Ishlab chiqarish texnologiyalari


Texnologiyada hisoblash texnikasidan va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimidan foydalanish


Download 1.08 Mb.
bet8/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
Bog'liq
11.опорный конспект

3.6. Texnologiyada hisoblash texnikasidan va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimidan foydalanish
Avtomatik monipulyatorlar va avtomatlashtirishning kelajagi elektron hisoblash texnikasi bilan bog‘liq.
Hozirgi zamon ishlab chiqarish texnologiyasi integral sxemalar, modulli konstruksiyalardan foydalanishni talab etadi. EHMdan foydalanish natijasida ko‘pgina masalalarni samarali yechimini topishga imkon yaratiladi. Ular turli xildagi murakkab hisob-kitoblarni juda tez sur’atlar bilan yechishga yordam beradi (5000000 operatsiyalarni 1 sekundda).
Shu bilan birga ular juda ko‘p axborotlarni o‘zida saqlash imkoniyatiga ega.
Elektron mashinalar universal bo‘lib, ular dastur asosida ishlaydi. Dasturlashtirilgan bo‘yruqlarni avtomatlashtirilgan asosda uskunalarga uzatadi, ishlab chiqarish operatsiyalarini boshqaradi va mahsulot sifatini nazorat qiladi. Ulardan loyihalash ishlarida va mehnatni boshqarish jarayonlarida foydalaniladi.
ITR ning bu yo‘nalishi insonni ishlab chiqarish jarayonidagi o‘rnini tubdan o‘zgartirishga va uning mantiqiy fikrlashini mashinalarga yuklanishini ta’minlaydi.
Hozirda EHM lar yordamida avtomatlashtirishdan po‘lat eritishda, oyna ishlab chiqarishda, neftni qayta ishlashda, detallar va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishda ko‘plab qo‘llanilmoqda.


3.7. Ilmiy texnik-taraqqiyotning ekologik muammolari.
Ilmiy texnika revolyusiya natijasida tabiiy qazilma boyliklardan foydalanish ancha ilgarilab ketdi. Shu bilan birgalikda ITR tabiatni ifloslantirish va buzish masalalaridan ham holi emas.u insonlarni industrial foliyatini tezlashtiradi, unga global tasnif berib juda ko‘p davlatlar intensiv ishlab chiqarish yo‘lini tanlagan. Ba’zi bir ma’lumotlarga qaraganda rivojlangan mamlakatlarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi har 15 yilda ikki marotaba ko‘payib bormoqda. Shu bilan bir qatorda insonni foliyati natijasida hosil bo‘layotgan chiqindilarning miqdori ham ko‘payib bormoqda.
Bu chiqindilar tabiiy muhitni ifloslab bormoqda. Moddalar va energiyaning tabiatdan olinishi va qaytimi jarayoni muvofiqlashgan bo‘lishi kerak. Aks holda tabiatdagi ekologik muvoznatning buzilishiga olib keladi. ITT natijasida yuzaga kelayotgan bu muhim, globallashayotgan muammolarni hal etishning yo‘llaridan biri – bu ekologik zarasiz ishlab chiqarishni tashkil etishdan iboratdir. Buning uchun iloji boricha tabiiy resurslardan kamroq fodalanish. amaliy jihatdan mumkin bo‘lmagan ishlab chiqarishlarda esa iqtiodiy jihatdan unumli va ekologik samara beradigan ishlab chiqarishlarni ko‘paytirish zarur.
Bundan shu xulosaga kelish mumkinki, hozirgi zamon ishlab chiqarishini va tabiatni birgalikda, ya’ni ekologik-iqtisodiy tizim sifatida qaralishi kerak.
Ishlab chiqarishning atrof muhitga salbiy ta’siri ishlab chiqarish hajmini oshirishda emas, balki texnologiyalarning takomillashtirilmaganligidadir. Bu masalani hal etilishining asosiy yo‘llaridan biri korxonalardan chiqayotgan zararli chiqindilarni tozalashning kam chiqitli va chiqitsiz texnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy etishdir. Shu yo‘llar bilan atrof-muhitga chiqariladigan zararli qo‘shimchalarning miqdorini kamaytirishga, xom ashyolardan kompleks fodalanishga va natijada ishlab chiqarish xarajatlarini anchaga kamaytirishga erishish mumkin.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling