xtatish kerakligini xabar qiladigan yorug‘lik signalizatsiyasi bilan jihozlangan bo‘ladi. Mashinalarda ularni to‘xtatish haqida xabar beruvchi signalizatsiya borligi ko‘p stanokchiga ancha mashinalarga xizmat ko‘rsatganida ham marshrut ish uslubiga nisbatan to‘g‘ri kelish tanaffuslarini ancha kamaytirib, qorovullash uslubini ishlatish imkonini beradi.
Konstruktorlar jihozlarda ularga xodimlar tomonidan xizmat ko‘rsatishni, ularni ta’mirlashni va sozlashni engillashtiradigan har xil moslamalar bo‘lishini nazarda tutishlari kerak. Mashinalarning organlari oddiy va qulay tuzilgan, ortiqcha harakat, kuch va yurish talab etmaydigan qilib joylashtirilgan bo‘lishi lozim. Masalan, mashinaga bir - biridan katta oraliqdagi bir nechta joyda xizmat ko‘rsatish talab qilinadigan bo‘lsa, uni to‘xtatish yoki yurgizib yuborish imkoniyati ham ko‘p yo‘l bosib o‘tmaydigan bir nechta joyda bo‘lishi kerak. Masalan, ishga tushirish qurilmalari to‘quv jihozlarida peshto‘siq tomonda ham, ortto‘siq tomonda ham bo‘lishi zarur.
Ko‘p stanokchilar xizmat ko‘rstadigan mashinalar, ayrim mexanizmlar sinib qolishi yoki sifatsiz mahsulot chiqishining oldini oladigan moslama va mexanizmalr bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Ayniqsa, xodim ko‘p jihozlarga xizmat ko‘rsatganda ularning har birida jarayonni uzluksiz kuzatib bora olmaydi, shuning uchun faol kuzatish zaruriyati minimumgacha kamaytirilishi kerak. SHu maqsadda, masalan, pilik mashinalarida o‘z-o‘zini to‘xtatgichlar ishlatiladi. YOki pilik mashinalarida avtomatik to‘xtatgich bo‘lmasa, pilik uzilganda tayyorlangan matolarda chala to‘qilish sodir bo‘lishi va pilikchining xizmat ko‘rsatish imkoniyati cheklanib qolishi mumkin.
Sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoiti ish jarayonlarini xavfsizlik texnikasi vositalari (to‘siqlari va h.k.), kerakli yoritish priborlari, ventilyasiya va shu kabilar bilan jihozlashni talab qiladi. Bino ichidagi havoning toza bo‘lishi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida xodimlarning salomatligi uchun ham, texnologik jarayonning normal o‘tishi uchun ham muhim ahamiyatga ega.
Ish joylarida xodimning faoliyat ko‘rsatish jarayonida zo‘riqishni kamaytiradigan moslamalar bo‘lishi kerak. Balandlikdagi xom ashyolarga yoki mashina qismlariga qo‘l etishi, ortiqcha yoki qiyin harakatlar qilishni bartaraf etish uchun ishlovchi oyog‘i tagiga qo‘yiladigan panjara tagliklar, xom ashyolar qo‘yadigan tokchalar yoki javonlar; o‘tirish balandligini to‘g‘rilash uchun buralib ko‘tariladigan stullar, ish zonasi, ko‘chma stullar yoki rolikli o‘rindiqlar, tirsak qo‘yadigan suyanchiqlar va shu kabi moslamalar bo‘lishi zarur.
SHunday qilib, ish joylarini eng mukammal mehnat vositalari bilan qurollantirish mehnat unumdorligini muttasil o‘stirib, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirib, mahsulot va xizmat sifatini yaxshilab, tannarxini pasaytira borishning eng muhim shartlaridan biridir.



Download 41.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling