Ishchi kuchi bozori va uni shakllantirish


O’zbekistonda qancha ishchi kuchi bor?


Download 160.95 Kb.
bet3/17
Sana22.04.2023
Hajmi160.95 Kb.
#1381068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
kurs ishi boburmirzo

O’zbekistonda qancha ishchi kuchi bor?
2022 yilning yanvar-iyun oylarida respublika hududlarida mehnat resurslari soni:

Qoraqalpog’iston Respublikasi

 1 073,2 ming kishi;

Andijon

1 775,1 ming kishi;

Buxoro

1 072,3 ming kishi;

Jizzax

788,9 ming kishi;

Qashqadaryo

1 815,8 ming kishi;

Navoiy

569,3 ming kishi;

Namangan

 1 590,0 ming kishi;

Samarqand

2 155,7 ming kishi;

Surxondaryo

1 465,8 ming kishi;

Sirdaryo

486,0 ming kishi;

Toshkent viloyati

1 615,0 ming kishi;

Farg’ona

2 092,3 ming kishi;

Xorazm

1 047,6 ming kishi

Toshkent shahri

1 906,3 ming kishi.

[1]
Mehnat bozorining mohiyati va tushunchalari. Hozirgi vaqtda oʻtish davri iqtisodiyotining oldida turgan dolzarb muammolardan biri – mehnat bozorini samarali shakllantirish va rivojlantirishdir. Buning uchun, hammadan avval ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining obyektiv qonunlaridan savodli foydalanish zarur. Ma’lumki, taraqqiyot sohibi boʻlib xizmat qilgan inson jamiyatning asosiy ishlab chiqarish kuchi hisoblanadi. U bir vaqtning oʻzida moddiy boyliklar va xizmatlarning ishlab chiqaruvchisi va iste’mol qiluvchisi boʻlganligi tufayligina «Ishlab chiqarish - iste’mol» tizimida muvozanatga erishiladi. Faqat inson ehtiyojini juda muhim deb bilgan va uning samarali takror ishlab chiqarilishini ta’minlagan jamiyatgina eng yuqori taraqqiyotga erishadi. Jamiyatning boshqa barcha vositalari: mulkchilik shakllari, ishlab chiqarish va ilmiy salohiyat, moliya, narxlar va h.k.lar ushbu asosiy maqsadga boʻysunishi kerak. Bu degani, bugungi bozorga qarab, iqtisodiy tizim harakatini toʻg‘ri moʻljalga olish, oʻtish davrini tezlatish yoxud sekinlashtirishdir.[2]
Mehnat bozori – bozorning boshqa barcha tizimchalari bilan uzviy bog‘langan.
Haqiqatan ham, talabga ega boʻlish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy
qobiliyatlarning belgilangan majmuasiga ega boʻlishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u oʻz iste’mol sifatlarini yoʻqotmasligi uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat oʻzini qayta ishlab chiqarish, balki mehnat resurslari va butun aholining sifat koʻrsatkichlari ham yaxshilanishini rag‘batlantirib borib, kelajakda qayta ishlab chiqarishga asos solishi kerak. Bundan kelib chiqadiki, mehnat bozorida raqobat xodimning mehnat qobiliyatini takomillashtiruvchi asosiy kuch sifatida mavjud boʻlishi lozim. Boshqa tomondan, «mehnatga qobiliyatlar» egasi doimiy qayta ishlab chiqarishga ehtiyojlarni boshidan kechira turib, buning ustiga har 7 doim yangi, eng yuqori sifat darajasida, shunday ish beruvchini qidiradiki, u bu qobiliyatlardan eng foydali sharoitlarda foydalana olsin. Shu munosabat bilan ishchi kuchiga talabni shakllantiruvchi tizimchada xuddi shunday oʻzgarishlar sodir boʻlishi, ya’ni xaridorlar – mulkdorlar oʻrtasida raqobat paydo boʻlishi kerak. Faqat shunday sharoitlarda bir tomondan, xodimning iqtisodiy faolligiga va boshqa tomondan, ishlab chiqarish vositalari egasining bozordagi iqtisodiy faolligiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga umid bog‘lash mumkin.[3]

Download 160.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling