Ish sinflarda sinfdan tashqari ishlar chirchiq davlat pedagogika universiteti


Download 0.69 Mb.
bet1/4
Sana19.02.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1214811
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu STI

  • CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
  • BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETI
  • BOSHLANG‘ICH TA’LIM NAZARIYASI KAFEDRASI O‘QITUVCHISI N.Sh.Artikova
  • 1-mavzu: Boslang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari. Matematikadan sinfdan tashqari ishni tashkil qilish turlari.
  • R E J A:
  • 1. Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning mohiyati
  • 2.Bоshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarning turlari.
  • 3.Bоshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari tadbirlar rejasi.
  • 4. Matematika o‘qitishda mustaqil ishlar.
  • Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning mohiyati
  • Sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ishlar bolalar bilan olib boriladigan ta‘lim-tarbiya ishlarining ajralmas qismi bo`lishi bilan birga, o`quvchilarni bilimga va mehnatga bo`lgan havaslarini ortiradi, shuningdek, o`zlashtirish sifatini oshirishga va xulqini yaxshilashga ta‘sir etadi. Matematikadan sinfdan tashqari mashg`ulotlar deganda o`quvchilarni matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashkil qilingan mashg`ulotlarni tushunamiz. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o`quvchilardagi fanga bo`lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to`ldiruvchi va chuqurlashtiruvchi matematik bilim, malaka va ko`nikmalar bilan qurollantirishdan iborat.
  • Umuman boshlang`ich maktabda sinfdan tashqari ishlar sinf ishlari bilan mustahkam bog`langan bo`lib, sinf ishlarining davomi bo`ladi, ayrim vaqtlarda esa uni chuqurlashtiradi.
  • Boslang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari.
  • Matematikadan sinfdan tashqari ishlar deyilganda o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ixtiyoriylik prinsipiga asoslangan mashg‘ulotlar tushuniladi.
  • Sinfdan tashqari ishlarning asosiy vazifalari : o‘quvchilarning bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirish; o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish; matematikaga qiziqishlarini orttirish; qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish; talabchanlik; irodani tarbiyalash; mehnatga muhabbatni ; mustaqillikni; uyushqoqlikni va jamoatchilikni tarbiyalash.
  • Sinfdan tashqari ish sinf-dars formasidagi ishga nisbatan bir qator xususiyatlarga ega:
  • O‘z mazmuni bo‘yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan. Ammo matematik material o‘quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda bo‘lishi kerak.
  • Maktabning boshlang‘ich sinflarida matematikadan sinfdan tashqari ishlarni sinfning hamma o‘quvchilari bilan birga bir vaqtda o‘tkaziladigan mashg‘ulot shaklida o‘tkazish maqul.
  • Sinfdan tashqari mashg‘ulot ixtiyoriylik prinstipi asosida quriladi.
  • Darslar 45 minutga rejalashtirilgani holda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga va o‘tkazilish formalariga qarab 10-12 minutga ham, 1 soatga ham mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
  • Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlarining ko‘p xilligiga qarab mazmunining turli tumanligi bilan xarakterlanadi.
  • Sinfdan tashqari ishlarning ikki turini bir-biridan farqlash lozim.
  • Uning birinchisi dastur materialini o`zlashtirishda orqada qoladigan o`quvchilar bilan ishlash, bunga qo`shimcha dars va konsultatsiyalar kiradi.
  • Ikkinchisi, matematikani o`rganishga qiziquvchi o`quvchilar bilan o`tkaziladigan mashg`ulotlar.
  • Ma‘lumki , birinchi tur mashg`ulotlar hozirgi vaqtda barcha maktablarda mavjud. Bunda mashg`ulotlarni 3-4 o`quvchidan iborat kichkina guruhlar bilan haftada bir marta o`tkazish maqsadga muvofiqdir.
  • Odatda sinfdan tashqari ishlar deyilganda ko`proq ikkinchi turdagi ishlar nazarda tutiladi va ular asosan quyidagi maqsadlarni ko`zlaydi:
  • 1. O`quvchilarda matematika va uning tadbiqlariga qiziqish uyg`otish;
  • 2. O`quvchilarning matematikadan dastur bo`yicha bilimlarini kengaytirish;
  • 3. Matematik fikrlash madaniyatini tarbiyalash;
  • 4. O`quvchilarni matematikadan ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ishlashga o`rgatish;
  • 5. O`quvchilarning matematikaning tarixiy-ilmiy qimmati haqidagi, matematika maktabining dunyo fani orasidagi roli xaqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
  • 6.Bu maqsadlarning bir qismi dars paytida amalga oshiriladi, ammo dars vaqti chegaralanganidan, uning anchagina qismini sinfdan tashqari mashg`ulotlarda amalga oshirishga to`g`ri keladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling