Ishlab chiqarish texnologiyalari


\ Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 1.08 Mb.
bet9/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Bog'liq
11.опорный конспект

\


Nazorat va muhokama uchun savollar:

              1. Sanoatda fan-texnika taraqqiyotining asosiy vazifalariga nimalar kiradi?

              2. Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini ta’riflab bering.

              3. Fan-texnika taraqqiyotining iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘z ichiga qanday ko‘rsatkichlarni oladi?

              4. ITT va texnologiyaga tavsif bering.

              5. Iqtisodiyotni kimyolashda ITT o‘rni va ahamiyati nimada?

              6. Mehnat vositalari, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish hamda robotlashtirishning sanoatida ITTning ahamiyati va vazifasi nimada aks etadi?

4-Mavzu. Sanoatda ishlatiladian xom-ashyolar turlari va tarkibi
Reja:
4.1. Hozirgi zamon texnologiyasida sanoat xom-ashyolari, ularning roli va turlari
4.2. Xomashyolarni boyitish, boyitish usullari
4.3. Xalq xo‘jaligida xom ashyodan ratsional foydalanish
4.4. Texnologik jarayonlarda energiyaning roli va ahamiyati.
4.5. Energiya turlari, sanoatda energiyadan ratsional foydalanish


4.1. Hozirgi zamon texnologiyasida sanoat xomashyolari, roli va ularning turlari
Xomashyo har qanday texnologik jarayonning asosiy elementi hisoblanib, u ishlab chiqarish texnologiyasinigina belgilamasdan, balki uning iqtisodiy samaradorligini va ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot sifatini ham belgilaydi.
Xomashyo keng miqyosda iste’mol buyumlari hamda ishlab chiqarish mahsulotlari olish uchun ishlatiladigan tabiiy materiallar (birikmalardan) iborat bo‘lib, u qo‘ydagi talablarga javob berishi kerak.
a) miqdori jihatidan yetarli bo‘lishi;
b) qazib olish arzon va oson bo‘lishi;
v) texnologik jarayonlar oson borishi kerak.
Ma’lumki, sanoatda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan umumiy xarajatlarning 70-80%ini shu jarayonda ishlatiladigan xomashyo, yarimmahsulot, yordamchi materiallar tashkil etadi. Masalan, plastmassa va lok-bo‘yoq mahsulotlar ishlab chiqarish uchun 77-79%. Shisha sanoatining 80-88%, ximiyaviy tolalar ishlab chiqarishning 70-80% xarajatlarini xomashyo tashkil qilgan.
Bulardan tashqari, ko‘p birikma va materiallarni ishlab chiqarish uchun juda ko‘p miqdorda xomashyo sarflanadi. Masalan, ammiak (koks gazi asosida) ishlab chiqarishda 1,7t., kapron ishlab chiqarishda 7,4t., polietilen ishlab chiqarishda 3,0t., soda ishlab chiqarishda 2,7t. xomashyo sarflanadi.
Shuning uchun ham sanoatda xomashyo masalasi asosiy masalalardan biridir.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling