FK - fanga oid kompetensiyalar
FK1 - nutqiy kompetensiya
FK2 - lingvistik kompetensiya
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
axborot manbalaridan va darslik materiallaridan tashqari (kitob, lug‘at) manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish va foydalanish;
media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanish, fayllarni ochishda media madaniyatiga rioya qilish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish;
kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish;
o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish;
maktabda va maktabdan tashqari tadbirlarda (ko‘rik-tanlovlar, hashar va h. k. ishtirok etish va muomala madaniyatiga (kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo‘lish kabi sifatlarga) amal qilish;
oilada o‘z o‘rnini hamda vazifalarini anglash.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
maktabning ichki va tashqi qoidalariga rioya qilish;
yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish;
milliy qadriyatlarni (milliy-madaniy an’analar, bayramlar, sayllar) bilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi :
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda mavzuga oid jadvallarni o‘qiy olish.
2019 – 2020 o’quv yili uchun 4-sinf “Ona tili” (R. Ikromova va b. darsligi
“O‘qituvchi” nashriyoti – 2017 y.) fanidan namunaviy yillik
taqvim – mavzu reja
Do'stlaringiz bilan baham: |