Ishlab chiqarish texnologiyalari


Xomashyolarni boyitish, boyitish usullari


Download 1.08 Mb.
bet10/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Bog'liq
11.опорный конспект

4.2. Xomashyolarni boyitish, boyitish usullari
Sanoat xomashyosi turli belgilariga ko‘ra tasniflanadi: kelib chiqishiga ko‘ra – tabiiy (minerallar, o‘simliklar va hayvonlar) va sun’iy (koks, sanoat gazlari, ximiyaviy tolalar va h.k.); agregat holatiga ko‘ra - qattiq (minerallar, rudalar, ko‘mir, yog‘och); suyuq (suv, neft, tuz eritmalari) hamda gazsimon (havo va gazlar); ximiyaviy tarkibiga ko‘ra – organik va anorganik; ishlatilishiga ko‘ra oziqabop va texnik turlarga bo‘linadi.
Mineral xomashyolar. Yer ostidan qazib olinadigan mineral birikmalar mineral xomashyolar deyiladi. Ular rudali, rudasiz, yonuvchi mineral xomashyolarga bo‘linadi. Rudali mineral xomashyolar foydali jismlar bulib, metallar olish uchun asosiy manbadir. Ko‘pincha rudali xomashyo tarkibida bir qancha metall: qo‘rg‘oshin, rux, mis sulfidlari, kumush, oltin va boshqa metallar aralashmasi bo‘lishi mumkin. Bunday rudalar polimetall yoki kompleks rudalar deyiladi. Polimetall rudada qaysi metall ko‘proq bo‘lsa, ruda shu metall nomi bilan ataladi. Rudalar, asosan, metallurgiya sanoatining xomashyosi hisoblanib, ulardan turli metallar olinadi.
Rudasiz mineral xomashyolar ham tog‘ jinslari bo‘lib, ular metall olish uchun ishlatilmaydi. Bunday mineral xomashyolar hech qanday ximiyaviy qayta ishlanmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sanoatda xomashyo sifatida ishlatiladi. Rudasiz minerallar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. qurilish materialari – shag‘al, qum, loy, toshlar va h.k.;

  2. industriya xomashyolari – granit asbest;

  3. ximiyaviy mineral xomashyolar – oltingugurt, selitra, fosforitlar va h.k.;

  4. qimmatbaho va rudasiz minerallar – tabiiy holda yoki mexanik qayta ishlovdan so‘ng bezak uchun ishlatiladi. Ularga olmos, zumrad, malaxit va shunga o‘xshashlar kiradi.

Yonuvchi mineral xomashyolar yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan foydali qazilma boyliklardir. Bularga tosh va qo‘ng‘ir ko‘mir, torf, yonuvchi slanetslar, neft hamda tabiiy yonuvchi gazlar kiradi. Ular yoqilg‘igina bo‘lmay, balki ximiya sanoatida qimmatbaho xomashyo hamdir.
O‘simlik va hayvonot xomashyolari. O‘simlik va hayvonot xomashyolariga yog‘och, zig‘ir, kanop, yog‘lar, o‘simlik moylari, hayvonot terilari va boshqalar kiradi. Ular ozuqabop xomashyolarga va texnik xomashyolarga bo‘linadi. Ozuqobop xomashyolarga ozuqa sifatida ishlatiladigan birikmalar – o‘rmonchilik, baliqchilik va qishloq xo‘jalik mahsulotlari kiradi. Texnik xomashyolar – paxta, yog‘och, zig‘ir, kanop, hayvonlar terisi va juni, o‘simlik va hayvon yog‘lari, suyaklari va h.k. kiradi. Hozirgi vaqtda iloji boricha, ozuqabop xomashyolarni texnik maqsadlar uchun ishlatmaslikka harakat qilish kerak. Bu masalani ximiya sanoatini rivojlantirish bilan hal qilish mumkin.
Boyitish deb xomashyo tarkibidagi foydali birikmalar konsentratsiyasini (miqdorini) sun’iy oshirishga aytiladi. Gaz, suyuq va qattiq holatdagi xomashyolar boyitiladi. Gaz holatidagi xomashyolar, asosan, filtrlash va tozalash yo‘li bilan boyitiladi, suyuq holatdagi xomashyolar esa tindirish hamda bug‘lash orqali boyitiladi. Boyitish jarayonida mexanik, ximiyaviy va fizik-ximiyaviy usullardan foydalaniladi.
Mexanik usul foydali va bekorchi birikmalarning turli xil fizik xossalarga (zichligi, bo‘lakchalarining shakli, mustahkamligi, elektor o‘tkazuvchanligi, magnit maydoniga bo‘lgan munosabati, namlanuvchanlik darajasi va h.k.) asoslangan bo‘lib, bulardan eng ko‘p qo‘llaniladigan elash, gravitatsiya, quruq gravitatsiya, termik va elektromagnit usullaridir.
Elektromagnit usul bilan boyitish qattiq minerallarning magnit maydoniga nisbatan munosabatiga asoslangan. Maydalangan ruda magnit maydoni hosil qilingan separator orqali o‘tkazilib, ikkiga ajratiladi, ya’ni magnitga tortiladigan metallarga va magnitga tortilmaydigan nometalllarga. Bu separatorda magnit maydoni elektr toki yordamida hosil qilinadi. Elektromagnit usuli, asosan, metallurgiya sanoatida redalarni boyitishda keng qo‘llaniladi (2.6 - rasm).
Ximiyaviy boyitish usuli xomashyo tarkibidagi birikmalarning ximiyaviy reagentlar bilan reaksiyaga kirishishi natijasida hosil bo‘lgan ximiyaviy birikmani turli yo‘llar (cho‘ktirish, bug‘latish, suyultirish, eritish va hokazo) bilan ajratib olishdan iborat. Masalan, mis kolchedani (CuFeS2)ni mexanik yo‘l bilan CuS va FeSga ajratib bo‘lmaydi, chunki CuFeS2 ximiyaviy birikmadir. Bularni ajratishda yagona yo‘l ximiyaviy yo‘ldir, ya’ni mis kolchedan kuydirilib qaytarilsa, FeO bilan Cu2Sga ajraladi. Bu aralashma qum ishtirokida suyuqlantirilganda FeOFeSiO3 ga aylanib, shlak holida qoladi, Cu2S esa suyuqlanib oqib chiqadi. Demak,



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling