Ishdan maqsad: Ma’lumotlar bazasining infologik va mantiqiy modelini, er diagrammalarini yaratishni o‘rganish. Topshiriqlar


Download 1.49 Mb.
bet56/57
Sana27.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1132339
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
2 5375303174699622638

Ilova kompilyatsiyasi


Ilovani ishga tushirish uchun Run Application (13.14-rasm) tugmasini bosing. Ilovaga autentifikatsiya xossasi o‘rnatilganligi sababli, tizimga login va parol bilan kirish talab etiadi. Login va parolni kiriting (13.15-rasm).

13.15-rasm. Avtorizatsiya oynasi
Forma uchun ro‘yxatni shakllantirish (Lists of Values – LOVs )
Ro‘yxatni shakllantirish ikki bosqichdan iborat bo‘ladi:

  1. Lists of Values komponentini yaratish.

  2. Komponentni formaga joylashtirish.

Ro‘yxatni yaratish uchun Edit Application tugmasini bosing.
Shared Components tugmasini bosing. User interface bo‘limidan Lists of Values tugmasini bosing. Aynan shu tugma yordamida ro‘yxatlarni shakllantirish uchun foydalaniladi.
Lists of Values (13.17-rasm) sahifasida Create tugmasini bosing.

13.16-rasm. Shared Components sahifasi

13.17-rasm. Lists of Values sahifasi
Source sahifada Create List of Values bo‘limidan Select From Scratch (13.18-rasm) variantini tanlang hamda Next tugmasini bosing. Name maydonida HOSTS qiymatini Туре maydonida esa, Dynamic variantini tanlang (13.19-rasm). Next tugmasini bosing.

13.18-rasm. Source sahifasi

13.19-rasm. Name va Туре uchun qiymatlar o‘rnatish
LOV ucnun ro‘yxatni dinamik holda bo‘lishini ta’minlash uchun, sahifadagi Query maydoniga SQL so‘rovni kiritish kerak. So‘rovni namumadagidek kiriting (13.20-rasm).

13.20-rasm. Create List of Values sahifasi

LOV ro‘yxatni formaga joylashtirish


Yaratilgan dinamik ro‘yxatni formaga joylashtirish uchun quyidagi amallarni bajaring:
Breadcrumbs bo‘limidan yaratilgan ilovani tanlang (masalan, Application 100). Ro‘yxat joylashtirilishi kerak bo‘lgan ilovaning tegishli sahifasini tanlang (Student1).
Sahifadagi ID_GR matnli maydoni o‘rniga yaratilgan ro‘yxatni o‘rnatish ucnun, Items bo‘limidan P2_ID_GR tugmasini bosing.
Page Item sahifasidan Display As bo‘limidan Select List variantini tanlang.
List Of Values bo‘limidan avval yaratilgan ro‘yxat nomini topib o‘rnating. Ilovada bajarilgan o‘zgarishlarni tasdiqlash uchun Apply Changes tugmasini bosing. Ilovani ishga tushirib, natijani tekshiring.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling