Ishlab chiqarish sexlarini qurilish konstruksiyalari. Meva va sabzavotlarni saqlash va qayta ishlashning xalq xo‘jaligidagi o‘rni va ahamiyati


Korxonaning ishlab chiqarish quvvati


Download 236.33 Kb.
bet4/11
Sana04.02.2023
Hajmi236.33 Kb.
#1156988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-ma\'ruza

Korxonaning ishlab chiqarish quvvati. Korxonalarning ishlab chiqarish quvvati vaqt birligida uning sexlarida ishlab chiqarilgan mahsulotning maksimal miqdori bilan belgilanadi.
Aloxida olingan mahsulotlar uchun ishlab chiqarish quvvati ularga moslashtirilgan mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatizatsiyalashtirilgan liniyalar (sabzavotli ikra, mevali sharbatlar, pomidor qiyla, ishlab chiqarish liniyalar) ning texnik quvvati asosida hisoblanadi. Liniyalarning quvvati asosiy uskunalarning quvvatiga ko’ra aniqlanadi. Asosiy uskunalar qatoriga bug’latgich apparatlar, qovurish qozonlar, sharbat siqish uchun presslar, yopish apparatlari, sterilizatorlar kiradi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvatini asoslash. Iqtisodiy asoslashning uchinchi, eng kerakli qismi bu - korxonaning ishlab chiqarish quvvatini belgilashdir. Bu masala xomashyo va talablariga qarab yechiladi. Qayta ishlash korxonalarining quvvati xom ashyo ba’zasi bo’yicha aniqlanadi, yani korxona loyihasini xom ashyolarning hajmiga qarab belgilanadi.
Korxona quvvati istiqbolli va mavjud rejaga asoslanib aniqlanadi. Masalan, moy korxonalarining jami quvvati (viloyatlar bo’yicha) hisoblanadi, yani urug’lar bo’yicha mavjud moy korxonalarining o’tkazish qobiliyati aniqlanadi. Keyin esa kelajakda paxta tozalash korxonalari moy korxonalariga qancha urug’ bera olishi aniqlanadi. Margarin korxonalarining quvvatini mahsulotga bo’lgan talabga qarab aniqlanadi. Agar margarini ishlab chiqarish korxonalari aholi ko’p yashaydigan katta joylarga qurilsa, loyihalanayotgan margarin korxonasining yillik quvvati aholi jon boshiga qarab hisoblanadi. Bu ko’rsatkich yildan-yilga yog’larni ishlatishi va aholini o’sishiga bog’liq ravishda ortib boradi. Bundan tashqari qandolatchilik va boshqa oziq-ovqat korxonalari (non korxonalari) talabiga xam qarab margarin korxonalar quvvati belgilanadi.
Ikkinchi darajali omillar. Asosiy omillardan tashqari ikkinchi darajali omillar ham mavjud bo’lib, ular xam iqtisodiy asoslash uchun muhim hisoblanadi. Bu omillarga suv taminoti, issiqlik taminoti, energiya taminoti, oqova tizimlari kiradi. Mazkur manbalar mavjud bo’lmagan hollarda ham tumanga qayta ishlash korxonasi qurilishi mumkin. Bunday holatda korxonaning o’z quvvat (issiqlik va energiya) stantsiyasi quriladii.
Bosh rejani tuzishda asosiy qoidalar hamda sanitar himoya mintaqasi. Ishlab chiqarish korxonalari aholi turar joylaridan sanitar himoya mintaqasi bilan ajralib turishi kerak. Konserva va sharobchilik korxonalari uchun bu mintaqa 50 m, dudlash, quritish korxonalar uchun 1000 m ni tashkil etadi.
Ishlab chiqarish korxonalari aholi joylarining shamolga teskari tomoniga quriladi. Yashash joylari va ishlab chiqarish korxonalari orasida ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan zararli moddalar (chang, hid, shovqin, tutun, gaz va boshqalar) dan asrash uchun sanitariya – himoya zonasi qoldiriladi. Sanoat korxonalari ishlab – chiqarish turiga ko‘ra V sinfga bo‘linadi:
I-cinf - sanitariya-himoya zonasi kengligi 1000 m
II ----------------------------------------------- 500 m
III ---------------------------------------------- 300 m
IV ---------------------------------------------- 200 m
V ----------------------------------------------- 100 m
Sanitar himoya mintaqasida ko‘kalamzorlar tashkil etiladi. Uning maydonida omborlar, garaj, magazinlar, oshxona, poliklinikalarni joylashtirish mumkin.
Bosh rejani tuzilishida uning obyektlarini iloji boricha umumiy binolarda joylash kerak. Alohida korpuslar soni minimal bo‘lishi kerak. Alohida binolarning soni qancha kam bo‘lsa, qurilishning umumiy narxi shuncha past bo‘ladi. Bundan tashqari bosh reja obyektlari zich joylashganda kommunikatsiyalarning (quvur-o‘tkazgich) uzunligi kamayadi.
Ishchilarning soni 100 kishidan kam bo‘lganda (eng katta smena) maishiy xonalarni ishlab chiqarish binosida joylashtirish mumkin. Xom ashyo, tayyor mahsulot va chiqindilar harakatlanish yo‘llarining to‘qnashishiga ruxsat etilmaydi.
Binolar zich joylashtirilsa ham, transport va odamlarni o‘tishi uchun yo‘llar tashkil etilishi kerak. Meva-sabzavot konservalari ishlab chiqarish korxonalarida qurilish zichligi 45% dan, go‘shtni qayta ishlash korxonalarida 42% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Binolar to‘g‘ri burchak shaklida bo‘lishi kerak. Bu holatda tayyor qurilish konstruksiyalaridan foydalanish mumkin.
Binolar qavatliligi texnologik jarayonlarning talablariga va yong‘inga xavflilik darajasiga ko‘ra tanlanadi.

Download 236.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling