Yong‘inga xavflilik darajasi, asosiy oqimlar, boshqa talablar. Ishlab chiqarishning yong‘inga xavflilik darajasi 6 toifaga bo‘linadi – A, B, V, G, D, E. Konserva korxonalarining ishlab chiqarish sexlari kam xavflilik D toifasiga kiradi, ya’ni binolarning qavatlari chegaralanmaydi. Lekin texnologik sxemalarning gorizontal bo‘lishini e’tiborga olib, ular ko‘pincha bir qavatli quriladi.
Baliq konservalari korxonalarida utilizatsiya sexlarida yog‘larni ekstraksiya qilish uchun benzin ishlatiladi. Benzin bug‘larining chaqnash harorati 28 0S dan past bo‘lganligi sababli, ular eng xafli A toifaga kiradi va bir qavatli binoda joylashadi.
Yashik va bochkalarni sozlash sexlari va omborlari V toifaga kiradi, ular ko‘p qavatli bo‘lishi mumkin.
Bosh reja obyektlarini joylashtirishda korxona quvur-o‘tkazgichlarining uzunligi minimal bo‘lishiga intilish kerak. Bunda asosiy odamlar va yuklar oqimlari (yo‘llari) to‘qnashmasligi kerak.
Ish joyidan tashqariga chiqish joyigacha yoki zinagacha bo‘lgan eng uzoq oraliq misofa quyidagi jadvalda meyorlangan:
Evakuatsion chiqish joyining soni ikkitadan kam bo‘masligi lozim. Cherdakli ko‘p qavatli binolardagi barcha zinali yo‘lanlar cherdakkacha yetishi kerak va cherdakka chiqish yo‘li bo‘lishi lozim. Cherdaksiz binolarda – tomga chiqiladi.
Balandligi 10 mm dan yuqori bo‘lgan binolarning barchasida tashqi yong‘inga qarshi zinalari o‘rnatiladi. Yong‘inni o‘chirish uchun loyihada halqasimon suv uzatish tizimli, suv nasos qurilmasi, bug‘ bilan o’chirish quritmasi loyihalanishi lozim.
Asosiy oqimlar-Yuk va odam oqimlarining sxemalari quyidagicha bo‘ladi:
A) darvozaavtomobil tarozisixom ashyo maydonchasiishlab chiqarish sexifabrikat omboritemir yo‘l tarmog‘i;
B) temir yo‘l tarmog‘iidishlar omboriishlab chiqarish sexlarining yuvish bo‘limi;
V) temir yo‘l tarmog‘imaterial omboriishlab chiqarish sexlari;
G) temir yo‘l tarmog‘iyoqilg‘i omboribug‘xona;
D) nazorat o‘tkazish punktisanitariya punktiishlab chiqarish sexlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |