Ish joylarini tashkil etish, ixtisoslashtirish va rejalashtirish


Download 41.92 Kb.
bet2/7
Sana13.05.2023
Hajmi41.92 Kb.
#1456959
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-МАВЗУ

3.2. Ish joyining tashkil etilishi


Odatda, yuqori mehnat unumdorligi (samardorligi)ning asosiy shartlaridan biri – bu, ish joyini tashkil etishdir.


Ish joyi - xohlangan ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonining dastlabki bo‘g‘inidir. Bu bo‘g‘inda ishlab chiqarish jarayonining moddiy - texnika predmetlari insonning har xil mehnat faoliyati qo‘shilishi va ta’sir etishi natijasida o‘z shakli yoki tarkibini o‘zgartiradi. Har bir ish joyi uchta element yig‘indisidan iborat: mehnat predmeti, mehnat vositalari va insonning aniq maqsadga qaratilgan faoliyati. Ammo, bu uchala elementning asosiy va harakatlantiruvchi kuchi – mehnat, ya’ni yuqorida ko‘rsatilganidek, insonning ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan aniq faoliyatidir.
Ish joyini tashkil etish deganda,har bir ish joyida yuqori mehnat unumdorligiga erishish uchun zarur bo‘lgan hamma sharoitlarni ta’minlash bilan bir qatorda, jihozning texnikaviy imkoniyatlaridan to‘la foydalanishni, mehnatning mazmunini boyitishni, xodimning sihat-salomatligini ehtiyot qilishni ta’minlashga qaratilgan kompleks tadbirlar rejalarini ishlab chiqish tushuniladi.
Har bir ish joyining maqsadga muvofiq tashkil etilishi ishchi o‘z vazifasini bajarishiga qulaylik tug‘dirishi, ish vaqtining bekor ketmasligini, isrof bo‘lmasligini ta’minlashi, ishlab chiqarishda madaniy va sog‘lom mehnat vaziyatini vujudga keltirishi lozim.
Har bir xodim yoki rahbar o‘ziga yuklatilgan vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun uning ish joyi to‘g‘ri tashkil etilgan bo‘lishi kerak. Texnika va ish kuchidan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, tayyorlangan mahsulotning yoki ko‘rsatilgan xizmatning sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirish ko‘p jihatdan ish joyining to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq. Korxonadagi ish joyi mehnatni tashkil etish tizimining g‘oyat muhim bug‘inidir, chunki u har bir xodimning o‘z mehnatini bevosita sarf qiladigan ishlab chiqarish maydonidir. Tabiiyki, bunda sarf qilinadigan mehnatning samarali bo‘lishi shu maydonning yaxshi, maqsadga muvofiq va qulay tashkil etilishiga bog‘liq.
Ish joyining yaxshi tashkil etilmasligi natijasida ishlab chiqarishda ko‘p nobudgarchiliklar yuz beradi. Bu nobudgarchliklarning sabablari yuzaki qarashda ahamiyatsiz bo‘lib ko‘rinsa - da, aslida juda xunuk natijalarga olib keladi. Masalan, xom ashyolarning noqulay joylashtirilishi natijasida ishchi ortiqcha, keraksiz harakatlar qilishga majbur bo‘ladi va bunga ko‘p vaqt yo‘kotadi, qurol - asboblar, uskunalar saqlanadigan idishda tartib bo‘lmasa, ular aralash - quralash bo‘lsa, ishchining zarur asbobni qidirib topishga ancha vaqti ketadi, u asabiylashadi va h.k.lar.
Ish joyini tashkil etishda quyidagi asosiy talablarga e’tibor berish lozim:
1. Ish joyida zarur uskunlar, qurol-asboblar, xom ashyolar, zarur bo‘lganda jihoz ham ishchi o‘z vazifasini bajarishi uchun etarli miqdorda taxt turishi kerak. Bu ashyolardan bittasining ham etarli miqdorda bo‘lmasligi vaqt bekor sarflanishiga sabab bo‘ladi. SHuningdek, ularning keragidan ortiqcha bo‘lishi ham zararlidir. Negaki ortiqcha narsalar xodimlarning o‘tish yo‘llarini to‘sadi, ortiqcha aylanma (oborot) mablag‘ talab qiladi, ba’zi narsalar ishlatilmasdan, uzoq vaqt turib qolib, buzilishi, aynishi ham mumkin.
2. Qurol, asbob va boshqa hamma mehnat buyumlari (predmetlari) foydalanish uchun qulay holda joylashtirilishi kerak. Xom ashyolar va materiallar ulardan foydalanish joyiga, tez-tez ishlatib turiladigan asbob va uskunalar ish joyiga yaqin turishi lozim.
3. Ish joylariga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus yordamchi xodimlar ajratilishi va ular ish joylarini zarur ashyolar - materiallar va h.k. lar bilan uzluksiz ta’minlab turishlari shart.

  1. Ish joyi ijrochining mehnatini engillashtiradigan, ish unumini oshiradigan va tartibga solib turadigan maxsus moslamalar bilan ta’min etilishi lozim.

Ilmiy asoslangan mehnat normalari va normativlari ilg‘or ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) tajribalaridan kelib chiqqan holda ma’lum bir konkret sharoit uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. SHuning uchun ham xodimlarning ish vaqtidan foydalanishini o‘rganish, kuzatish bilan bir qatorda ish joyini tashkil etish, rejalash, loyihalashtirish, xizmat ko‘rsatish, jihozlash va uskunalash, ixtisoslashtirish, mehnat xavfsizligi va sanitariya-gigiena sharoiti, ishlash va dam olish tartiblari ham batafsil o‘rganiladi. Ish joyining holatini o‘rganish esa mehnatni tashkil qilish elementlarini ishlab chiqish va joriy etishga imkoniyat yaratadi, dam olish uchun zarur bo‘lgan ish vaqti sarfi miqdorini normalash uchun ma’lumotlar beradi, ish joylarini loyihalashga qo‘yiladigan talablarni aniqlaydi.
Ish joylarining tashkil etilish holatini vizual kuzatuv uslubi bilan bir qatorda, oldindan tayyorlangan savolnomalar orqali maxsus so‘rovlar o‘tkazish natijasida ham o‘rganish, bunda quyidagi taxminiy savollardan foydalanish mumkin:
Ish joylarida faoliyat ko‘rsatish davomida ish stolining balandligi va razmeri bilan bog‘liq bo‘lgan qanday noqulayliklar mavjud?
Ishni o‘tirib bajarish mumkinmi (to‘la ish kuni davomida yoki uning ma’lum bir qismi davomida)?
+anday turdagi jihoz taklif etiladi (o‘tirg‘ichi tushiriladigan, yig‘iladigan stol, taburetka va h.k.)?
+anaqa asbob qo‘llanilayapti? U ishlash (foydalanish) uchun qulaymi?
Uni takomillashtirish bo‘yicha qanday takliflar bor?
Ish joyining yoritilganlik darajasi etarlimi? Uni yaxshilash uchun nima qilmoq kerak? va h.k.lar.
Ish joyini muvaffaqiyatli ravishda to‘g‘ri tashkil etish, uning barcha elementlarini, chunonchi, rejalashtirish, jihozlash, xizmat ko‘rsatish va ixtisoslashtirishdan iborat elementlarini bir-biridan ajratmagan holda mukamallashtirish bilan bog‘liqdir. Bu to‘g‘rida bunday keyingi mavzularda mufassal fikr yuritiladi.
Ish joyini maqsadga muvofiq tashkil etish xodimlarga vazifalarini bajarishni engillashtirishi, vaqti unumsiz sarflanishini bartaraf qilishi, samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun madaniy va sog‘lom sharoit yaratishi joiz.
Har bir ish joyini tashkil etishda unda bajariladigan ish yoki xizmat hajmi, mehnat amallarining miqdori va bajarilish tartibi, asbob-uskunalar miqdori, xizmat ko‘rsatish tizimi, mehnat va ishlab chiqarish jarayonining mexanizatsiyalashganlik darajasi kabi omillar nazarda tutilishi lozim.



Download 41.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling