Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish


Perspektiv texnologik jarayon


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/81
Sana16.11.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1777876
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81
Bog'liq
MARUZA - 3 (1)

Perspektiv texnologik jarayon deb, hozirgi zamon fan va texnika, usullar va 
vositalar yutuqlariga mos keluvchi, uning bajarilishida to‘la yoki qisman o‘zlashtirish 
korxona oldida turgan texnologik jarayonga aytiladi. 
Ishchi texnologik jarayon deb, ishchi texnologik va konstruktorlik hujjatlari 
bo‘yicha bajariluvchi texnologik jarayonga aytiladi. Ishchi texnologik jarayonni faqat 
korxona miqyosida ishlab chiqiladi va ishlab chiqarishni konkret predmetini tayyorlash 
yoki ta‘mirlash uchun qo‘llaniladi. 
Loyihaviy texnologik jarayon - bu texnologik hujjatlarning dastlabki loyihasi 
bo‘yicha bajariluvchi texnologik jarayonga tushuniladi. 
Vaqtinchalik texnologik jarayon - bu korxonada kerakli jihozlarning yo‘qligi 
tufayli yoki avariya bo‘lganligi sababli zamonaviyrog‘iga almashtirguncha, 
cheklangan vaqt oralig‘ida qo‘llaniluvchi texnologik jarayonga tushuniladi. 
Standart texnologik jarayon - bu standart bilan o‘rnatilgan texnologik jarayon. 
Standart texnologik jarayon deb, standart (USTКST) bilan rasmiylashtirilgan ishchi 
texnologik va konstruktorlik hujjatlar bo‘yicha bajariluvchi va konkret jihozlarga, 
ishlov berish rejimlariga hamda texnologik asbob-uskunalarga tegishli bo‘lgan 
texnologik jarayonga aytiladi. 
Кompleks ravishdagi texnologik jarayon - bu shunday texnologik jarayonki, 
uning tarkibiga nafaqat texnologik amallar kiritilgan, balki texnologik jarayon 
yo‘nalishi bo‘yicha ishlanuvchi tanavorlarning ko‘chishi, nazorat qilinishi va tozalash 
amallari ham kiritilgan. Кompleks ravishdagi texnologik jarayonlar, avtomatik 


liniyalarni va moslashuvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlarini 
yaratishda loyihalanadi. 
 
3.2.7-§. Texnologik hujjatlarni rasmiylashtirish 
Ishlab chiqilgan texnologik jarayonlar tegishli texnologik hujjatlar bilan 
rasmiylashtiriladi, uning batafsillik darajasi ishlab chiqarish turi va xarakteriga va 
shuningdek ishlanuvchi buyumning murakkabligi va aniqligiga bog‘liq holda 
o‘rnatiladi. GOST 3.1109-82 ga binoan texnologik hujjatlarda quyida keltirilgan 
texnologik jarayonlar bayoni qabul qilinishi mumkin. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling