Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yig‘ma birikma
MA‘RUZA № 11.
MASHINASOZLIKDA YIG‘ISH JARAYONLARINI LOYHALASH REJA: 1. Asosiy tushunchalar 2. Yig‘ish texnologik jarayonlarining elementlari 3. Yig‘ishning sifati va aniqligi to‘g‘risidagi tushunchalar 4. Mashinaning xizmat vazifasi bilan tanishish 5. Yig‘uv texnologik jarayonlarini ishlab chiqish ketma-ketligi 3.3.1-§. Asosiy tushunchalar Mashina va mexanizmlarni yig‘ish jarayonlari bu detallarni turli usullar yordamida bir-biriga biriktirish va mahsulot hosil qilish demakdir. GOST 2.101-68 ga asosan mahsulotni quyidagi turlarni mavjud: detallar, yig‘ma birikmalar, komplekslar va komplektlar. Detal (vint, bolt, vtulka, val, tishli gildirak, shatun, tirsak, ilgak va hokazo) bir xil materiallardan yig‘ish operatsiyalarini qo‘llagan holda tayyorlangan mahsulotdir. Yig‘ma birikma, uning tashkil etuvchi qismlari bir-biri bilan yig‘ish operatsiyalari yordamida biriktirish natijasida hosil qilingan mahsulot (reduktor, dastgoh, tezliklar qutisi va shu kabilardir). Yig‘ma birikmaning murakkablik darajasini ifodalash uchun birikma, birikmaning bir qismi, mexanizm, agregat, mashina kabi tushunchalaridan foydalaniladi. Kompleks, bu bir necha murakkab mahsulotlar bo‘lib, ular bir-biri ishlab chiqaruvchi korxonada yig‘ilmaydi, ammo ular birgalikda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan xizmat vazifasini bajaradi (avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish komplekslar, ozuqa tayyorlash komplekslari va hokazo). Komplekt, bu bir necha mahsulotlar yig‘indisi bo‘lib, ular bir-biri bilan ishlab chiqaruvchi korxonada yig‘ilmaydi, ammo umumiy ko‘rinishdagi yordamchi xarakterdagi xizmat vazifasini bajaradi (ehtiyot qismlar komplekti, asboblar komplekti, biriktirish detallari komplekti va hokazo). Yig‘ish yordamida hosil qilingan birikmalarni quyidagi turlari mavjud: a) qo‘zg‘almas va ajralmas birikmalar (payvand, kleylash, zo‘riqish o‘tkazishi bilan hosil qilingan birikmalar va hokazo); b) qo‘zg‘almas va ajraluvchi birikmalar (boltli yoki vintli birikmalar, konusga o‘tkazilgan va o‘tuvchi o‘tkazish bilan hosil qilingan birikmalar); v) qo‘zg‘aluvchan va ajraluvchi birikmalar («vint-gayka» juftligi, oraliq o‘tkazish bilan hosil qilingan birikmalar, sharnirli va shu kabi birikmalar); g) qo‘zg‘aluvchan ajralmas birikmalar (titrash podshipniklari, tutqichni juvalangan o‘q bilan birikmasi va hokazo); Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling