Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
Yig‘ish aniqligi deb, materiallashtirilgan o‘qlarining biriktirilgan detallar,
tutashtiriluvchi yuzalarning yoki elementlarining, ularning shartli nusxalarining holatiga, chizmada aniqlanuvchi tegishli o‘lchamlariga yoki texnik talablariga mos kelish darajasiga aytiladi. Aniqlik-mashina sifatining eng muhim texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Butunlay mashina va uning konstruktiv va yig‘iluvchi elementlarining aniqligini tavsiflovchi parametrlarini mahsulot xizmat vazifasiga asosan o‘rnatiladi. 3.3.4-§. Mashinaning xizmat vazifasi bilan tanishish Har bir mashina ma‘lum texnologik jarayonni bajarish uchun yaratiladi, buning natijasida talab etilgan sifatda mahsulot olinishi shart. Shuning uchun mashina xizmat vazifasining tarkibida avvalambor, ishlab chiqarilishi kerak bo‘lgan mahsulot to‘g‘risida berilganlar batafsil yoritilishi kerak: ko‘rinishi, sifati va soni. Mashinaning xizmat vazifasiga, talab etilgan sifat va sonda mahsulot chiqarish uchun va mashina ishlashi uchun kerak bo‘lgan sharoit nomlari kiritilishi kerak. Mashinaning ishlash sharoitini mahsulot tayyorlash texnologik jarayonining tavsifidan olinadi, bularga kompleks ko‘rsatkichlar, ruxsat etilgan og‘ishlari bilan boshlang‘ich mahsulot sifatini tavsiflovchi, qabul etiluvchi energiyasi, mashinaning ish rejimlari va tashqi muhitning holatlari kiradi. Mashina xizmat vazifasi tavsifining tuzilish bosqichiga iqtisodiy tejamkorligiga qo‘yilgan talab, ishonchliligi va mashinaning unumdorligi kiritiladi. Mashinaning talab etilgan unumdorligi mahsulot tayyorlash texnologik jarayoni yaratilishi va texnik- iqtisodiy hisoblashlar natijasida aniqlanadi. Bulardan tashqari, mashina xizmat vazifasi tavsifiga qo‘shimcha talablar kiritiladi, qaysiki ularni mashinani loyihalash va tayyorlashda hisobga olinadi: tashqi ko‘rinishi, ishlash xavfsizligi, qulayligi, xizmat ko‘rsatishining va jihozlarining soddaligi, shovqin darajasi, foydali ish koeffitsienti va h.k. Mashinaning boshlang‘ich xizmat vazifasi buyurtmachi tomonidan tavsiflangan bo‘ladi. Mahsulot tayyorlash texnologik jarayoni yaratilishi natijasida va mashinani loyihalash uchun buyurtma berilganda xizmat vazifasi batafsil aniqlashtiriladi. Кonstruktor uchun mashina xizmat vazifasining tavsifi boshlang‘ich hujjat tariqasida xizmat qiladi, u loyihalash oxirida loyihachi tomonidan mashina chizmasiga ilova qilinadi. Mashina tayyorlash texnologiyasini yaratishga kirishayotgan va buyurtmachiga tayyor mashinani topshirishga javobgar bo‘lgan texnolog, mashina xizmat vazifasining tavsifini tanqidiy nuqtai nazardan baholashi kerak. Bu shuning uchun kerakki, yaratiluvchi mashina yordamida bajariluvchi vazifa to‘g‘ri aniqlangan bo‘lishi kerak. Agarda, mashina loyihalashda va tayyorlashda qo‘yilgan xatoliklar va noaniqliklar hali ham mavjud bo‘lsa tuzatilishi mumkin bo‘ladi, ammo mashinaning xizmat vazifasini aniqlashda qilingan xatolik - uning fikrlanishida to‘g‘rilashga bo‘ysunmaydi va konstruktsiyaning to‘la bo‘lmasligiga yoki ishga yaroqsiz bo‘lib qolishiga olib keladi. Tajribada shunday holatlar yuz berganki, texnologik jarayonni loyihalash bosqichida mashinaning xizmat vazifasini aniqlashtirish ma‘lum konstruktiv qayta ishlashni talab etadi va mashina sifatining ortishiga imkoniyat yaratadi. Har bir mashina konstruksiyasi yig‘ma birliklardan va detallardan tashkil topgan, qaysiki ularning xizmat vazifalari mashina xizmatiga umumiy holda bo‘ysunadi. Bunga texnik adabiyotlarda ko‘p misollar keltirilgan. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling