Ishlab chiqarish texnologiyalari


Sanoat materiallari ishlab chiqarish sanoatida ITT


Download 1.08 Mb.
bet7/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55
Bog'liq
11.опорный конспект

3.4. Sanoat materiallari ishlab chiqarish sanoatida ITT
Fan texnika taraqqiyoti ta’siri ostida odatdagi, an’anaviy predmetlarning ishlatilish darajasi yaxshilanishi bilan bir qatorda ishlatilayotgan barcha materiallarda tub sifat o‘zgarishlari sodir bo‘ldi. Ularning ishlatilishi chegaralari kengayadi va materiallarni ishlab chiqarishga joriy etish zaruriyati tug‘iladi. Bunday yangi materiallar energetika. Kimyo sanoati, mashinasozlik, priborsozlik, elektron sanoati talablari asosida yaratiladi.
Hozirda elektrotexnika, kimyo va mashinasozlik tarmoqlarining talablarini qondirish uchun oli borilgan ilmiy izlanishlar natijasida minglab polimerlar orasida plastmassali platina (ftoroplast ) kashf etildi. U o‘zining mustahkamligi jihatidan hatto nodir metallardan ham ustun turadi. Elektrotexnikada ftoroplastning ishlatilishi juda kichik tok (10-10 A gacha) miqdorini o‘lchash bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina masalalarni hal qilib berdi. Chunki ftoroplastlar nihoyatda kuchli dieletriklardir. Mashinasozlikda esa podshipnik vkladishlari va germetiklovchi sifatida ishlatilishi rangli metallar sarfini tezlashishga olib keldi.
Avtomashina shinalarida ip-gazlama tolalari o‘rniga kapron tolalarining ishlatilishi shinalarning yurish muddatini bir necha marta oshirib yubordi. Plastmassalardan mahsulotlar ishlab chiqarishda mehnat sarfi metallarga nisbatan 3-5 marta kam. Lavsan tolasini ishlab chiqarishda esa jun tolalariga nisbatan 10 marta kam. Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarishda yangi materiallardan foydalanish rivojlanish omilidir.


3.5. Mehnat vositalari, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va robotlashtirish sanotida ilmiy texnik-taraqqiyot
Ishlab chiqarish tarmog‘ining asbob-uskunalar parkini yangi mashinalashagan texnika darajasiga o‘tkazilmoqda. Mehnat vositalarini ishlab chiqarishdagi ITT: mashina va agregatlarning yakka quvvatini oshirish; alohida vositalardan butun texnologik jarayonlarni o‘zida jamlagan mashinalar tizimiga o‘tish; jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish; texnologik jarayonlarda avtomatlashtirilgan vosita va priborlardan, hisoblash texnikasidan, avtomatlashtirilgan va boshqaruv usullaridan foydalanish jarayonlari kiradi. ITTni jadalashtirishda ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish muhim vazifa hisoblanadi. Ular insonlarni jismoniy kuchlarini ishlatmasdan faqat ularni nazorati bilan ishlab chiaqrish jarayonlarida mashina, agregat, moslama va priborlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Avtomatlashtirishni bir nechta bosqichga ajratish mumkin: qisman, kompleks va to‘liq avtomatlashtirish.
Qisman avtomatlashtirishda alohida agregatlar qismlarining alohida parametrlarini avtomatlashtirishga erishiladi. Bularga dastur usulida boshqariladigan uskunalar, nazorat moslamalari bilan ta’minlanadigan alohida avtomatik liniyalar kiradi. Ishlab chiqarishda kompeks avtomatlashtirishdan boshqaruv usullarida ham foydalanish natijasida ishlab chiqarishga kiritilgan xom ashyolardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlarini oladi.
To‘liq avtomatlashtirish – loyihalashdan tortib tayyor mahsulotlarni chiqishina ta’minlaydi. Avtomatlashtirish avtomatlashtirilgan moslamalardan, o‘z-o‘zidan sozlanadigan avtomatlardan turli xilda avtomatlashtirilgan asbob-uskunalardan, raqamli dastur asosida ishlovchi uskunalardan va avtomatlashtirilgan liniyalardan foydalanishga imkon yaratadi. Masalan, bir necha 20-40 ta asbob bilan ta’minlangan golovkalar avtomatlashtirilgan uskunalarda 8-10 ta ishlovchini kamaytirishga va ishlab chiqarish unumdorligini 7 marotaba oshirishga imkon beradi.
Kompleks avtomatlashtirish – ishlab chiaqrishdagi hamma asosiy va yordamchi ishlarni avtomatlashtirilishini ta’minlaydi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling