Ishlab chiqarish sexlarini qurilish konstruksiyalari. Meva va sabzavotlarni saqlash va qayta ishlashning xalq xo‘jaligidagi o‘rni va ahamiyati


Tunuka bankalarni tayyorlash va yog‘och idishlarni tayyorlash sexi


Download 236.33 Kb.
bet8/11
Sana04.02.2023
Hajmi236.33 Kb.
#1156988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-ma\'ruza

Tunuka bankalarni tayyorlash va yog‘och idishlarni tayyorlash sexi. Metall bankalar bir necha konserva korxonalarini ta’minlay olishga qodir bo‘lgan maxsus korxonalarda tayyorlanadi. Bu korxonalar konserva korxonasining yaqinida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Tunuka bankalar sexi qurilganda uning yonida tunuka va idishlar ombori joylashtiriladi.
Metall idishlar ombori 10 kunlik ehtiyojga mo‘ljallanadi. Zarur hollarda ularda tayyor mahsulotlarni ham saqlash mumkin.
Tunuka ko‘pincha temir yo‘l orqali olib kelinadi. Shuning uchun tunuka ombori temir yo‘l tarmog‘i yaqiniga loyihalanadi. Tunuka ombori birinchi qavatda, tayyor idishlar ombori esa ikkinchi qavatda joylashtiriladi.
Tayyor idishlar ombori ishlab chiqarish sexlaridan uzoq bo‘lmasligi kerak.
Yog‘och idishlarni tayyorlash sexi. Yog‘och idishlarni tayyor holda olib kelish noqulay. Shu sababli ular korxonaning o‘zida tayyorlangani maqsadga muvofiqdir.
Korxonalarda mayda tunuka va shisha bankalarning 20% qismi yashiklarga, qolgan 80% qismi karton korobkalarga joylanadi. Katta hajmli shisha va tunuka bankalarning (hajmi 1 l dan ortiq) hammasi, xom ashyoning esa 20% qismi yashiklarga joylanadi. Sexning o‘lchamlari shunga ko‘ra hisoblanadi.


Korxona laboratoriyasi, maishiy xonalar, korxona ma’muriyati. Korxona laboratoriyasida xom ashyo, tayyor mahsulot, suv, yoqilg‘i va boshqa materiallarning kimyoviy va mikrobiologik tahlillari o‘tkaziladi, shuningdek ishlab chiqarish jarayoni nazorat qilinadi. Korxonalarda ish hajmi va maydoniga ko‘ra bir necha laboratoriya guruhlari farq qilinadi: I-guruhga mansub korxona laboratoriyasi 100 m2 maydonni egallaydi, shtati 7 kishi; II-guruh laboratoriyaning maydoni 119-193 m2, shtati 10 kishi, III-guruhga mansub laboratoriyaning maydoni 185-236 m2, shtati 15 kishidan iborat bo‘ladi.
Konserva korxonasining laboratoriyasida quyidagi xonalar ko‘zda tutiladi:

  • kimyoviy bo‘lim;

  • texnologiya bo‘limi;

  • mikrobiologiya bo‘limi;

  • preparatlar xonasi;

  • yuvish xonasi;

  • laboratoriya omborxonasi

  • torozi xonasi;

  • laboratoriya boshlig‘i xonasi;

  • zaxarli moddalar laboratoriyasi.

Korxona laboratoriyasi sexlar va tayyor mahsulot omborlaridan uzoq bo‘lmasligi kerak, ularning kirish joyi alohida loyihalanadi.

Download 236.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling