Ishlab chiqarish sexlarini qurilish konstruksiyalari. Meva va sabzavotlarni saqlash va qayta ishlashning xalq xo‘jaligidagi o‘rni va ahamiyati
Download 236.33 Kb.
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Ishlab chiqarish sexlarini qurilish konstruksiyalari. Meva va sabzavotlarni saqlash va qayta ishlashning xalq xo‘jaligidagi o‘rni va ahamiyati. 1. Qurilish uchun joy tanlash. 2. Qurilish uchun joy tanlash va yer-tuproq tavsifi. 3. Xom-ashyo mintaqasi hamda qurilish materiallari. 4. Korxonalarning klassifikatsiyasi. 5. Korxonalarning ishlab chiqarish quvvati. 6. Korxonaning ishlab chiqarish quvvatini asoslash. 7. Bosh rejani tuzishda asosiy qoidalar hamda sanitar himoya mintaqasi. Adabiyotlar: 2, 10, 12. Tayanch so‘z va iboralar: sanitar himoya mintaqasi, bosh reja, yer-tuproq, obyektlar, materiallar. Qurilish uchun joy tanlash. Qurilish uchun joy tanlash xom ashyo va mahsulotga bo’lgan talabga bog’liq holda bajariladi. Agar loyihalanayotgan korxonada tez buziladigan yoki bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish uchun noqulay xom ashyo ishlatilsa, bu holda korxona xom ashyo yetishtiriladigan xo’jalikka yaqin o’rnatilishi kerak. Bunday korxonalarga masalan moy ekstraksiya korxonasini (MEZ) misol qilish mumkin. MEZda qayta ishlanadigan urug’lar chiqayotgan moydan ancha ko’p bo’lgani uchun, korxonani urug’lar bevosita yetishtirilayotgan joyga joylashtirish qulay hisoblanadi. Aks holda urug’larni korxonaga yetkazishga ko’p mablag’ sarflanadi. Qurilish uchun joy tanlayotganda ko’pincha birinchi asosiy tuman aniqlab olinadi. Misol uchun: O’zbekiston bo’yicha ko’p yillar mobaynida paxta eng ko’p etishtirilayotgan hududlar Qarshi cho’li va Mirzacho’l bo’lganligi uchun Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari yangi MEZlarni qurish uchun eng qulay hudud (asosiy tuman) hisoblanadi. Paxta chigiti moy ishlab chiqaruvchi korxonalarga paxta tozalash korxonalaridan keltiriladi, shuning uchun MEZlarni paxta tozalash korxonalariga yaqin qurish ham maqsadga muvofiqdir. Ammo ko’pincha MEZlarning quvvati paxta tozalash korxonalari quvvati dan ko’p bo’ladi. Bu holda 2-3 tadan ko’p paxta tozalash korxonalari MEZ ga biriktiriladi. MEZni esa shu korxonalarning eng katta quvvatlisi yaqiniga quriladi. Bundan tashqari korxona yonidan temir yo’li o’tishiga ham e’tibor beriladi, chunki faqat urug’larni etkazishni emas, balki tayyor mahsulotni tashish jarayoniari ham hisoblanishi kerak. Masalan, margarin korxonasini mahsulotga bo’lgan talabga qarab quriladi, chunki margarin tez buziladi va sovuq omborxonalarda saqlanadi, ushbu mahsulot aholiga sovutish moslamalari bor transport vositalaridagina tashiladi. Qurilish uchun joy tanlash va yer-tuproq tavsifi. Qurilish uchun joy tanlash xom ashyo va mahsulotga bo’lgan talabga bog’liq holda bajariladi. Agar loyihalanayotgan korxonada tez buziladigan yoki bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish uchun noqulay xom ashyo ishlatilsa, bu holda korxona xom ashyo yetishtiriladigan xo’jalikka yaqin o’rnatilishi kerak. Bunday korxonalarga masalan moy ekstraksiya korxonasini (MEZ) misol qilish mumkin. MEZda qayta ishlanadigan urug’lar chiqayotgan moydan ancha ko’p bo’lgani uchun, korxonani urug’lar bevosita yetishtirilayotgan joyga joylashtirish qulay hisoblanadi. Aks holda urug’larni korxonaga yetkazishga ko’p mablag’ sarflanadi. Qurilish uchun joy tanlayotganda ko’pincha birinchi asosiy tuman aniqlab olinadi. Misol uchun: O’zbekiston bo’yicha ko’p yillar mobaynida paxta eng ko’p etishtirilayotgan hududlar Qarshi cho’li va Mirzacho’l bo’lganligi uchun Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari yangi MEZlarni qurish uchun eng qulay hudud (asosiy tuman) hisoblanadi. Paxta chigiti moy ishlab chiqaruvchi korxonalarga paxta tozalash korxonalaridan keltiriladi, shuning uchun MEZlarni paxta tozalash korxonalariga yaqin qurish ham maqsadga muvofiqdir. Ammo ko’pincha MEZlarning quvvati paxta tozalash korxonalari quvvati dan ko’p bo’ladi. Bu holda 2-3 tadan ko’p paxta tozalash korxonalari MEZ ga biriktiriladi. MEZni esa shu korxonalarning eng katta quvvatlisi yaqiniga quriladi. Bundan tashqari korxona yonidan temir yo’li o’tishiga ham e’tibor beriladi, chunki faqat urug’larni etkazishni emas, balki tayyor mahsulotni tashish jarayoniari ham hisoblanishi kerak. Masalan, margarin korxonasini mahsulotga bo’lgan talabga qarab quriladi, chunki margarin tez buziladi va sovuq omborxonalarda saqlanadi, ushbu mahsulot aholiga sovutish moslamalari bor transport vositalaridagina tashiladi. Download 236.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling