Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga “yumshoq” omillarning ta’siri eraliev Alisher Abduxalilovich
Download 43.7 Kb.
|
А.Эралиев Наманганга макола
Usullari. Tashkiliy madaniyatni qo‘llab – quvvatlash uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi: rahbarning xatti – haraakti, ma’lum qilish, rahbariyat bayonoti, mushkul holatlarda ishchilarning o‘zlarini tutishlariga rahbariyatning javob munosabati (reaksiyasi), personalni o‘qitib borish, rag‘batlantirish sistemasi va boshqalar.
Samara ham samaradorlik ham iqtisodiy ob’ektlarning rivojlanishi va o‘sishini aks ettiradi, ya’ni hajmiy ko‘rsatkichlarda aks ettirilgan, uning miqdoriy progressiv o‘zgarishlariga layoqatliligi va ob’ektning strukturaviy dinamikasi bilan bog‘liq bo‘ladi. SHu bilan birga “samara” va “samaradorlik” kategoriyalari o‘rtasida muhim farq mavjud. Samara faoliyat natijasining aksi hisoblanadi, ya’ni iqtisodiy ob’ektning o‘sha holatga erishish uchun harakatidir. “Samara” va “natija”larni bir biriga o‘hshash tushunchalari sifatida qabul qilish mumkin va aniq boshqaruv tizimini bunyod etishda “mayoq” (orientir) sifatida foydalanadi. Bunday boshqaruv, xalqaro amaliyotda “natijalar bo‘yicha boshqarish” deb nom olgan, miqdoriy o‘sishga yo‘naltirilgan natijaviy ko‘rsatkich bo‘lsada, sifat tavsifini o‘zgarishini ko‘zda tutadi. Samaradorlik, natija (samara) va xarajatlar nisbati bilan aniqlanadi ushbu natijalarni shart qilib qo‘yadi. Samaradorlik, nafaqat uning iqtisodiy o‘sishini o‘zida aks ettiruvchi, balki progressiv strukturaviy – sifat o‘zgarishlarini rag‘batlantiruvchi xususiyatiga ega bo‘lgan faoliyat natijalarini solishtirma baholashdir. SHunday qilib, samara - masalalar echishni optimallashtirish jarayonidagi o‘zaro solishtirma komponentlarning biri hisoblanadi. Har qanday “faoliyatning samaradorligini natijalarni xarajatlarga nisbati”[5] yordamida bayon etish qabul qilingan. Bunday munosabatlarning maqsadi – maksimallashtirishga intilishdir. Bunda, bir birlik xarajatga to‘g‘ri keladigan, natijalarni maksimallashtirish vazifasi qo‘yiladi. Qachonki, xarajat ko‘rsatkichlari natija ko‘rsatkichlariga ta’luqli bo‘lganida, teskari nisbat ham bo‘lishi mumkin. Bunday holatda solishtirma ko‘rsatkich minimallashtiriladi. Download 43.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling