Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga “yumshoq” omillarning ta’siri eraliev Alisher Abduxalilovich


Download 43.7 Kb.
bet1/5
Sana02.04.2023
Hajmi43.7 Kb.
#1321209
  1   2   3   4   5
Bog'liq
А.Эралиев Наманганга макола



ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA “YUMSHOQ” OMILLARNING TA’SIRI


Eraliev Alisher Abduxalilovich
Andijon mashinasozlik instituti katta o‘qituvchisi


Annotatsiya. Ushbu maqola sanoat korxonalarining asosiy vazifalari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish asosida jamiyat uchun zarur bo'lgan yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta'minlash, uning faoliyatini, barcha ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini yaxshilash ekanligini ko'rsatadi. Buning uchun esa ulardan ishlab chiqarishga ta'sir etuvchi omillardan oqilona foydalanishni bilish talab etiladi.
Maqsadi. Ishlab chiqarish samaradorligiga turli omillar o‘z ta’sirni ko‘rsatadi. Ushbu omillarning ko‘plari juda uzoq vaqtlardan ma’lum bo‘lsada, tashkiliy madaniyatning korxona ishlab chiqarishga ta’siri keyingi yillardagina o‘rganila boshlandi. Tashkiliy (korporativ) madaniyatning korxona faoliyatining iqtisodiy samaradorligiga ta’sir darajasini baholash uchun ikkita muhim iqtisodiy kategoriya – samara va samaradorlik o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini ko‘rib chiqamiz.
Usullari. Tashkiliy madaniyatni qo‘llab – quvvatlash uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi: rahbarning xatti – haraakti, ma’lum qilish, rahbariyat bayonoti, mushkul holatlarda ishchilarning o‘zlarini tutishlariga rahbariyatning javob munosabati (reaksiyasi), personalni o‘qitib borish, rag‘batlantirish sistemasi va boshqalar.
Natijalari. Korporativ madaniyat ta’siri ostida kompaniyada yuz berayotgan sifat o‘zgarishlarining oqibatlari sifatida qarash mumkin, ularni baholash jarayonida kompaniya faoliyati samaradorligining oshishi qayd etiladi. Ammo rejalashtirilgan natijalarga erishilmaydi, ya’ni rivojlanish elementlari iqtisodiy o‘sish elementlari bilan to‘ldirilmaydi.
Korxonadagi bunday o‘zgarishlar, umuman, progressiv tendensiyalarga mos keladi, lekin uni qo‘yilgan vazifalarni to‘la – mukammal echish uchun etarli deyishning imkoni yo‘q. Kompaniyaning rivojlanishi va o‘sishi uchun, ham hajmini ham sifat ko‘rsatkichlarini birga kompleks bo‘lishi o‘ta muhim.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, tashkiliy madaniyatni o‘zgartirish uchun taklif qilinayotgan mexanizm murabbiylikka, kishilarni rag‘batlantirishga va o‘z pozitsiyasini takomillashtirishga, ijodini yuksaltirish, sifatliroq mahsulot ishlab chiqarish hamda yanada yuqoriroq foyda olishga undashiga asoslanadi.

Download 43.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling