Ishlab chiqarish texnologiyalari
Ilmiy-texnika taraqqiyoti va texnologiya
Download 1.08 Mb.
|
11.опорный конспект
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3. Iqtisodiyotni kimyolashtirish – ITT ning asosiy yo‘nalishi
3.2. Ilmiy-texnika taraqqiyoti va texnologiya
Ilmiy-texnik taraqqiyot va ilmiy-texnik rivolyusiya texnologiyalarini ahamiyatinim oshirishga va ular asosida pritsipial yangi ilmiy-tadqiqotlarni ochilishiga sabab bo‘ldi. Ular ancha takomillashgan, unumdorligi yuqori bo‘lib, mehnat unumdorligini va mahsulot sifatini anchaga oshirishi mumkin. Bunday texnologiyalarga Elion texnologiyasi misol bo‘la oladi. Elion texnologiyasi fokuslangan turli energiya turlaridan foydalanishga asoslangan. Fizikaviy ta’siriga ko‘ra elion texnolgiyasini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: lazer, ultratovush, plazma, elektron nur, ionn nuri, elektr uchquni, yorug‘lik nurlari va boshqa nurlar yordamida ishlov berish usullariga bo‘linadi. Masalan, lazer nuri bilan ko‘pgmna texnolgik jarayonlarni amalga oshirish mumkin, undan tibbiyotda operatsiyalar qilishda, ko‘p kanallik aloqa liniyalarida hamda lazer nurlaridan pretizion asbob sifatida materiallarga ishlov berishda o‘ta qattiq materiallarda teshiklar ochishda foydalaniladi. Shu bilan bir qatorda ultratovush tebranishlaridan foylanish alohida ahamiyatga ega bo‘lib, undan mashinasozlikda, priborsozlikda, metallurgiyada kimyoviy, yengil, oziq-ovqat va formatsevtika sanoatida juda ko‘p ishlatiladi. Ultratovushdan turli texnologik jarayonlarda foylanish kengayib bormoqda. Texnolgiyalarni takomillashtirishning yana bir yangi yo‘nalishi bu kam operatsiyali, resurslarni tejaydigan jarayonlardan foydalanishdir. Hozirda texnolgik jarayonlarni bashorat qilish va optimizatsiyalashda tadqiqotlarni matematik rejalashtirish usulidan keng foydalaniladi. Bu usulda ta’sir etuvchi faktorlarni bog‘lashda optimizatsiya parametrli matematik modellarni olishga erishiladi. Bu usulda kam harajatli optimal yakuni natijalarga ega bo‘lgan usullarni topish imkoni tug‘iladi. ITR texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni tez sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlaydi. Elektron hisoblash mashinalaridan foydalanishda uni prinsipial yangi asosga olib chiqdi. Bu kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga o‘tishni ta’minlaydi. 3.3. Iqtisodiyotni kimyolashtirish – ITT ning asosiy yo‘nalishiIqtisodiy o‘sishda va texnika taraqqiyotining rivojlanishida kimyolashtirishning ahamiyati katta. Kimyolashtinrish mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, elektrlashtirish jarayonlari bilan bog‘langan bo‘lib, mahsulot orqali ularga teskari ta’sir ko‘rsatadi. Kimyolashtirish jamiyatni rivojlanishining asosiy yo‘nalishlaridan bo‘lib, u iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Kimyolashtirish orqali iqtisodiyotga yangi xom ashyolar, materiallar va kimyoviy ishlovlar kirib kelmoqda. Kimyoviy usullar turli ishlab chiqarish tarmoqlariga kirnib bormoqda. Bu usullardan metallurgiyada (kislorodli purkash), energetikada mashinasozlikda (metallarga ishlov berishda) foydalanilmoqda. Masalan, kimyolashtirish asosida ishlab chiqarish davomiyligini keskin kamaytiriladi, atrof muhit sistemasida esa kimyoviy usulardan chiqindi suvlarni va zararli sanoat gazlarini tozalashda foydalanilmoqda. Kimyolashtirishni hozirda hamma ishlab chiqarish elementlarida ko‘rish mumkin: mehnat qurollarida, mehnat predmetlarida va boshqalarda. Hozirda ishlab chiqarishda yuqori harorat va bosimdan, chuqur vakuumdan, katta tezlik, magnitlanish, ultratovush, plazma, lazer nurlaridan foydalanib texnolgik jarayonlar olib borlmoqda. Bunday texnollogiyalarning qo‘llanilishi esa, yangi olovbardosh, kimyoviy mustahkam, yuqori mexanik va fizikaviy xossaga ega bo‘lgan materiallardan tayyorlangan asbob uskunalardan foydalanish talab etiladi. Kimyoviy texnollggiyalar asosida ilgaridan belgilangan materiallarni ishlab chiqarishga erishish mumkin. Kimyoviy texnolgiyalar ishlab chiqarishning xom ashyo bazasini ko‘paytirishdagi xom ashyo va materiallar manbai bo‘lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish qo‘llaniladigan tabiiy xom ashyolar asta-sekin kamayib bormoqda va ularning o‘rnini kimyoviy materiallar olmoqda. Kimyolashtirish ishlab chiqarishda “kambag‘al” foydali qazilmalardan foydalanishni ta’minlaydi va xom ashyolardan kompleks foydalanish hamda xom ashyo resurslarini kengaytirishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Xom ashyolardan kompleks foydalanishning asosiy yo‘llaridan biri xom ashyolarni boyitishdir. Boyitishni fizik-kimyoviy, kimyoviy, shuningdek, flatatsiya, aglomeratsiya usullari mavjud. Hozirda kimyoviy texnolooggiyalar asosida turli materiallar: sun’iy suyuq va gazsimon yoqilg‘ilar, yoqilg‘ilar, surkash moylari, turli xil polimer materiallar va boshqalar ishlab chiqarilmoqda. Mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, mehnat unumdorligini oshirish, materiallar, energiya, yoqilg‘i sarfini kamaytirish va mahsulot sifatini oshirish – bular fan-texnika taraqqiyotining iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlaridir. Fan-texnika taraqqiyoti o‘sishi bilan barcha chiqarilayotgan buyumlarning nomenklaturasi ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika bazasi zamonaviy murakkab mashinalar sistemasi bilan boyiydi, texnologik jarayonlar intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi va hokazo. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling