Ish stolida yuqoridagilardan tashqari ish natijalarini qayd etish uchun laboratoriya jurnali bo’lishi mumkin


Natriy va qo’rg’oshin geksanitrokuprat (II) (NQGNK) bilan mikrokristalloskopik reaksiyasi


Download 81.44 Kb.
bet8/14
Sana18.12.2022
Hajmi81.44 Kb.
#1029322
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Ish stolida yuqoridagilardan tashqari ish natijalarini qayd etis

Natriy va qo’rg’oshin geksanitrokuprat (II) (NQGNK) bilan mikrokristalloskopik reaksiyasi.
NQGNK reaktivi neytral yoki sirka kislotali sharoitda kub shaklidagi qora yoki jigar rangli kristall Cho’kmani hosil qiladi:
Natriy gidrotartrat NaHC4H4O6 (farmokopik reaksiya)
K++ HC4H4O6-= KHC4H4O6
2K++Pb2++[Cu(NO2)6]4-=K2Pb[Cu(NO2)6] (ch)
Reaksiyaga ammoniy kationi xalaqit beradi.
Reaksiyani bajarish:
Buyum oynasiga kaliyning eritmasidan tomiziladi, extiyotlik bilan gaz gorelkasi ustida ozgina isitiladi, so’ngra sovutiladi. Yuqoridagi tomchi eniga bir tomchi reaktivdan tomiziladi va kapillyar orqali bir-biri bilan tutashtiriladi. 1-2 min keyin mikroskop ostida kub shaklidagi qora kristallar kuzatiladi. Laboratoriya jurnaliga kristallarning shakli chiziladi.
Kaliyni uchuvchan tuzlarining alanga rangini bo’yash reaksiyasi: kaliy alanga rangini binafsha rangga bo’yaydi. (farmakopik usuli)
Reaksiyani bajarish:
Kaliy xlorid tuzidan, nixrom simida olib, gaz gorelkasining alangasiga tutiladi. Alanga binafsha rangga bo’yaladi. Natriy tuzlari xalaqit beradi, bunday holda indigo prizmasi orqali ko’riladi.
AMMONIY KATIONINING ANALITIK REAKSIYALARI-NH4+
Ishqor ta’sirida parchalanish reaksiyasi (farmakopik usuli)
«Gaz kamerasi»da bajariladi.
NH4++OH-= NH3(g) + H2O
Reaksiyani bajarish:
Probirkaga 8-10 tomchi ammoniy tuzi eritmasidan solib, ustiga shuncha hajmda ishqor eritmasidan tomizing va suv hammomida isiting. Probirka og’ziga ho’llangan qizil lakmus qog’ozini tutsangiz, rangi ko’karadi. Agar filtr qog’ozini qo’llab fenolftalein tomizsangiz, qog’oz malina rangli bo’ladi (maxsus reaksiya). Reaksiya gaz kamerasida bajariladi.
Natriy geksanitratokobaltat (III) Na3­[Co(NO2)6], farmokopik reaksiya
2NH4+ + Na3[Co(NO2)6]=(NH4)2Na[Co(NO2)6]+Na+

Download 81.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling