Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish


Yig‘ish texnologik sxemasi


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/81
Sana16.11.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1777876
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81
Bog'liq
MARUZA - 3 (1)

Yig‘ish texnologik sxemasi yig‘ma birikma yoki mahsulotni yig‘ilgan holatini 
ifodalovchi to‘rtburchak bilan yakunlanadi. 
Murakkab tuzilishga ega mahsulotlar uchun va ularni tashkil etuvchi yig‘ma 
birikmalar uchun alohida yig‘ish sxemalari tuzilib, so‘ngra mahsulotni yig‘ishning 
umumiy sxemasi tuziladi. Bunday ko‘rinishda yig‘ish jarayonini tashkil qilish o‘rta 
seriyali ishlab chiqarish sharoitida boshlanadi. 
Mahsulotni alohida yig‘ma birikmalarga, agregatlarga, mexanizmlarga ajratish, 
har bir mahsulotni tuzilishiga bog‘liq xususiy ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bu ishni amalga 
oshirishda quyidagi umumiy tartib qoidalarga rioya qilgan ma‘qul: 
mahsulotni alohida birikmalarga ajratishda uning tuzilish va yig‘ish jarayonini 
amalga oshirishni texnologik nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq ekanligiga e‘tibor 
beriladi; 
alohida birikma sifatida ajratilgan har bir birikma umumiy yig‘ish jarayoniga 
texnologik ketma-ketlikda uzatiladi; 
umumiy yig‘ish jarayoniga imkoniyati boricha ko‘proq yig‘ma birikmalar 
agregatlar va mexanizmlar uzatish hamda alohida yig‘uvchi detallar miqdorini 
uzaytirishga erishish qulay hisoblanadi; 
umumiy yig‘ish jarayoni imkoniyati boricha kichik yig‘ma birikmalarni hosil 
qilish va yordamchi ishlardan xolis bo‘lishi kerak. 


3.9-rasm. Yig‘ishning texnologik sxemasi. 
a) Har bir detal uchun to‘rtburchak: 1 – detal nomi; 2 – Detalning yig‘ma chizmadagi tartib 
raqami; 3 – detallar soni. b) sharikli ruchkani yig‘ish texnologik sxemasi. 
 
Ushbu tartib qoidalarga rioya qilish yig‘ish jarayonini samarali va kam mehnat 
sarflab amalga oshirish imkoniyatini beradi. 
3.3.3-§. Yig‘ishning sifati va aniqligi to‘g‘risidagi tushunchalar 
Sifat ko‘rsatkichlari. Ishlab chiqariluvchi mashinalarning sifati katta 
ahamiyatiga ega. Sanoatning turli tarmoqlarida va xalq xo‘jaligida yangi texnikani 
qo‘llash iqtisodiy samaradorligi uning sifatiga bog‘liqdir. 
Sanoat mahsulotlarining sifati deb, ularning xizmat vazifalariga mos holda 
ishga 
yaroqliligini 
qondiruvchi 
xususiyatlarining 
yig‘indisiga 
tushuniladi. 
Mashinalarning sifati, sifat ko‘rsatkichlari tizimi bilan tavsiflanib, davlat standartlari 
bilan qat’iy belgilab qo‘yilgan. Eng asosiy ko‘rsatkichlariga: mashinani ekspluatatsiya 


qilish ko‘rsatkichlari; mashinaning texnikaviy darajasi, uning ishonchliligi, iqtisodiy 
va estetik tavsifnomalari kiradi. 
Texnikaviy darajasi (quvvati, FIК, unumdorlik, yuk ko‘taruvchanligi, aniq 
ishlashi, avtomatlashtirilganlik darajasi va boshq.) mashinalarning takomillashganlik 
darajasini aniqlaydi. Uni absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlarda baholashadi. 
Ishonchlilik kompleks xususiyatlarini bildirib, bunga beto‘xtov yurishi 
(buzilmasdan), chidamliligi, ta‘mirlashga yaroqliligi va saqlanuvchanligi yoki
mashinaning ma‘lum vaqt oralig‘ida buzilmasdan ishlashi kiradi. Mashinaning 
ishonchliligi ko‘p darajada uni tayyorlash texnologiyasiga bog‘liq. Tayyorlash 
texnologiyasi, mashina estetik xarakteristikasiga (uning tashqi ko‘rinishi, pardozi) va 
bir qancha darajada uning iqtisodiy xarakteristikalariga ta‘sir ko‘rsatadi. 
Ekspluatatsiya qilish ko‘rsatkichlaridan tashqari, mashina sifatini uning 
konstruktsiyasini texnologiyabopligi bilan xarakterlovchi ishlab chiqarish texnologik 
ko‘rsatkichlar tizimi bilan bog‘laydi. Mashina sifatining iqtisodiy ko‘rsatkichlari ham 
mashina tayyorlash texnologiyasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Yig‘ish aniqligi. Mashinalarni yig‘ishda ularning elementlarini o‘zaro 
joylashishidan, detallarni sifatsiz birlashtirish va deformatsiyalanishidan xatoliklar 
sodir bo‘ladi. Bu xatoliklar, mashinalarning funksional xarakteristikalarini pasaytiradi. 
Ishlab chiqariluvchi mashinalarning buzilmasdan ishlashi va chidamlilik 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishonchli ishlashi yig‘ish sifatiga bog‘liqdir. 
Mashinani tez-tez to‘xtashi va chidamliligining pasayishi (buziluvchanligi), 
mashina birikmalarining sifatsiz bajarilishi, rostlovchi va moslashtiruvchi ishlarning, 
mahkamlovchi detallarning bo‘shab qolganligi, ishlash jarayonida sozlanganlikning 
buzilishi; birlashtiriluvchi detallarni sifatsiz tozalash va jihoz sabablardan kelib 
chiqadi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling