Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
Unifikatsiyalashtirilgan texnologik jarayon
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tiplashtirilgan texnologik jarayon
- Guruhlashtirilgan texnologik jarayon
Unifikatsiyalashtirilgan texnologik jarayon - bu buyumlar guruhiga (detallar,
yig‘ma birliklar) tegishli bo‘lgan, konstruktiv va texnologik belgilarini umumiyligini tavsiflab beruvchi texnologik jarayonga tushuniladi. Unifikatsiyalashtirilgan texnologik jarayonlar tiplashtirilgan va guruhlashtirilgan texnologik jarayonlarga bo‘linadi. Unifikatsiyalashtirilgan texnologik jarayonlar mayda seriyali, seriyali va qisman yirik seriyali ishlab chiqarishlarda keng qo‘llanilmoqda. Unifikatsiyalashtirilgan texnologik jarayonlarni qo‘llash ixtisoslashtirilgan uchastkalar, ishchi joylar, qayta sozlanuvchi texnologik moslamalar va jihozlar borligiga bog‘liq. Tiplashtirilgan texnologik jarayon - konstruktiv va texnologik belgilari umumiy bo‘lgan guruh buyumlarini tayyorlash texnologik jarayoniga tushuniladi (GOST 3.1109-82). Tiplashtirilgan texnologik jarayonlar shunday guruh buyumlari uchun ko‘pchilik amallar va o‘tuvlar mazmunini tuzilishi va ketma-ketligi bilan tavsiflanadi va ishchi texnologik jarayon va detalni tayyorlash uchun barcha kerakli axborotlarni borligida xuddi ishchi texnologik jarayon kabi axborot asosi sifatida qo‘llaniladi. Shuningdek, standartlar va tiplashtirilgan texnologik jarayonlar ishlab chiqish uchun baza bo‘lib xizmat qiladi. Guruhlashtirilgan texnologik jarayon - bu har xil konstruktiv, ammo texnologik belgilari umumiy bo‘lgan guruh buyumlarini tayyorlash texnologik jarayoni (GOST 3.1109-82). Shu ta‘rifga mos ravishda guruhlashtirilgan texnologik jarayonning o‘zi turli shakldagi tanavorlarga ishlov beruvchi jarayon sifatida, guruhlashtirilgan texnologik amallardan tashkil topgan, ixtisoslashtirilgan ishchi joylarda ma‘lum guruh buyumlarni tayyorlash texnologik marshruti ketma-ketligida bajariladi (GOST 14.316-75). Bunda ixtisoslashtirilgan ishchi joy deb, shunday ishchi joyga tushuniladiki, bitta buyumni yoki guruh buyumlarni umumiy sozlangan va alohida qayta sozlashlar bilan uzoq muddatli vaqt oralig‘ida tayyorlash yoki ta‘mirlash uchun xizmat qiladi. Guruhlashtirilgan texnologik jarayon, shuningdek bir guruhli amaldan iborat bo‘lishi ham mumkin (bir amalli guruhlashtirilgan texnologik jarayon). Guruhlashtirilgan texnologik amal qo‘llaniluvchi jihozlar, texnologik moslamalar va sozlash umumiyligi bilan tavsiflanadi. Guruhlashtirilgan texnologik jarayonlar hamma turdagi ishlab chiqarishlar uchun faqat korxona miqyosida ishlab chiqiladi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling