«ishlab chiqarish texnologiyalari» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi


Xlorid kislotada erimaydigan kulning


Download 0.88 Mb.
bet42/63
Sana20.01.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1104737
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63
Bog'liq
15-lab

20.2.2.Xlorid kislotada erimaydigan kulning
massa ulushini aniqlash
Asbob, reaktiy va materiallar: mufel pechi, quritish shkafi; 2-sinf laboratoriya tarozisi, elektrisitgich, maydalagich, chinni tigellar; 250sm3 hajmli shisha stakan; sig'imi 50sm3 li o'lchov silindri; filtrlash uchun shisha voronka; eksikator, yuvgich; 10%li xlorid kislota eritmasi; 0,1N kumush nitrat eritmasi: kulsiz filtr
Ishning bajarilishi. Toblangan kul qoldig'i bilan tigel toblangan (chala kul miqdori aniqlangandan so'ng) hajmi 250 sm3 bo'lgan shisha stakanga solinadi va 25ml 10%li xlorid kislota quyiladi. Stakandagi suyuqlik qaynatiladi va 5 daqiqa tinch qo'yiladi. Tigelni pinset yordamida olib, stakan ustida, distillangan suv bilan yuvgich yordamida chayiladi.
Stakandagi suyuqlikni asta-sekin shisha tayoqcha orqali oqizib turib, diametri 7-8sm bo'lgan kulsiz filtrda filtrlanadi. Erimay qolgan kul yo'qotishlarsiz filtrga o'tishi uchun stakan va tayoqcha distillangan suv bilan bir necha marta yuviladi. Filtr, yuvilgandan tushgan suv kumush nitratning 0,1N eritmasida loyqa bermaydigan bo'lguncha issiq suv bilan yuviladi. Filtr chetlari pinset yordamida ichkariga bukiladi, toblangan, tortilgan tigelga solinadi va quritish shkafida quritiladi, to'liq kulga aylanguncha kuydiriladi, eksikatorda sovutiladi va tarozida tortiladi. Hamma tortishlar 0.0001gr aniqlikda olib boriladi.
Kunjaradagi xlorid kislotada erimaydigan kulning massa ulushi X (%da) (10) formuladan aniqlanadi.
Kul miqdorini quruq moddaga nisbatan qayta hisoblash uchun (11) formuladan foydalaniladi.


20.2.3.Sof kulning massa ulushini aniqlash
Sof kulning massa ulushi chala kul miqdori bilan 10%li xlorid kislotada erimaydigan kul miqdori orasidagi farq bo'yicha topiladi.


20.3.Xom proteinning massa ulushini aniqlash
Umumiy tushunchalar.O'simlik materiallari tarkibidagi oqsil miqdorini aniqlash uning tarkibidagi azotni aniqlashga asoslangan.
Azotni aniqlashning asosiy usuli, Kyeldal usulidir.Bu usul, tarkibida azot bo'lgan organik birikmalarning sulfat kislota bilan oksidlanish reaksiyasiga asoslangan. Bu reaksiya natijasida ammiak, karbonat angidrid, sulfat angidrid va suv hosil bo'ladi. Bu jarayonni quyidagi reaksiya orqali ifodalash mumkin.
NH2 CH2 COOH+3H2SO4 = NH3+2CO2+3SO2+4H2O
Karbonat angidrid, sulfat angidrid va suv uchib ketadi, ammiak esa sulfat kislota bilan quyidagi reaksiya bo'yicha bog'lanadi.
2NH3 + H2SO4 = (NH 4)2SO4
To'yingan ishqor eritmasi ta'sirida ammoniy sulfat tarkibidan ammiak ajralib, titrlashda sulfat kislota eritmasi bilan bog'lanadi. Bog'langan kislota miqdoriga qarab, ammiakning massa ulushi aniqlanadi. Moddani kuydirishni tezlashtirish uchun har xil katalizatorlar qo'llaniladi, masalan kaliy sulfat ishtirokida simob metali uning oksidi (1 qism HgO, 2 qism K2O4,) va kuydirish haroratini ko'tarish uchun kaliy sulfat ishtirokidagi mis sulfat ishlatiladi.
Xom proteinning massa ulushini aniqlash uchun umumiy azot miqdorini 6,25 koeffitsientga ko'paytiriladi. Koeffitsient 6.25 shartli kattalik bo'lib, u oqsil moddalar tarkibida o'rtacha azot miqdori 16%ni tashkil etadi degan taxminga asoslangan. O'simlik oqsillarida azotning haqiqiy miqdori 9.5%dan 19,5%gacha bo'ladi.
Kunjaradagi xom protein va eriydigan proteinning massa ulushi aniqlanadi.
Xom protein miqdori deyilganda, Kyeldal usuli bo'yicha aniqlanadigan, so'ngra oqsil miqdoriga qayta hisoblangan umumiy azot miqdori tushuniladi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling