Ishlab chiqarish texnologiyalari


Texnologik jarayon elementlari


Download 1.08 Mb.
bet3/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
11.опорный конспект

1.3. Texnologik jarayon elementlari
Texnologik jarayonni uch elementdan iborat deyish mumkin: mehnat predmetlari, mehnat qurollari va vositalari hamda mehnatning o‘zi.
Mehnat predmeti–kishi mehnati yo‘naltirilgan buyum. Mehnat predmetlariga qayta ishlash natijasida tayyor mahsulotlarga aylanadigan xomashyolar, asosiy va qo‘shimcha materiallar hamda yarim mahsulotlar kiradi. Masalan, metallurgiyada – ruda, koksoximiyada – toshko‘mir, mebelsozlikda – yog‘och xomashyodir.
Mehnat qurollari, texnologik jarayonlarning rivojlanishi, avvalo, texnikaning o‘zgarishiga bog‘liq. Odatda, texnika deyilganda, tabiiy birikmalarga kishi tomonidan ongli ravishda ta’sir ko‘rsatish vaqtida qo‘llaniladigan qurollar va mehnat vositalarining yig‘indisi tushuniladi.
Mehnat qurollari va vositalari vazifasiga hamda tabiiy-moddiy belgilariga ko‘ra (bular sanoatning asosiy fondlari hisoblanadi) bir necha guruhga – mehnat qurollari ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarmaydigan turlarga bo‘linadi. Ishlab chiqaradigan mehnat qurollariga barcha vositalar – sex va korxonaning ma’muriy binolari, inshootlar, mashina va jihozlar hamda ishlab chiqarish jarayonida xizmat qiluvchi mehnat vositalari kiradi. Ishlab chiqarmaydiganlariga aholi yashaydigan kommunal binolar, inshoot va ularning jihozlari kiradi.
Hozirgi zamon texnologiya jihozlari yuqori parametrliligi (yuqori quvvatli, yuqori unumli, yuqori tezlik, yuqori bosim va haroratga ega bo‘lishi) bilan xarakterlanib, jarayonlarning jadal va yuqori unumli o‘tishiga imkon beradi. Jihozlarning unumdorligi mashina, apparat va agregatlardan vaqt birligi ichida amalda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan o‘lchanadi.
Ishlab chiqarishda asbob-uskunalarning ish unumdorligini oshirish uchun quyidagi choralarni ko‘rish lozim: texnologik jarayonlarni jadallashtirish, yangi va takomillashgan texnologik jarayonlarni qo‘llash, boshlang‘ich xomashyo sifatini yaxshilash, ish joyini maxsus moslamalar bilan jihozlash, asbob-uskunalarni zamon talabiga javob beradigan darajada qayta jihozlash va boshqalar.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling