Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga “yumshoq” omillarning ta’siri eraliev Alisher Abduxalilovich
Download 43.7 Kb.
|
А.Эралиев Наманганга макола
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhokamalar.
Natijalari. Rasmiy jixatdan, hisoblashning u yoki bu usullaridan foydadanish o‘rtasida unchalik qarama - qarshilik yo‘q. Ammo, mazmun nuqtai nazaridan, ular o‘rtasida ancha farqlarni sezish mumkin. Ushbu farqlar faoliyatni modellashtirish jarayonida namoyon bo‘ladi, ya’ni bo‘lajak hodisalar, voqealar va jarayonlarni oldindan ko‘ra bilish. Korporativ madaniyat modeli, har qanday muammoli – yo‘naltirilgan model kabi, doimo ma’lum kutilgan natijalar tomon qaratilgan va unga erishishga intilishdan kelib chiqib quriladi. Uning piravord maqsadi – ma’lum natijalarga erishish. Agar natijalarga erishish xarajatlariga nisbatan qo‘llanadigan bo‘lsa, qachonki, natijaning o‘sishi yuz bermaganda, lekin unga etishishga qilingan xarajatlar o‘sha darajada qisqartilgan holat bilan to‘qnashish mumkin. Bu shariotni, korporativ madaniyat ta’siri ostida kompaniyada yuz berayotgan sifat o‘zgarishlarining oqibatlari sifatida qarash mumkin, ularni baholash jarayonida kompaniya faoliyati samaradorligining oshishi qayd etiladi. Ammo rejalashtirilgan natijalarga erishilmaydi, ya’ni rivojlanish elementlari iqtisodiy o‘sish elementlari bilan to‘ldirilmaydi.
Korxonadagi bunday o‘zgarishlar, umuman, progressiv tendensiyalarga mos keladi, lekin uni qo‘yilgan vazifalarni to‘la – mukammal echish uchun etarli deyishning imkoni yo‘q. Kompaniyaning rivojlanishi va o‘sishi uchun, ham hajmini ham sifat ko‘rsatkichlarini birga kompleks bo‘lishi o‘ta muhim. Muhokamalar. Keyingi yillarda korxonalarda ishlab chiqarishning “qattiq” omillariga balki “yumshoq” omillar yordamida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni maqsad qilib qo‘ymoqdalar. CHunki, korxonalar ochiq “sotsiotexnik” sistemadir. Hozirgi vaqtda “yumshoq” omillar sarasiga kiruvchi korporativ madaniyat va kompaniya samaradorligi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganishga qiziqish ortib bormoqda. Bunday tadqiqotlarning maqsadi tashkiliy madaniyatning kompaniya samaradorligiga ta’sirini o‘rganish hisoblanadi. Tahlillarning ko‘p tomonligi sotsialogik tadqiqotlarning miqdoriy va sifat usullaridan foydalanishi bilan asoslanadi. Tashkiliy madaniyatni takomillashtirish maqsadida korxonada madaniyatni boshqarish strategiyasi taklif qilinadi. U quyidagilarni ko‘zda tutadi: Madaniyatning hozirgi holatini baholash uchun madaniyat tahliliga, madaniyat auditini ham qo‘shish; Mo‘ljaldagi (orzudagi) madaniyat va o‘zgartirish talab qilinayotgan uning elementlarini oraliq baholarini solishtirish; Maxsus taklif va chora-tadbirlarni ishlab chiqish. Tashkiliy madaniyatni boshqarishining samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi tavsiyalar qilinadi: Tashkiliy muhitning tashqaridan unchalik idrok etilmaydigan– nomoddiy aspektlariga alohida e’tibor qaratish kerak. Insonlarda chuqur ildiz otib ketgan taxmin – farazlar va qadriyatlar yo‘nalishlari, boshqarish sistemasi va strukturasida uzoq va murakkab o‘zgarishlarni talab qiladi; Madaniyatni tezlik bilan transplantatsiya yoki transformatsiya qilishga da’vatlarga ishonmaslik ko‘zi bilan qarash kerak; Tashkiliy belgilarni (simvollar) muhim ahamiyatini tushinish; Korxonada og‘izma – og‘iz yurgan tarix-hikoyalarga quloq solish kerak, ushbu hikoyalarning qahramonlari kimlar va ushbu hikoyalar tashkiliy madaniyatda nimalarni aks ettirmoqda; Vaqti – vaqti bilan tashkiliy ananalarni kiritib borish va ularni yordamida asosiy ideallar va madaniyatni kuchaytirish va x.k. Rejalashtirilgan tashkiliy o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagilar taklif qilinadi: SHiddatli va maqsadga intiluvchan xususiyatga ega, qaror qabul qilishga etarli vakolatlarga ega bo‘lgan markaziy rahbariyatni yaratish; Maqsadlarni belgilash va aniq ifodalash, eski va yangilari o‘rtasidagi farqlarni ajratib ko‘rsatish hamda o‘zgarishlarni bayon etish; Loyiha ustida ishlashga ajratilgan xodimlarni o‘z vaqtida o‘qishini tashkil qilish (o‘qishni loyiha boshlangunga qadar amalga oshirish maqsadga muvofiqdir). Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, tashkiliy madaniyatni o‘zgartirish uchun taklif qilinayotgan mexanizm murabbiylikka, kishilarni rag‘batlantirishga va o‘z pozitsiyasini takomillashtirishga, ijodini yuksaltirish, sifatliroq mahsulot ishlab chiqarish hamda yanada yuqoriroq foyda olishga undashiga asoslanadi. Download 43.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling