Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish


Texnologik jarayonning marshrutli


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/81
Sana16.11.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1777876
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81
Bog'liq
MARUZA - 3 (1)

Texnologik jarayonning marshrutli bayoni, unda marshrutli xaritada 
o‘tuvlarini va texnologik rejimlarini ko‘rsatmasdan, ularning hamma texnologik 
amallarini ketma-ket bajarilishining qisqartirilgan bayoni beriladi. Texnologik 
jarayonning marshrutli bayoni odatdagidek yakka, mayda seriyali va tajribaviy ishlab 
chiqarishlarda qo‘llaniladi. 
Texnologik jarayonning amaliy bayoni, undagi hamma texnologik amallarning 
o‘tuvlari va texnologik rejimlari ko‘rsatilib, ular ketma-ket bajarilishining to‘la bayoni 
beriladi. 
Texnologik jarayonning amaliy bayoni, seriyali va ommaviy ishlab 
chiqarishlarda hamda murakkab detallar uchun mayda seriyali va yakka ishlab 
chiqarishlarda ham qo‘llaniladi. 
Texnologik jarayonning marshrutli-amaliy bayoni, marshrutli xaritada 
texnologik amallarning ketma-ket bajarilishi tartibida qisqartirilgan bayoni beriladi. 
Boshqa texnologik hujjatda esa alohida amallarning to‘la bayoni beriladi. Marshrutli-
amaliy bayonni seriyali, mayda seriyali va tajribaviy ishlab chiqarishlarda qo‘llashga 
tavsiya qilinadi. Agar tayyorlanuvchi buyum alohida murakkab detallarni o‘z ichiga 
olgan bo‘lsa. 
Texnologik jarayonlar uchun hujjatlar shakllarining komplektini tanlash, ishlab 
chiqarish turiga, xarakteriga hamda ishlab chiqiluvchi va qo‘llaniluvchi texnologik 
jarayonlar ko‘rinishlariga bog‘liq holda olib boriladi.


Texnologik hujjatlarning yagona tizimida (THYaT) o‘rnatilgan qoidaga binoan 
marshrutli xarita umumiy maqsad uchun hujjat hisoblanadi. Ya‘ni, bu hujjatda har 
qanday ko‘rinishdagi ishlarning texnologik jarayonining bayonini shu qatorda 
yig‘uvlarni ham berish mumkin. Marshrutli xarita majburiy hujjat hisoblanadi. 
Texnologik jarayonni marshrutli bayon etishda, uning texnologik amallari yirikroq 
qilib yoziladi, ya‘ni o‘tuvlari va texnologik rejimlari ko‘rsatilmaydi. 
Mexanik ishlov berish va yig‘ish texnologik jarayonlarini amalga oshirish 
uchun, o‘tuvlar va texnologik rejimlari ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan holda texnologik 
jarayon xaritalaridan yoki amaliy xaritalaridan foydalaniladi. Texnologik jarayonni 
amaliy bayon etishdagi hujjatlar komplektiga jamlovchi hujjat hisoblanuvchi 
marshrutli xarita ham kiradi.
Standartlarda quyidagi texnologik hujjatlar ko‘zda tutilgan: 
–marshrutli xarita (MX) – yagona, tipli va guruhli TJ va amallarni eskizlar 
xaritasida jihozlarni sozlash bo‘yicha zarur berilganlarni ko‘rsatilishi uchun; 
–eskizlar xaritasi (EX) – hujjatlarga grafikaviy tasvirlash va sozlanishi, holatlari, 
o‘rnatuvlari, jadvallari va sxemalarini ko‘rsatish uchun; 
–texnologik jarayon xaritasi (TJX) – yagona, tipoviy (guruhli) TJ amallarini 
tasvirlash uchun; 
–tipli TJ xaritasi (TTJX) – tipli TJ larni amalini tasvirlash uchun; 
–amalning xaritasi (AX) – yakka, tipli, guruhli amallarni tasvirlash uchun; 
– tipli (guruhli) TJ yoki amallarga detallarning (yig‘ma birliklarning) vedomosti
(TJV/TAV) – tegishli TJ ga (amalga) kiruvchi har bir detali (yig‘ma birligi) bo‘yicha 
tipli yoki guruhli TJ lar (guruhli yoki tipli amallar) o‘zgaruvchan axborotlarni 
ko‘rsatish uchun; 
–texnologik hujjatlar vedomosti (THV) – tipli yoki guruhli TJ bo‘yicha 
ishlanuvchi detallar (yig‘ma birliklar) tuzilishini va tegishli axborotni o‘z ichiga 
oluvchi hujjatlarlarni ko‘rsatish uchun; 
–asbobni sozlash xaritasi (ASX/T) – yordamchi va asosiy asboblarni to‘la 
sostavini, uning amallarini (AXMXTJX) tasvirini o‘z ichiga olgan hujjati bilan birga 
texnologik ketma-ketlikda ko‘rsatish uchun; 


–axborotni kodlash xaritasi (AКX) – jihozlash dasturlarni ishlab chiqishda 
axborotlarni kodlash uchun (AXMXTJX va EX lar bilan birga qo‘llaniladi). 
RDB dastgohlarini qo‘llashda texnologik hujjatlarni ishlab chiquvchining 
ixtiyori bilan, shuningdek jihozlash dasturni ishlab chiqish uchun eskiz xaritasi 
qo‘llaniladi (EX/D) va RDB dastgohlarida ishlanuvchi detallar vedomosti (IDV). 
Maxsus va standart moslamalar asboblar uchun, detallarni tayyorlash va yig‘ish TJ 
uskunalash uchun zarur bo‘lgan uskunalar vedomosti (UV) tuziladi. 
Bulardan tashqari, texnologik hujjatlar tarkibiga: komplektlash xaritasi (КX), 
amallar vedomosti (AV), buyumlarni yig‘ish vedomosti (BYV), texnologik 
axborotlash xaritasi (TAX) kiradi. 
Texnologik hujjatlarni to‘ldirish shakli va qoidasi IChTTBT standartlari bilan 
reglamentlashtirilgan. Detallarni tayyorlash va buyumlarn yig‘ish jarayonlarini ishlab 
chiqishda qo‘llaniluvchi texnologik hujjatlarning tarkibi 3.3 va 3.4 jadvallarda 
berilgan. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling